Mustahkam sog`liq sari 10 qadam
- Категории: Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar
- Название: Mustahkam sog`liq sari 10 qadam
- Дата релиза: 15-06-17, 02:16
Kamroq xastalikka chalinish uchun hayot tarzingizni butunlay o`zgartirishingiz shart emas! Shunchaki, ba`zi zararli odatlaringizga yangicha tus bersangiz bas...
1. Ko`proq sayr qiling
Toza havodagi sayr kayfiyatni ko`tarib, ishchanlik hissini oshiradi. To`g`ri ovqatlanish natijasida esa ortiqcha vazndan xalos bo`lasiz. Sayrni sport bilan uyg`unlashtirsangiz nur ustiga a`lo nur. Masalan, oila a`zolaringiz bilan badminton yoki koptok o`ynashingiz mumkin.
2. Tongni bir stakan qaynagan suv bilan qarshi oling!
Uyqudan turib, yuz-qo`lingizni yuvgach, och qoringa bir stakan qaynagan suv iching. Bu ovqat hazm qilish sistemasini faoliyatini yaxshilab, oshqozonga og`ir botadigan taomlarni xazm qilishga imkon yaratadi. Bu harakatingiz bilan nafaqat oshqozon va ichak, balki moddalar almashinuvini ham yaxshilaydi.
3. Har kuni bir qism yong`oq eng
Yong`oq tarkibidagi minerallar, vitaminlar va foydali yog` kislotisi asabni tinchlantiradi. Hattoki saraton hujayralarini rivojlanishining ham to`xtatadi. Yong`oq kaloriyaga boy, biroq uni kunning birinchi qismida iste`mol qilsa, qomatga salbiy ta`sir ko`rsatmaydi.
4. Oyog`ingizni muzdek suvda chaying
Tongda vanna qabul qilish, immunitetni mustahkamlaygina qolmay, moddalar almashinuvini ham ta`minlaydi. Bordiyu erinsangiz, ishni har kuni oyoqlaringizni 3 sekund muzdek suvda tutib turishdan boshlang.
5. Haftada ikki marotaba yog`li baliq eng!
Yog`liq baliq tarkibida sog`liqqa foydali bo`lgan Omega-3 yog` kislotasi mavjud. Bu modda yurak va qon tomirlari faoliyati uchun juda muhim ahamiyat kasb etadi. Agar baliqni xushlamasangiz, boshqa turdagi dengiz mahsulotlarini iste`mol qiling!
6. Qo`lingizni tez-tez yuving
Odatda kasalliklarni yo`talayotgan hamkasbimizdan emas, yuvilmagan qo`limiz sabab orttiramiz. Qo`limiz bilan yuzimizni ushlaymiz, natijada burun, ko`z va og`izdagi mikroblar ichimizga tushadi. Shuning uchun ovqatdan oldin, biron ishni tugatgach, transport vositalaridan tushgach albatta qo`lingizni yuving!
7. Yil bo`yi vitaminlarni iste`mol qiling
Vitaminlarni faqatgina bahor va kuzda ichish kerak, degan gap noto`g`ri. Organizmimiz yil bo`yi vitaminlarga muhtoj. Va hech qanday mahsulot bilan ularning o`rnini to`ldirib bo`lmaydi. Biroq unutmang, vitaminlarni shifokorlarning tavsiyasi bilan qabul qilish lozim.
8. Menyuingizga bo`tqani ham qo`shing!
Boshoqli o`simliklar vitamin va minerallarga boy. Shu bois ham bo`tqani har kuni iste`mol qilish kerak.
9. Kunda 5 daqiqa elkangizga vaqt ajrating
Agar kun bo`yi o`tirib yo tik turib ishlaydigan xodimlar sirasiga kirsangiz, xoyna-xoy umurtqa pog`onasi bilan bog`liq kasallik begona bo`lmasa kerak? Mushkulingizni elgangizga atalgan har kungi jismoniy mashq engillashtiradi.
“Mushuk” mashqi. To`rtoyoqlab turing, orqangizni tepaga ko`taring va boshingizni pastga tushiring. Shu holatda 5-10 sekund turing. So`ng orqangizni pastga tushirib, boshingizni tepaga ko`taring. Bu mashqlarni 5 marotaba takrorlang.
“Quyosh chiqishi” mashqi. Oyolaringizni elka kengligida oching. Qo`laringizni tepaga ko`tarib, potolokka intiling. Mazkur mashqni ham 5 marta takrorlang.
10. Har kungi achchiq shokoladdan bosh tortmang!
Tarkibida kakao qancha ko`p bo`lsa, shuncha foydali. Kakao qon bosimi va qondagi xolesterin miqdorini pasaytiradigan polifenol bor. Bunday shokoladni har kuni eyish zarar qilmaydi. Shunday bo`lsada, me`yor chegarasidan o`tmang. Yo`qsa, u o`z aksini qomatigizda topishi mumkin.
Manba: Darakchi.uz

Смс Шерлар