Главная » Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar » Muvaffaqiyatli rahbarlar unumdorlikni oshirish uchun foydalanadigan 5 hiyla
Muvaffaqiyatli rahbarlar unumdorlikni oshirish uchun foydalanadigan 5 hiyla

Muvaffaqiyatli rahbarlar unumdorlikni oshirish uchun foydalanadigan 5 hiyla

Muvaffaqiyatli rahbarlar unumdorlikni oshirish uchun foydalanadigan 5 hiyla
O‘z qobiliyatlaringizni amaliy baholash va to‘g‘ri rejalashtirish bilan siz ko‘proq narsaga ulgurishingiz va kamroq charchashingiz mumkin. Doimiy bandlik va stressning yopiq doirasidan qutulib chiqing.

O‘z imkoniyatlaringizni cheklamang

Agar sizga biron bir ishni bajarishning imkoni yo‘qdek ko‘rinsa, ikkita doimiy ravishda rivojlanib borayotgan kompaniyalarga rahbarlik qilayotgan, lekin baribir boshqa istaklarga vaqt topib, doim biron bir yangi narsa bilan shug‘ullanadigan Ilon Mask haqida eslang.

Bu sizning imkoniyatlaringizning cheksizligi haqida yaxshi eslatishdir.

Oldindan rejalashtiring

Siz uchun ham, Ilon Mask uchun ham sutkadagi vaqt miqdori bir xil. Farqi, siz uni qanday sarf qilishingizda. Ko‘proq ulgurish uchun kamroq qilish, lekin ko‘proq rejalashtirish kerak.

Yakshanba kuni kelgusi haftaning rejasini tuzib chiqishga bir-ikki soat vaqt sarflasangiz, dushanba kuni siz darrov harakat qilishni boshlaysiz.

O‘z qobiliyatlaringizni amaliy baholang

Ko‘pincha, ishda sezilarli rivojlanishga erishish uchun orada bor-yo‘g‘i bir nechta vazifa turgandek ko‘rinadi. Lekin, baribir bizning grafikdan orqada qolayotganimiz keyin ma’lum bo‘lib qoladi.

Buning oldini olish uchun, har bir ishga aniq vaqt chegarasini belgilab qo‘ying va qancha ishni bajara olishingizni amaliy baholang.

Ko‘proq “yo‘q” deng

Hayotingizga hech qanday foyda keltirmaydigan mashg‘ulotlarni aniqlang va ularga bemalol “yo‘q” deb ayting. Masalan, seriallar ko‘rishdan voz keching yoki kechki o‘tirishlarga bormang. Bu sizning vaqtingiz boshqalar xohlaganidek emas, balki o‘zingiz xohlaganingizdek taqsimlanayotganidan qoniqishning birdan-bir yo‘lidir.

Javobgarlikni taqsimlang

Agar xodimlarni o‘zingiz ishga yollasangiz, o‘z ishining javobgarligini to‘liq unga yuklating. Shunda siz doimiy nazorat qilish uchun chalg‘imasdan, vaqtingizni tejaysiz va boshqa loyihalar bilan shug‘ullana olasiz.
Manba: Daryo.uz

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: