MIKROTO`LQINLI PEChNING FOYDALARI!
- Категории: Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar
- Название: MIKROTO`LQINLI PEChNING FOYDALARI!
- Дата релиза: 04-11-17, 22:50
Mikroto`lqinli pechni asosan ovqatni tez isitishda, kamdan-kam hollarda esa taom tayyorlashda ishlatamiz. Biroq undan yana boshqa maqsadlarda ham foydalanish mumkinligi ko`pchilikning xayoliga kelmaydi.
Piyozni yig`lamasdan to`g`rash mumkin
Piyozning uchi va tagini kesib, mikroto`lqinli pechga joylashtirasiz-u, piyoz to`g`rashda ko`z yoshlanishidan qutulasiz. Piyozni 30 soniya davomida eng kuchli rejimda isitasiz, ta`mi va barcha foydali moddalari saqlanib qoladi, yosh ajralishiga sabab bo`ladigan moddalar esa yo`qoladi.
Ziravorlar hidini qaytaramiz
Uzoq saqlangandan ziravorlar va yong`oqlarning avvalgi hidini qaytarish mumkin. Buning uchun ularni eng kuchli rejimda 15 soniya isitish kifoya.
Qotib qolgan non yumshatish
Nonni nam salfetkaga o`rab, mikroto`lqinli pechga joylang-da, eng kuchli rejimida 10 soniya ushlab turing. Bu jarayonni non kerakli darajada yumshagunicha takrorlasa bo`ladi.
Yong`oqlarni qovuramiz!
Mikroto`lqinli pechda bodomni qovursa bo`ladi. Shunchaki, maxsus laganchaga sochilgan yong`oqlarni mikroto`lqinli pechga joylab, 1 daqiqa davomida eng kuchli rejimga qo`ying. Yong`oqlarni aralashtirib, yana 4-5 marta takrorlang.
Asalni suyultirsa bo`ladi
Asal juda quyulib ketgan bo`lsa, uni suyultirish uchun qopqoqsiz bankani mikroto`lqinli pechga past rejim yoqilgan holatda 2 daqiqaga qo`ying. Asal yana suyulib, o`zining betakror ta`mini saqlab qoladi.
Sarimsoqni po`stlog`idan tozalaymiz
Sarimoqni po`chog`idan tozalash sertashvish yumush bo`lishi mumkin, ayniqsa, shoshib turganda. Bu muammoni oson hal qilsa bo`ladi. Sarimsoq bo`lagini mikroto`lqinchli pechga qo`yib, yuqori rejimda 15 soniya qizdiring. Po`chog`i nam tortib, osongina ajratish mumkin bo`ladi.
Jo`xorini tez pishira oladi
So`taning pastki qismini kesib, jo`xorini mikroto`lqinli pechga qo`ying. Yuqori rejimda 30 soniya qizdiring. Bu usulda pishirilgan jo`xori donlari so`tadan oson ajraladi.
Manba: Darakchi.uz

Смс Шерлар