Mol-davlat ilinjida oila tinchligiga rahna soladigan ayollar haqida
- Категории: Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar
- Название: Mol-davlat ilinjida oila tinchligiga rahna soladigan ayollar haqida
- Дата релиза: 16-03-18, 15:31
«Agar biror muammongiz bo`lsa-yu, uni pul bilan hal qila olsangiz, demak, bu muammo emas, xarajat, xolos». Ammo yon-atrofimizda shunday insonlar, ayniqsa, ayollar borki, ularning hayotida pul birinchi raqamli qadriyat darajasida va shu sabab uning borligi ham muammoga aylangan.
Ruhshunos Shahnoza XALILOVA bilan mol-davlat ilinjida oila tinchligiga rahna soladigan, o`zining ham, yaqinlarining ham salomatligiyu xotirjamligiga putur etkazadigan ayollar haqida mulohaza yuritamiz.
Cho`pon va boy
Aytishlaricha, bir cho`ponning o`ntacha qo`yi bo`lib, ular dalada o`tlab yurishganida, egasi salqin joyda yotib dam olibdi. Shu erdan o`tib ketayotgan boy esa uning cho`zilib yotishiga hayron qolib, maslahat solibdi:
— Nega bunday bemalol yotibsan? Buning o`rniga qo`ylaringga qarasang bo`lmaydimi. Ularni yaxshilab boqib ko`paytirsang, yuzta bo`ladi. Keyin yana ko`payadi, sotasan, boyib ketasan, — debdi.
— Xo`sh, keyin-chi? — cho`pon pinagini ham buzmay boyga savol beribdi.
— Keyin, maza qilib yotasan! — debdi boy ham.
— Seningcha hozir men nima qilayapman? — degan ekan cho`pon.
Cho`pon kabi fikrlovchi kishilar uchun pul hech qanday ahamiyat kasb etmaydi, lazzat manbai ham hisoblanmaydi. Albatta, qo`ylar bor, o`tlab yuribdi, deya oyoqni uzatib yotish ham yaramaydi. Shunchaki, boylikka xotirjam munosabat bildirish, vasvasaga tushishmaslik va zavqlanib yashashni bilish kerak.
Boy bo`lishni xohlaysizmi?
Kim ham puli ko`p bo`lishini istamaydi, deysiz. Oilaning bir ustuni ham iqstisod asosiga quriladi. Buni inkor qilib bo`lmaydi. Mana shu ustuning mustahkamligi esa pulga qanday munosabat bildirishimizga bog`liq.
Pul topishga harakat qilish noto`g`ri emas. Uning ortidan nima kelishini istayapmiz — maqsadni aniqlashtirib olish zarur. Chunki biz hayotga boylik orttirish uchunmas, baxtli yashash uchun kelganmiz.
Xo`sh, siz uchun pul nima? Aslida, u yomon narsa emas. Hammasi biz unga qanday bo`yoq berishimizga bog`liq. Kim uchundir pul qo`lning kiri. Kimdir uni hayotiy maqsadiga aylantirib olgan, salomatligi, xotirjamligidan ustun qo`yadi.
Bilasizmi, u bir qog`oz. Qadri yo`qolsa, yoqib yuborasiz. Ammo bu olov na issiqlik beradi, na zavq.
Hayotda o`z isbotini topgan yana bir ibora bor, siz qanchalik pulning ortidan quvsangiz, u shunchalik sizdan qochadi. Pulga mehr qo`ymagan, uni asosiy qurolga aylantirmaganlar millioner bo`lishlari shundan.
Bema`ni orzu-havaslar
Bir ayolni taniyman. O`g`illari mehnatkash, eri tinim neligini bilmaydi, o`zi oila boshqaruvchisi. Bu oilada erkaklarning asosiy vazifasi — pul topish. Avval ularni uylantirish uchun ayol pul jamg`ardi. Kelinlar tushirdi, lekin ular bilan biri ikki bo`lmas ekan. Hali katta kelin muzqaymoqqa boshqarong`u bo`lgan, hali kichigining bolasini sun`iy sut bilan boqish kerak. Bu turishda qachon o`g`illarga uy-joy qilinadi? Tekintomoq, zararning uyasi bo`lgan kelinlarga javob berildi. Pulni tiyin-tiyin qilib yig`ish, haddan ortiq tejash natijasida qo`sha-qo`sha imoratlar solindi. Ayol to`rt xotinning ichiga kirsa, o`g`illarining uyi tayyorligidan, hatto, uzatgan qiziga ham hovli qura boshlaganidan faxrlanadi. Ammo bu uylarda kim, qanday oila yashaydi — mulohaza qilmaydi.
Bu toifa ayollarning xatosi shundaki, ular hamma narsani pul bilan o`lchashadi. Bolalarning baxtini ham. Biroq doim ham pul bo`lsa, changalda sho`rva qaynayvermaydi. Qaynasa ham tatimaydi.
Oilaviy muammolar moddiyatga borib taqalishida ayollarning roli katta. Be`mani orzu-havaslarni ushaltirishning o`zi bo`ladimi, axir. Kelinining mebelidan norozi qaynonalar, bo`lajak kuyoviga qimmatbaho sarpo qilish ilinjida erini egovlaydigan xotinlar. Xo`sh, ularning yonib-kuyishlaridan kimdir minnatdor bo`ladimi? Yo`q. Chunki pul bilan baxtni, oilaviy xotirjamlikni sotib olib berolmaysiz. Aksincha, yo`qotasiz.
Eringiz shohmi yo qul?
