Главная » Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar » ​​​Navbatdagi bekat — sarpo bozori! Tayyormisiz?
​​​Navbatdagi bekat — sarpo bozori! Tayyormisiz?

​​​Navbatdagi bekat — sarpo bozori! Tayyormisiz?

​​​Navbatdagi bekat — sarpo bozori! Tayyormisiz?
Bolaligimizda nima sababdan kelin bo`lishni orzu qilardik? Ha-ya, bejirim kiyimlar, yaltir-yultur do`ppilar, kuniga kamida 5 marta almashtiriladigan ko`ylaklar havasi sabab, shekilli. Ammo o`shanda ularga etishish uchun bo`lajak qaynona bilan bozor-o`char qilish tushimizga ham kirmagan bo`lsa kerak? Nima? Hayajonlanib ketayapman, yaqinda biz ham bozorga tushamiz deysizmi? Unday bo`sa, bu galgi maslahatlarimiz siz uchun, maslahatgo`yimiz esa psixolog Gulnora MUXTOROVA.

Kelishilgan bozor tarqamas

Birinchi galda «oilaviy mashvarat»da bozorga hamroh qilib kimni tanlash kelishib olinadi. Ba`zilar qarindoshlari orasidagi eng shaddod ayolni hamrohlikka saylashadi. Oila a`zolaringizni tushunsa bo`ladi, bunday yashirin «minalar maydoni»da sizni himoya qila oladigan insonni tanlashni istashadi-da. Ammo ko`p hollarda «shaddod» so`zini «farosatli» so`zi bilan qarama-qarshi ma`nodosh bo`lib chiqadi. To`ydan keyin esa «Kelinposhsha, o`sha zahar ammajoningiz yaxshi yuribdilarmi?» kabi pichinglarni eshitish sizga qoladi. Buning oldini olish uchun rejani pishiq tuzing. Maslahatimiz, oila qurganiga hali ko`p bo`lmagan, tili chaqqon bo`lmasa-da, did va farosatda hammadan ustun qarindoshingizni tanlang. Odatda bu talablarga kelinoyilar javob berishadi. Har holda yosh, zamon, moda degan so`zlarni biladi, ustiga-ustak, o`z tajribasidan kelib chiqib, «Shunaqa ko`ylak olganimda, akangiz tor deb kiydirmagan» kabi turmushda asqotuvchi maslahatlarini ayamaydi. Yodingizda bo`lsin, hamroh tanlash, yanga tanlashdan kam ahamiyatga ega emas. Befarq bo`lmang!

Bozorda...

Bozorning barcha do`konlarini birma-bir aylanib chiqishga tayyorgarligingizni ko`ravering, haligi past poshna, qulay ko`ylak degandek... Axir ular oyijoningiz emas, «Qizim, mana bu ko`ylak sening uslubingda ekan», deb darov narxini kelishaveradigan. Avval o`zlari tanlashadi, narx-navo surushtiriladi, har jihatdan to`јri kelsa, ana undan keyin sizga yuzlanishadi. Agar kiyim sizga yoqmasa, nima qilaman deysizmi? Jilmayasiz, tabassum qilasiz, umuman bu jarayonda fikrni mimika orqali izhor etish yaxshi samara beradi. Agar qaynonangiz xush fe`lgina bo`lsa, sizdan, albatta, fikr so`raydi. Axir olinayotgan kiyim-buyumlar u kishining ham yuzi-da. Buning ustiga, bo`lajak kelinimga SARPO qilaman degan niyatlari bor. Bu jarayonda eng muhimi nima bilasizmi? Hatto, eng arzon, eng ko`rimsiz kiyimni tavsiya qilishsa ham, asabiylashmaslik. Shunchaki xushmuomalalik bilan bu ust-bosh nima sababdan sizga to`јri kelmasligini asosli dalillar bilan tushuntirib bering. Albatta, tushunishadi.

Erkaligingiz uyga tashlab chiqing

Bo`lajak oilangizda «birozgina» kalta ko`ylagingizni kiyish uchun uyning kattasidan ruxsat olib beradigan onajoningiz yo`q. Shunday ekan, tor, kalta, ochiq ko`ylaklar sotiladigan do`konlarni umuman aylanib o`ting. Kiyim tanlashda tushayotgan xonadoningizdagi muhitni inobatga oling. Axir 80-90 yoshli bobosi bor kuyov bola sizga engsiz ko`ylak kiydirarmidi? Yana bir muhim jihat, qimmat narsalarni tanlashda ehtiyot bo`ling. «Olsam ham olaman, olmasam ham olaman», deb oyoјingizni tirab olmang-da. Agar mehringiz qimmatbaho ko`ylakka tushgan bo`lsa, shartnoma taklif qiling. Ya`ni sotib olinishi shart bo`lgan 2 ta ko`ylakning o`rniga mana shunisini olib berishlari mumkinligini tushuntiring. Biroq «Ular nima deyishsa, o`sha bo`ladi, keyinchalik o`zimga yoqqanini sotib olaveraman», deb kalta o`ylamang. Birinchidan, pulni behudaga sarflagan bo`lasiz (axir to`y arafasida har bir tiyin qadrli-da), ikkinchidan, qaynonangiz tanlab bergan ko`ylakni kiymasangiz, «Mening sarpomni mensimaydi» degan gap-so`zga qolasiz.

Ehtiyot bo`ling, sizni sinashyapti!

To`y bozor-o`chari ham xuddi ishga kirishdan avval o`taladigan sinov muddatiga o`xshagan gap. Shu sababdan sinchikovlikni yo`qotmang. «Shpargalka» sifatida shuni aytishimiz mumkinki, ba`zi qaynonalar bo`lajak keliniga qimmat, lekin ochiq-sochiq kiyimlarni ko`rsatib sinashadi, boshqalari esa arozonini. Nima bo`lganda ham, u kishining sizga nisbatan munosabati mana shu tanlovingizdan keyin o`zgarishi mumkin. Shuning uchun aqlu farosatingizga asoslanib, tanlovni amalga oshiring.

SAODAT tayyorladi.
Manba: Darakchi.uz

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: