Главная » Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar » Murch, kashnich, lavr bargi, kunjut. Ziravorlarning siz bilmagan foydalari.
Murch, kashnich, lavr bargi, kunjut. Ziravorlarning siz bilmagan foydalari.

Murch, kashnich, lavr bargi, kunjut. Ziravorlarning siz bilmagan foydalari.

Murch, kashnich, lavr bargi, kunjut. Ziravorlarning siz bilmagan foydalari.
Etuk tib olimi Abu Ali ibn Sino o'z asarlarida ziravorlarning noyob fazilatlari haqida ko'p to'xtalib o'tgan. Taomlarga betakror maza beruvchi ziravorlar tanamizga mador, dardimizga malham bo'lishi ham ham fanda isbotlangan. Quyida ulardan ayrimlarining shifobaxsh xususiyatlari bilan tanishtirib o'tamiz.

Zira

Zira Markaziy Osiyoning Tyan-Shan, Pomir, Oloy tog'lari hamda O'zbekistonning tog'li joylarida o'suvchi ko'p yillik shifobaxsh o'simlik. Ovqatga ziraning to'liq yetilib pishgani ishlatiladi.

Zira tarkibida 3 foizgacha efir moyi, yog', oqsil va boshqa biologik moddalar bor. Shuning uchun qadimdan me'da-ichak kasalliklarida, turli og'riqlarni qoldirish hamda shishlarni davolashda qo'llanilib keladi. Zira kukunini suv bilan aralashtirib ichilsa, ishtahani ochib, qorin dam bo'lishdan xalos qiladi. Zira damlamasi burun qonashida foyda qiladi. Qovurilgan urug'i esa siydik haydovchi dori sifatida buyrak va qovuq kasalliklarini davolashda yordam beradi. Ibn Sino qora zirani yurakning tez urishida, hiqichoqni qoldirishda, yel va gijja haydovchi, ovqatni tez hazm qiluvchi dori sifatida qo'llagan.

Murch

Murchning vatani Hindiston. U faqat issiq mamlakatlarda yetishtiriladi. Ovqatga ziravor sifatida murchning quritilgan, o'ziga xos yoqimli hidli, achchiq, qora rangli mevasi ishlatiladi.

Murch tarkibida achchiq ta'm beruvchi piperin moddasi, efir moylari, yog', kraxmal va boshqalar mavjud. Ibn Sinoning aytishicha, murch mevasi tish va ko'z kasalliklarini davolashda, ishtahani ochishda, oshqozonga og'ir keladigan xamirli, go'shtli, qovurilgan ovqat hazmini yengillashtirishda ko'maklashadi. Bundan tashqari, u kuchli siydik haydovchi vosita. Buyuk hakim murchni asalga teng miqdorda aralashtirib, o'pka kasalliklarni davolashda, iztirobli yo'talda, ko'krak og'rig'ida foydalangan.

Kashnich

Kashnichning vatani — O'rta Yer dengizi sohillari. U ziravor o'simlik sifatida butun dunyoda, xususan, yurtimizda ham yetishtiriladi.

Ovqatga uning bargi va urug'i solinsa, o'ziga xos ta'm beradi.

Kashnich tarkibi efir moyi, yog', oqsil moddalar, organik kislota va turli vitaminlarga boy.

Buyuk hakim Ibn Sino o'z amaliyotida kashnichdan bosh og'rig'i, me'da-ichak kasalliklarini davolashda, qayt qilishni to'xtatishda hamda yel haydovchi vosita sifatida keng foydalangan.

Hozir ham xalq tabobatida kashnich balg'am ko'chiruvchi, o't haydovchi, ovqat hazm qildiruvchi, yaralarni tez bitkazuvchi vosita sifatida qo'llaniladi. Tibbiyotda esa bavosil dardini yengillashtiruvchi dorilar, tinchlantiruvchi, gijja haydovchi, og'riq qoldiruvchi vositalar tarkibiga qo'shiladi. Kashnich urug'idan olinadigan efir moyi o't haydovchi va mikroblarni zararsizlantiruvchi ta'sirga ega.

Lavr bargi

Lavr — balandligi naq 18 metrgacha yetadigan daraxt. Uning vatani — O'rta Yer dengizi davlatlari. U bodring, karam, lavlagi, loviya kabi oziq-ovqat mahsulotlarini tuzlashda keng ishlatiladi. Ovqatga esa xushbo'y ziravor sifatida solinadi. Chunki foydali yaprog'i tarkibida efir moyi, sirka, valeriana kislotasi, oshlovchi birikmalar juda ko'p.

Uning shifobaxshligi shuki, quvvatni oshiradi, tanadan zaharli xiltlarni haydaydi, jigar va taloq xastaliklari, bosh og'rig'i, bod kasalida shifo bo'ladi. Lavr yaprog'idan tayyorlangan damlama yaralarni bitkazadi, teri kasalliklariga davo bo'ladi. Undan olingan yog' asablarni tinchlantirib, keksalarda uchraydigan xotira buzilishining oldini oladi.