Oila ta`minotchisi erkak kishi. U rafiqasining ham, bolalarining ham ehtiyojlari uchun mas`ul. Ammo buni noto`g`ri talqin qiladigan xotinlar bor. Ya`ni eri qancha topsa ham kam! Talablari kundan-kun oshib boraveradi. Bu qanoat qilmaslikmas, ochko`zlik. Eshitgan bo`lsangiz, oltin tuxum qo`yadigan g`oz haqida ertak bor. G`oz egasi biryo`la hamma oltinga bo`lish dardida sehrli jonivorni so`yadi. Biroq ne ko`z bilan ko`rsinki, uning ichida oltin zaxirasi yo`q edi. Alal-oqibat har kunlik oltin tuxumdan judo bo`lgani qoladi.
Ayol kishi erini pul topishga majburlasa, ya`ni erkak zavqlanib emas, majburan ishlasa, u qulga aylanadi. Pulning quliga. Ilhomlantirib, olg`a undab, rag`batlantirib va albatta, hamjihatlikda harakat qilinsa, erkak kishi shoh bo`ladi. Va pul ustidan hukmronlikni qo`lga kiritadi. Bunda ayolning oqilligi muhim.
Erkakning topganida baraka bo`ladi, deyishlari bejizga emas. Turmush o`rtog`ingiz maoshini uyga xursand bo`lib olib kelsa, u bilan baraka ham kirib keladi. Chunki siz pul ishlatishni, ro`zg`or tutishni biladigan ayolsiz. Nuqul to`yga, qora kunga (!) deya yig`aversangiz, iqtisod qilish uchun xarajatlarni keskin qisqartirsangiz, maoshini tiyin-tiyinigacha hisoblasangiz, eringizning hafsalasi pir bo`ladi. O`zini pul topuvchi mashinadek his etadi. Qochish tashvishiga tushib qoladi — ajrashish, boshqa ayolga uylanib olish, xorijga ketish — xullas, u ham odam, temir emas, bir dam tin olishni, manfaatsiz mehr ko`rsatishlarini istaydi. Uzluksiz mehnat oqibatida kasal orttirib olishi, sizga qo`shilib nafsi hakalak otsa, boshi berk ko`chaga kirib qolishi ham hech gapmas. Keyin sandig`ingizda taxlanib turgan pullar ham yordamga kelolmasligi ehtimoli kuchli.
Demak, umr yo`doshingiz bilan piru badavlat, to`kislikda yashashni istaysizmi, unga shohdek munosabat bildiring. Qancha topishidan qat`i nazar. Boshga chiqarib oling, oila boquvchisiga aylaning, taltayrib yuboring, demayapmiz. Mehr bering, rag`batlantiring, maqtang, sarmoyani ko`paytirishning yo`llarini birga izlang, topganini to`g`ri sarflang, muhimi, pulni oilaviy qadriyat darajasiga olib chiqmang.
To`g`ri munosabat qilishni o`rganamiz!
Isrof qilmang. Odatda isrof va iqtisod tushunchalarini adashtirib yuborishadi. Isrof qilmaslik, bu ziqnalik degani emas. O`zingiz topasizmi, yoringizmi — havoga sovurmang. Rejalab ishlatishni biling.
Ziqna bo`lmang. Pulni o`zining ham, yaqinlarining ham ehtiyojidan qizg`anadiganlar bor. Axir kim uchun harakat qilayapsiz? Nega yig`inayapsiz? Bolalaringizdan, sog`ligingizdan aziz nima bor? O`zingizni sevishni biling, shunda boshqalarni ham seva olasiz. Pulni sevishingiz, baribir, yaxshilikka olib kelmaydi.
Boshqalarning ko`zi uchun yashamang. Odamlar gap qiladi, deya ko`rpaga qaramasdan oyoq uzatib, qarz ko`tarmang. Bu katta xato. Qarz botqog`iga botib qolganingizda sizni gap qilayotganlar qutqarish uchun qo`l uzatishi amrimahol.
Eringiz, farzandlaringiz, kelinlaringizni jazolamang. Pulga noto`g`ri munosabat qilishingiz zamirida muammo yotadi. Ya`ni o`zingiz, komplekslaringiz bilan bog`liq muammo. Buning uchun butun oilangizni javob berishga majburlash adolatdan emas, qolaversa, oqibati xayrli bo`lmaydi.
Kamchiliklarni pul bilan yashirishga urinmang. Ya`ni ba`zi kishilar fe`lidagi qusurlarni boylik bilan xaspo`shlamoqchi bo`lishadi. Pulim ko`p bo`lsa, hamma meni hurmat qiladi, hech kim ayblay olmaydi, kamsitmaydi, urishmaydi, izmimga yuradi, baxtim kuladi, odamlarning mehrini qozonaman, deya o`ylashadi. Pul moddiy narsalarga ega bo`lish vositasi, xolos. Deylik, singan ko`ngilni qimmatbaho sovg`a bilan qayta zabt etish mushkul. Ammo arzimas bir-ikki so`mni deb, ko`ngilni sindirish, rishtalarni uzish hech gapmas.
Xulosa o`rnida
Fotih Iskandar Zulqarnayn bir kuni xum ichida yashovchi mashxur faylasufDiogenga duch kelibdi.
— Ey, bechora, faqir, men dunyoning katta qismini zabt etdim. Ayt, sen sho`rlik ham bu hayotda kun ko`rishing uchun nima qilay? — debdi sarkarda bir himmat aylamoqchi bo`lib.
— Biroz surilib tursang bo`ldi, quyoshni to`sayapsan, — deya javob bergan ekan xum ichidagi kishi.
Qissadan hissa shuki, boylik orttirish ilinjida xonadoningizga tushib turadigan quyosh nurlarini to`smang. Pul topiladi, istaganingizcha ko`p ham topiladi, qachonki unga xotirjam munosabatda bo`lsangiz...
MUXLISA
Manba: Darakchi.uz

Смс Шерлар