Главная » Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar » Muvaffaqiyatli kishilar kitob o‘qishga qanday vaqt topadi?
Muvaffaqiyatli kishilar kitob o‘qishga qanday vaqt topadi?

Muvaffaqiyatli kishilar kitob o‘qishga qanday vaqt topadi?

Muvaffaqiyatli kishilar kitob o‘qishga qanday vaqt topadi?
Eng boy tadbirkorlar juda ko‘p kitob o‘qiydi va ular o‘z muvaffaqiyatlari aynan kitob o‘qishga borib taqalishini ta’kidlaydi.

Dunyodagi eng yirik tadbirkorlardan va eng taniqli investorlardan biri Uorren Baffetdan uning muvaffaqiyati siri haqida savol berishganida, u: “Har kuni 500 sahifa kitob o‘qing. Bilim omonat pulining foizi kabi to‘planib boradi. Bu har kimning qo‘lidan keladi, ammo buni haqiqatda qiladiganlar kam”, — deya javob bergan.

Baffetning o‘zi investorlik karyerasining boshida kuniga 600 dan 1000 sahifagacha kitob o‘qigan. Hozir ham u vaqtining 80 foizini kitob o‘qishga bag‘ishlashga intiladi. U bunga qanday erishadi, deysizmi? U shunchaki buni birlamchi darajadagi muhim vazifa deb hisoblaydi.

Tadbirkor va jamoat arbobi, Microsoft yaratuvchisi Bill Geyts yiliga 50 tadan kitob o‘qiydi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ko‘p sayohat qilishi va qiziqarli odamlar bilan tanishishiga qaramay, kitob o‘qish uning uchun yangi narsalarni o‘rganish va o‘z dunyoqarashini kengaytirishning asosiy usuli bo‘lib qolmoqda. Yo‘lga otlanganida ham u o‘zi bilan kitob oladi.

Tadbirkor, ixtirochi va investor Ilon Mask, raketa qurish narxi juda baland bo‘lgani sababli, ularni qurishni o‘zi o‘rganishga qaror qilgan. Buning uchun u kitoblar o‘qigan. U aniq maqsad sari intilgan, muayyan bilimlarga tashna bo‘lgan va o‘zi istagan narsasini o‘rganmagunicha, to‘xtamagan.

Shunday qilib, ko‘p kitob o‘qish uchun ba’zi masalahatlar:

kutubxonaga boring, bu minglab kitoblarni qo‘lga kiritishning arzon usuli;
taymer bilan o‘qing. Vaqtingiz qancha bo‘lishidan qat’i nazar, taymer sizni o‘qishga kirishish va chalg‘imaslikka majbur qiladi;
kitob doim qo‘l ostingizda bo‘lsin. Yo‘lda esa audiokitoblarni tinglang. Nimanidir kutish vaqtida ham vaqtni bekor o‘tkazmang;
uyqu oldidan o‘qing. Birinchidan, uyqu oldidan biz ko‘proq axborotni o‘zlashtiramiz. Ikkinchidan, o‘qish uxlashga yordam beradi. Uchinchidan, har kuni bir xil vaqtda kitob o‘qiyversangiz, bu tez orada odat tusiga kiradi;
hech bo‘lmaganda uchta bob o‘qing: shunda kitob sizga yoqqan-yoqmaganligiga amin bo‘lasiz. Uchta bobdan so‘ng, kitob yoqmaganligini his qilsangiz, o‘qishni tugating, keyingi kitobga o‘ting.
Manba: Daryo.uz

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: