Munosabatlarni engillashtiradigan 12 psixologik usul
- Категории: Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar
- Название: Munosabatlarni engillashtiradigan 12 psixologik usul
- Дата релиза: 25-04-17, 16:52
Biz hammamiz deyarli bir xilmiz, o`zimizni noyob inson deb hisoblaymiz.
Rostdan ham inson shaxsiyati takrorlanmas, lekin psixologiyada har bir inson uchun kerakli va foydali bo`lgan yangi qoidalar paydo bo`laveradi. Quyida odamlar bilan munosabatni engillashtiradigan qoidalar bilan tanishishingiz mumkin. Odamlarga yoqish-yoqmasligingizni bilish uchun biror so`zni tanlang. Suhbatdoshingiz gapirayotib shu so`zni yoki sinonimini ishlatganida bosh qimirlatib ma`qullab, jilmayib turing. Agar siz unga yoqsangiz, u bu so`zni tez-tez qo`llayotganiga guvoh bo`lasiz.
1. Agar sizni jiddiy qabul qilishlarini xohlasangiz, otangiz shuni xohlashini ta`kidlang. Odamlar ota-onalarning maslahatiga so`zsiz quloq solishga moyil bo`lishadi.
2. “Tosh, qaychi, qog`oz” o`yinida har doim g`alaba qozonishni istasangiz, o`yin boshlanishi oldidan raqibingizga xohlagan savolingizni bering. Ko`p hollarda sarosimaga tushgan o`yinchilar “qaychi”ni tanlab qo`yishadi.
3. Agar suhbatdoshingiz sizni tasdiqlashini istasangiz, savol bergandan so`ng bosh qimirlatishni unutmang. Ma`qullab bosh silkitishingiz aytayotganlaringiz hammasi haqiqatligiga uni ishontiradi. Bundan tashqari, ijtimoiy kuzatuvlarga ko`ra, odamlar bosh silkitib javob qaytarishga moyil.
4. Ertalabki soat 8 da metroda odamlar bo`lmasligini orzu qilganmisiz? Siz odamlar oqimiga emas, o`zingiz ketadigan yo`nalishga qarang. Oldingizdagi olomon ikkiga ajralib sizga yo`l berganiga hayron bo`lasiz. Buning siri oddiy: olomon liq to`la joyda atrofdagilar piyodaning ko`ziga qarab yo`nalishni aniqlashga va turtinib ketmaslikka harakat qiladi.
5. Agar xayolingizda bir qo`shiq satrlari tinmay aylanib qolgan bo`lsa va siz undan qutulmoqchi bo`lsangiz, qo`shiq oxirini eslang. Bizning ongimiz tugallanmagan narsalarni tez eslab qoladi, shuning uchun qo`shiq oxirini eslasangiz, u o`z-o`zidan yo`qoladi.
6. Farzandlaringiz apelsin eyishini istaysizmi? Ulardan eysanmi-yo`qmi deb emas, nechta eysan: 5 tami, 3 tami, deb so`rang. Shunday usul bilan siz ular uchun apelsinni tanlab bo`ldingiz, bola esa qarorni o`zi chiqargan, deb his qiladi. Bu usulni boshqa vaziyatlarda ham qo`llasangiz bo`ladi.
7. Agar sizni kimdir zimdan kuzatayotganini sezsangiz, esnagancha, atrofingizdagilarga bildirmay ko`z tashlang. Agar kimga esnoq yuqsa, aniq bilingki, u sizni kuzatyapti.
8. Tanishingiz sizga qo`lingizdagi yukni ko`tarishi mumkin, qachonki, unga narsani uzata turib, suhbatlashishni davom ettirsangiz. Ko`pchilik bu hiylani anglamaydi va qo`lingizdagi narsani oladi.
9. Agar qo`l uzatib ko`rishishga to`g`ri kelsa, qo`lingiz iliq ekaniga ishoning. Issiq qo`llar odamlarda do`stona va yoqimli, sovuq qo`llar esa yoqtirmaslik va bexosdan seskanish kabi hislarni uyg`otadi.
10. Suhbatdoshingiz aytganini bir oz o`zgartirib, takrorlang. U o`zini eshitishayotganini va tushunishayotganini anglaydi. Lekin chegaradan chiqib ketmang.
11. Agar sizga yordam berishlarini istasangiz, gapingizni “Sizning yordamingiz kerak”, degan so`zlar bilan boshlang. Ko`pchilik o`zini aybdor his qilishni xush ko`rmaydi, shuning uchun sizni rad eta olishmaydi.
12. Agar kimdir sizni yoqtirmayotgan bo`lsa, undan qalam so`rab ko`ring. Bir tomondan odam o`zi yoqtirmaydigan insoniga yordam berishni xohlamaydi, ikkinchi tomondan esa, bu juda arzimas iltimos, uni rad etib bo`lmaydi. Bu usul bilan qarshingizdagi inson sizdan u darajada nafratlanmasligiga o`zingizni ishontirasiz.
Maslahatlarimiz yoqdimi? Ularni hayotingizda qo`llab, sinab ko`ring.
MOHITOBON tayyorladi
Manba: Darakchi.uz

Смс Шерлар