Miya chayqalishi asorat bermasin desangiz...
- Категории: Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar
- Название: Miya chayqalishi asorat bermasin desangiz...
- Дата релиза: 31-05-17, 14:59
Miya chayqalishi ko`proq yoshlarda, sportchi yoki xavfli kasb egalarida, shuningdek, avtofalokat, boshqa baxsiz hodisa tufayli sodir bo`lishi mumkin. Bu holatda, eng asosiysi, miya chayqalishidan keyin bemorni to`g`ri parvarishlashdir. Aks holda, jiddiy asoratlar yuzaga kelib, bemorning ahvoli yomonlashaveradi. Demak, bemor ma`lum vaqt shifokorning barcha ko`rsatmalariga amal qilishi shart. Miya chayqalishidan keyingi hayot tarzi haqida shifokor-neyroxirurg Odilxon USMONXONOV ma`lumot beradi.
ASOSIY ShART
Bosh miya chayqalishidan keyin shifokor birinchi o`rinda asorat qoldimi-yo`qmi tekshiradi. Odatda, to`g`ri davo kursidan keyin odamda hech qanday asorat qolmaydi. Faqat ma`lum vaqt davomida, holsizlik, bosh og`rig`i, ob-havo o`zgarishiga ta`sirchanlik sezilishi mumkin. Lekin bemor vaqtida dam olmaganida yoki davo kursi yakunlanmaganida asoratlar kuchayadi. Ba`zilar miya chayqalganidan keyin tez toliqadigan, asabiy, hatto urishqoq, tajovuzkor, boshqalar esa depressiyaga moyil bo`lib qolishi mumkin. Yana miya chayqalishidan keyin odamning boshi og`riydigan, uyqusizlik qiynaydigan, diqqatini jamlolmaydigan, tez shamollaydigan holatga keladi. Bunday paytda shifokor tinchlantiruvchi, og`riqsizlantiruvchi dori-darmonlar buyuradi. Ammo ular ham vaqtinchalik ta`sir ko`rsatadi. Shunday ekan, miya chayqalishidan keyin ma`lum qoidalarga rioya qilish kerak.
HAMMA NARSA VAQTIDA BO`LSIN
Miya chayqalishidan keyin bemor bir hafta yotib davolanish tartibiga rioya qilishi shart. Kamida 2 hafta davomida quyidagilar TA`QIQLANADI:
*biror ish bilan shug`ullanish,
*mashina haydash;
*sport bilan shug`ullanish;
*oftobda yurish,
*saunaga borish,
*musiqa eshitish,
*televizor tomosha qilish,
*kompyuterda ishlash,
*kitob-gazeta o`qish,
*3 kg dan ortiq yuk ko`tarish,
*tamaki chekish, spirtli ichimliklar iste`moli;
*sho`r, achchiq, haddan ziyod qovurilgan taomlar iste`mol qilish taqiqlangan.
DAVOSI NAZORATDA
Shifokor buyurgan har bir dori-darmonni o`z vaqtida qabul qilishni unutmang. Ayniqsa, bosh miyada qon aylanishini yaxshilaydigan dorilarni o`z vaqtida qabul qiling. Chunki bosh miya chayqalishidan keyin odatda, bemorning qon bosimi ko`tarilib turadigan bo`lishi mumkin. Bu esa, ayniqsa, yozning jazirama kunlarida xavfli omil hisoblanadi. Oradan bir oy o`tib, shifokor-neyroxirurg yoki travmatolog ko`rigidan o`tish kerak. Zarur bo`lsa, elektroensefalogramma tekshiruvi ham qilinadi. Bemor har olti oyda nevropatolog ko`rigidan o`tib, tegishli davo kursini olib tursa, hech qanday asorat uni qiynamaydi.
OVQATGA KO`P NARSA BOG`LIQ
Taomnomadagi barcha ovqatlar vitaminga boy bo`lishi kerak. Bu miyadagi qon aylanishni yaxshilash, bemorni tinchlantirish va quvvatlantirish uchun kerak.
Bir oy davomida sutli ugra oshi, grechixali dimlama osh, lavlagili karam sho`rva, ko`proq chaq-chuqlar (ayniqsa, yong`oq va bodom), kalla go`shti, jigar, kurka va tovuq go`shti, haftada bir marta, albatta, baliq iste`mol qilish kerak. Mevalardan banan va sitruslilar, shotut va anor foydali. Ichimliklardan kun davomida siydik haydovchi na`matak, zirk solingan yoki olxo`rili kompot, asalli ko`k choy ichish kerak.
Barno XOJIMIRZAEVA tayyorladi.
Manba: Darakchi.uz

Смс Шерлар