NEGA KO`P OVQAT EYMIZ?

NEGA KO`P OVQAT EYMIZ?

NEGA KO`P OVQAT EYMIZ?
Hech ahamiyat berganmisiz, faqatgina ochlik hissini tuyganimizdagina ovqatlanmaymiz. Tushkun kayfiyatda, stress holatida bo`lganimizda ham o`zimiz sezmagan holda muzlatkich qarshisiga boramiz. Natijada esa ortiqcha vazn muammosi bilan ro`baro bo`lamiz, u yana bizni tushkunlikka etaklaydi. Tushkunlik o`z navbatida muzlatkich eshiklarini ochadi... Xullas, bu zanjir kabi davom etaveradi. Maslahatimiz, lazzat va rohatning boshqa manbaini toping. Sizga aynan nima etishmayotganini quyidagi test orqali aniqlaymiz...

1. Bo`sh vaqtingizni qay tarzda o`tkazishni yoqtirasiz?

A. Hushmanzara joylarda sayr qilishni yoqtiraman.

B. Bo`sh vaqtim bo`lishi bilan kino, serial, xullas, televizorda nima berayotgan bo`lsa ham ko`raveraman.

V. Bir piyola choy ustida suhbat qurish jonu dilim.

G. Musiqa tinglashni hush ko`raman.

2. Sizning nazaringizda hayotdagi qaysi hodisa eng muhim va unutilmas sanaladi?

A. Talabalik baxtiga muyassar bo`lish, albatta!

B. Shirindan-shakar farzandlarning dunyoga kelishi.

V. Karnay-surnay sadolari ostida sevgan insoning bilan turmush qurish.

G. Diydor.

3. Asab torlaringiz tarang tortilishiga nima sabab bo`ladi?

A. Devor ortidagi shovqin hamda taraq-turuq ovozlar

B. Hamkasblarning bilimsizligi va be`maniligi.

V. Yolg`izlik.

G. Biror xastalik yoki shikastlanish sabab rejalar barbod bo`lsa.

4. Ishingizda siz uchun eng muhim narsa nima?

A.Xizmat pog`onalaridan yuqoriga ko`tarilish, obro`li lavozim egasi bo`lish.

B.Oylik maoshi.

V. Sevimli hamkasblarim jamoasi.

G.Ishim juda qiziqarli.

5. Tinch uyquga ketishingizga nima to`sqinlik qilishi mumkin?

A.Qornim ochligi.

B. Uxlashdan avval kitob yoki gazeta o`qimasam bo`lmaydi.

V. Internet olamida biroz sayr qilishim shart!

G. Dush qabul qilmay, yuzimga, tanamgatunggi krem surtmay uxlay olmayman.

Test javoblari

Ana endi javoblaringiz orasida qaysi harfni ko`p tanlaganingizga e`tibor berib, ko`p ovqat tanovul qilishingiz sababi bilan tanishing!

A. Hozirgi vaqtda band bo`lgan ishingiz sizni qoniqtirmaydi. Balki faoliyatingizni yanada qiziqarli va o`zingiz uchun foydali yo`nalishga burish vaqti kelgandir?! Agar qilayotgan ishingizdan ijobiy natija ko`rmasangiz, divanda yonboshlab yotgan holatingizdan sizni hech narsa turg`izolmaydi. Noliganingiz bilan ishingiz ham yurishmaydi, kamiga semirasiz ham! Unutmang, harakatda — barakat!

B. Bilimga chanqoqsiz, biroq shunga yarasha aqliy mehnat bilan shug`ullanmaysiz. Hunar o`rganishga bel bog`lang! Hayotingizda yangi insonlar paydo bo`lishi uchun imkoniyat tug`iladi. Bu esa o`z navbatida yangi hissiyotlar yuzaga kelib, muzlatkich va televizor qarshisidan sizni uzoqlashtiradi.

V. Siz ko`ngilingizga yaqin insonlar bilan suhbat qurishingiz kerak. Do`stlar va qarindoshlaringiz bilan ko`proq uchrashing. Yakkalanish sizga salbiy ta`sir ko`rsatadi. his-tuyg`ularingizni yaqinlaringiz bilan bo`lishish faqatgina foyda keltiradi.

G. Sizni faqatgina moddiy narsalar xursand qila oladi. Yangi libos yoki go`zallik salonidagi muolaja unitilmas quvonchni bahsh etishga qodir. Bu toifadagi kishilarga jismoniy mashqlar ham yoqishi shubhasiz.

DILNOZA tayyorladi.
Manba: Darakchi.uz

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: