​Mukammal ro`zaning shartlari

​Mukammal ro`zaning shartlari

​Mukammal ro`zaning shartlari
Ro`zaning maqsadi qalbni tarbiyalash, uni poklash va shukrga undashdir. Payg`ambar alayhissalom: “Ro`za − omonatdir, shunday ekan, har biringiz o`z omonatini ehtiyot qilsin” deganlar. Ramazon oyida millionlab musulmonlar ro`za tutadilar, lekin kimgadir kimdandir ulug`roq ajru mukofot nasib qiladi. Imom al-G`azzoliyning aytishicha, ro`zaning uch turi bor: oddiy insonlar ro`zasi, tanlanganlar ro`zasi va maxsus tanlanganlar ro`zasi. Oddiy insonlar ro`zasi taomlanmaslik, ichimlik ichmaslik va yaqinlik qilmaslikdan iborat. Tanlanganlar ro`zasi esa ko`zlar, quloqlar, til, qo`llar, oyoqlar va tananing boshqa a`zolarini gunohlardan tiyishlikdir. Maxsus tanlanganlar ro`zasi esa nafaqat tanani, balki qalbni ham gunohlardan saqlashdan iboratdir. Uning olti xususiyati bor:

1. Nazarni tiyishlik. Hadislardan birida marhamat qilinganidek, “Nazar − Iblis (Allohning unga la`nati bo`lsin)ning zaharli o`qlaridan biridir. Kim uni Allohdan qo`rquv sababli haromdan saqlasa, O`zi u bandaga qalbida lazzatini his qiladigan iymonni ato etadi”. Shuningdek, Anas ibn Molik roziyallohu anhu rivoyat qilgan hadisda Nabiy sollallohu alayhi vasallam marhamat qilganlar: “Ro`zani besh amal buzadi: yolg`on, bo`hton, g`iybat, yolg`on qasam va shahvatli nazar”.

2. Tilni bo`htondan, bekorchi gap-so`zdan va yomon so`z aytishdan tiyish. Ramazon oyida inson tilini qo`pollik, urush va janjaldan tiyishi, Qur`on tilovati, Allohning zikri, yaxshi so`zlar aytish va duo qilish bilan band qilishi kerak. Rasuli Akram sollallohu alayhi vasallam: “Ro`za − qalqondir, birortangiz ro`zador bo`lgani holda yomon so`z aytmasin va qo`pollashmasin. Kimdir u bilan urushmoqchi bo`lsa yoki hujum qilsa, “Men ro`zadorman! Men ro`zadorman!” deb aytsin” deya marhamat qilganlar.

3. Quloqni saqlashlik. Quloqlarni ham haromdan va yomon so`zlardan asrashlik kerak. Qur`oni Karimda Alloh taolo yolg`onga quloq tutganni ham harom amal qilganga tenglashtirib: “Ular yolg`onga ko`p quloq soluvchilar, haromni ko`p eyuvchilardir” (Moida surasi, 42-oyat). Yolg`onga quloq solishlik ham, uni gapirishlik ham taqiqlangan. Payg`ambarimiz alayhissalom: “Yomon so`z aytgan ham, uni tinglagan ham, gunohga sherikdir”.

4. Tananing boshqa a`zolarini ham haromdan saqlashlik. Bir hadisda “Shunday ro`zadorlar borki, ularga ro`za tutishdan faqat ochlik va chanqoq etadi” deyilgan. Ba`zi imomlar bundaylarni, haromdan saqlanmaganlar, deya ta`riflaydilar, ba`zilari esa taomlanishdan o`zlarini tiysalar-da, birodarlarining “go`shtlarini eydigan” va ular haqida g`iybat qiladiganlar, deb aytishadi, boshqa imomlar esa ularni tanalarini gunohdan saqlamagan insonlar ekanligini eslatib o`tishgan.

5. Halol taomlarni iste`mol qilishda haddan oshmaslik. Miqdom ibn Ma`dikarib roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Nabiy sollallohu alayhi vasallamning “Odam bolasi to`ldiradigan idishlarning eng yomoni qorindir. Odam bolasiga qaddini turg`azadigan emaklar etadi. Agar juda lozim bo`lsa, taomi uchun uchdan bir, sharobi uchun uchdan bir va havosi uchun uchdan bir, deb marhamat qilganlarini eshitdim”.

Ramazon − ruhni tarbiya qiladigan oydir. Olimlarning fikricha, kunduz kuni ko`p uxlamagan inson o`zida ochlik, chanqoq va holsizlikni his qiladi. Chunki bular bandaning qalbini poklaydi, nafsni jilovlaydi va Alloh taologa ibodat, jumladan, tungi tahajjud namozlarini ado etishni engillashtiradi.

6. Qalbni asrashlik. Olimlardan biri: “Nechalab (zohiran) ro`za tutuvchilar bor, aslida ular ro`za tutmaydilar va qanchalar (zohiran) ro`za tutmaydiganlar bor, aslida ular ro`zadordek”. Birinchi turdagi insonlar o`zlarini emoq va ichmoqdan tiyadilaru, lekin badanlarini va qalblarini gunohdan saqlamaydilar. Ikkinchi turdagi insonlar esa ro`za tutmaydilar, lekin qalblarini va badanlarini haromdan saqlaydilar.

Ro`zaning mazmuni − qalbni tarbiya qilish, uni poklash va shukronalikdan iborat, ochlik va chanqoq esa uning tashqi belgilari xolos. Ulamolardan biri shunday degan: “Allohga ibodatning zohiriy va botiniy qismlari, tashqi qobig`i va o`zagi bolib, o`zagi qavatlardan, qavatlari esa, bosqichlardan iborat. O`zaksiz qobiqdan rohatlanish ham, ilohiy nurga ega qalb sohiblaridan biri bo`lish ham, o`zingga bog`liq”.

Abdulatif IRGAShEV tarjimasi

islom.uz

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: