Главная » Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar » Miya uchun halokatli bo‘lgan 5 odat
Miya uchun halokatli bo‘lgan 5 odat

Miya uchun halokatli bo‘lgan 5 odat

Miya uchun halokatli bo‘lgan 5 odat
Sog‘lom turmush tarziga rioya qilish organizmga ijobiy ta’sir ko‘rsatishiga shubha yo‘q. Shu bilan birgalikda bir qarashda mutlaqo zararsiz bo‘lib ko‘ringan miya uchun halokatli hisoblanuvchi bu odatlardan voz kechish ham salomatlikda samarali ravishda o‘z aksini topadi.

Tuzni ortiqcha iste’mol qilish
O‘tkazilgan ko‘plab tadqiqotlardan keyin olimlar shunday xulosaga keldi: tuz qon bosimini oshiradi, bu o‘z navbatida miya faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi va aqliy kamchiliklarga olib keladi.

Muntazam ravishda uyquga to‘ymaslik
Uyquning yetishmasligi xotiraga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Lekin eng muhimi shundaki, uyqusizlik natijasida uxlash vaqtida yuz beradigan miyaning toksinlardan tozalanish jarayoni va asab hujayralarining faoliyati buziladi.

Bu miya faoliyatining to‘xtalishlariga olib keladi – diqqatni to‘plash yomonlashadi, analitik funksiyalar cheklanadi, kasalliklar paydo bo‘lish xavfi oshadi.

Quloqqa bo‘lgan doimiy bosim
Bugungi kunda eshitish a’zolariga bo‘lgan yuklama juda ko‘payib ketdi, ayniqsa buni katta shaharlarda sezish mumkin – transport, kafe va do‘konlardagi musiqa va hokazolar.

Quloqqa bo‘lgan bunday kuchli ta’sirlar eshitish qobiliyatining buzilishiga olib keladi. AQShdagi Jon Xopkins universitetida o‘tkazilgan tadqiqotlardan keyin olimlar eshitish qobiliyati zarar ko‘rgan odamlarning aqliy kamchilik bilan bog‘lik kasalliklarga chalinish xavfi 40% ko‘proq bo‘ladi degan xulosaga keldi.

Muntazam ravishda me’yoridan ortiqcha yeyish
To‘g‘ri ovqatlanish tanaga ham, miyaga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. 2012-yil Neurology jurnalida ortiqcha vaznning aqliy qobiliyatga bo‘lgan ta’siri haqida uzoq muddat davom etgan tadqiqotlarning natijalari e’lon qilindi.

50 yosh atrofidagi 6000 ga yaqin odam o‘rganib chiqilgan. 10 yildan keyin tadqiqot qatnashchilari yana bir marta sinovdan o‘tkazilgan va ma’lum bo‘lishicha, ortiqcha vaznli odamlarning aqliy qobiliyati qomati kelishgan odamlarnikiga qaraganda 22% ga yomonlashgan.

Yolg‘izlik
Yolg‘izlik hissi albatta stress darajasini oshiradi, bu holatda stress gormoni ( kortizol) ishlab chiqariladi. Bu gormonning yuqori darajasi neyronli aloqalarga putur yetkazadi, natijada esa miya faoliyati yomonlashadi.
Manba: Daryo.uz

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: