MEVALARNING FOYDALI VA ShIFOBAXSh XISLATI
- Категории: Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar
- Название: MEVALARNING FOYDALI VA ShIFOBAXSh XISLATI
- Дата релиза: 05-08-17, 18:38
Olma
Olma qon tarkibidagi xolesterin miqdorini pasaytirish xususiyatiga ega. Uning po`stlog`i saraton kasalligini oldini olishda foydali hisoblanadi. Olmani po`stlog`i bilan eyishga harakat qiling. Bu tarzda iste`mol qilish orqali organizmga kversetin va vitamin S kiradi.
Lab yorilganda qirg`ichdan chiqarilgan olmaga yog` aralashtirib surish tavsiya etiladi.
Tarvuz
Tarvuz tarkibida oziq moddalar bilan birga V 1, V 2, S, RR vitaminlari, karotin, qand mavjud. Ular organizmda moddalar almashinuvi va ovqat hazm qilish tizimini yaxshilash imkonini beradi. Issiq kunlarda ko`p miqdorda tarvuz eyish orqali ortiqcha vazn muammosidan qutulish mumkin.
Kuygan joyga tarvuz qo`yish kerak.
Banan
Banan sportchilarning mevasi hisoblanadi. Chunki u insonga energiya bag`ishlash xususiyatiga egadir. Sport maydonchasida bir yarim soat tinimsiz shug`ullanish uchun ikkita banan eyish kifoya qilar ekan. Buni tadqiqotlar ko`rsatmoqda. Uning tarkibida V 6 vitamini mavjud bo`lib, u qondagi glyukoza miqdorini me`yorlashtirib, kayfiyatni yaxshilaydi. Banan kamqonlikda yordam beradi. Kaliy moddasi yurak faoliyatini va organizmdagi suv balansini yaxshilaydi.
Yoz faslida ko`pchilikni chivin chaqib, bezovta qiladi. Bu paytda qiynalmaslik uchun banandan samarali foydalaning. Chivin chaqqandan so`ng banan po`stlog`ini qo`yish kerak.
Nok
Uning tarkibida ko`p miqdorda qand, ferment, mikroelementlar (misol uchun yod) va V 1, R, RR vitaminlari mavjud. Shu bois, nok sharbati tana a`zoga foydali hisoblanadi. Nok yaralarni tez fursatda bitishiga yordam beradi. Haroratni tushirish xususiyatiga ham ega. Nok tarkibidagi kaliy yurak faoliyatini yaxshi ishlashini ta`minlaydi. Nok yod moddasiga boy bo`lib, qon tomirlari faoliyatini yaxshilanishiga yordam beradi. Nok mevasi ichak faoliyatini yaxshilab, bakteriyalarga qarshi kurashish xususiyatiga ham ega hisoblanadi.Uning hidi qancha xushbo`y bo`lsa, shuncha foydalidir.
Nokdan tayyorlangan niqob sepkillarni yo`qotishda yordam beradi.
Apelsin
Apelsin – S vitaminiga boy bo`lish bilan birga, klechatkaga boy hisoblanadi. Bundan tashqari, apelsin tarkibida xolesterin miqdorini kamaytirish, qondagi qand moddasini pasaytirish xususiyatiga ega bo`lgan pektin va foydali moddalar bor. Bu tabiatning ne`mati bo`lishi apelsin ayniqsa, qandli diabet bilan og`ruvchi kasallarga foydali hisoblanadi.
Apelsin oshqozon-ichak faoliyatini yaxshilab, organizmni tozalash xususiyatiga ham egadir.
Olxo`ri
Olxo`ri temir moddasiga boydir. Olxo`ri ayniqsa, jig`ildon qaynaganda, ichak faoliyatidagi keraksiz moddalarni chiqarishda yordam beradi. Shu bilan birga, ateroskleroz, bod (revmatizm) kasalligida foydalidir.
Olxo`rining ishtaha ochuvchi xususiyati e`tiborga molikdir.
Manba: Darakchi.uz

Смс Шерлар