Lavr yaprog'idan shifobaxsh yog' tayyorlanadi. Buning uchun 10 dona lavr bargiga 200 g o'simlik (yaxshisi, pista) yog'i quyib, usti yopiq holda bir hafta tindiriladi. Keyin bu yog'ni dokadan o'tkazib, bo'g'im kasalliklari, nevralgiya, teri kasalliklarida surtma dori o'rnida ishlatiladi.

Kunjut

Kunjutning vatani — Janubiy Afrika. U dastlab eramizdan avval Janubi-G'arbiy Osiyo davlatlarida ekilgan. Ovqatga kunjutning urug'i va undan olingan moyi ishlatiladi. Kunjut urug'ida 61 foizgacha moy, biologik foydali moddalar, Ye va V vitaminlari, suyaklar uchun zarur bo'lgan kalsiy moddasi mavjud.

Xalq tabobatida kunjut moyi va uning yanchilgan urug'i tanadagi shishgan va ko'kargan sohalarni davolashda ishlatiladi.

Nafas qisishida va astma xurujlarida bemorga 1 choy qoshiq kunjut moyi ichirilsa, nafas ravonlashadi. Qandli diabetga chalingan bemorlar kunjut urug'i qo'shilgan pishiriqlar, moyi qo'shilgan salat va taomlar iste'mol qilsa, organizmni quvvatlantirish uchun foydali bo'ladi. Kunjut urug'idagi faol moddalar qonning ivishini tezlatuvchi va trombotsitlar miqdorini ko'paytiruvchi ta'sirga ega. Shuning uchun ilmiy tibbiyotda kunjut moyidan trombopeniya, gemorragik diatez kabi qon kasalliklarni davolashda foydalaniladi.

Zarchava

Zarchava Hindiston, Indoneziya va Xitoyda ko'p o'stiriladi. Hidi xushbo'y, mazasi o'tkir, achimtir bo'lib, mayda tuyilgan holda taomlarga solinadi. Bu ziravor taomga tillarang tus beradi. Haqiqiy choyxona palovi zarchavasiz pishmaydi.

Tarkibida efir moyi, kraxmal va sariq rangli modda — kurkumin mavjud. Kurkumin moddasi oshqozon shirasi va o't suyuqligi ajralishini kuchaytiradi, ishtahani ochib, ovqat hazmini yaxshilaydi.

Buyuk alloma Abu Ali ibn Sinoning ta'kidlashicha: «Zarchava shirasi ko'zni o'tkirlatishga, qorachiqdagi oqni ketkazishda foyda qiladi. Tiqilmalardan keladigan sariqlikda, qabziyatda u arpabodiyon bilan qo'shib ichilsa, samarali yordam beradi». Zarchava — tabiiy antibiotik. Yallig'lanish va mikroblarga qarshi kurashishda unga teng keladigani yo'q. Shuning uchun buyrak, o't, jigar kasalliklarini davolashda keng qo'llaniladi. U qonni tozalaydi, kamqonlikda qo'l keladi, saratonning oldini olishda ham foydalidir. Zarchavadan 1 choy qoshig'i 1 stakan iliq sut bilan aralashtirib ichib yurilsa, terini taranglashtirib, rangni oqartiradi.

Dolchin

Dolchinning vatani — Janubi-Sharqiy Hindiston. U Vyetnam, Birma, Seylonda ham ko'p yetishtiriladi. Ovqatga dolchin shoxlarining po'stlog'i ziravor sifatida qo'llaniladi. Ko'pincha qiymali taomlarga qo'shiladi. Tarkibi efir moyi, shilliq oshlovchi moddalar, kalsiy, temir va A vitaminiga boy.

Kamqonlikda ovqatga dolchin urug'idan solib yeyilsa, gemoglobinning ko'tarilishiga hissa qo'shadi. Bu ziravor tanada qon aylanishini yaxshilab, kishiga quvvat bag'ishlaydi. Har kuni nahorga bir chimdimdan dolchin urug'ini chaynab yutsangiz, ortiqcha vazndan qutulishga yordam beradi. U kayfiyatni ko'taradi, ishtahani ochadi, ovqat hazmini yaxshilab, me'dani mustahkamlaydi, turli ichak kasalliklaridan saqlaydi.

Dorishunoslikda turli preparatlarga yoqimli ta'm va ifor berishda ishlatiladi. Bu ne'matni suvda qaynatib ichsangiz, hiqichoqni bosadi, kukun holida iste'mol qilsangiz, hasharot chaqqanda davo bo'ladi, yaraga bog'lasangiz, tez bitkazadi.

GULShAN tayyorladi.
Manba: Hordiq.uz

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: