Главная » Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar » Nima uchun hamkasblar bilan suhbatlashish foydali?
Nima uchun hamkasblar bilan suhbatlashish foydali?

Nima uchun hamkasblar bilan suhbatlashish foydali?

Nima uchun hamkasblar bilan suhbatlashish foydali?
Olimlar hamkasblar bilan gaplashish aslini olganda ishga xalal bermasligini, balki ishlashga yordam berishini aniqladi.

Bu miyaga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi

Michigan universitetining olimlari juda qiziqarli tajriba o‘tkazdi. Qatnashuvchilarni ikki guruhga ajratishdi. Boshida birinchi guruhdagi tajriba qilinayotganlar 10 daqiqa ichida bir-birlari bilan tanishishlari kerak edi. Ikkinchi guruhdagilardan esa ma’lum bir mavzudagi o‘zaro bahslarda ishtirok etishlarini iltimos qilishdi. Keyin hamma qatnashuvchilarga bir necha murakkab masalalarni yechishni taklif qilishdi.

Bungacha erkin vaziyatda o‘zaro muloqotda bo‘lgan birinchi guruhdagi tajriba qatnashchilari masalalarni yechishda yaxshi natijalarga erishishdi. Ularda bosh miya bajaruvchi funksiyalarining ancha yaxshilanganlik belgilari kuzatildi. Bu jarayonlar rejalashtirish, diqqatni to‘plash, eng muhimini belgilash va hatto ularni tashkil qilishga, boshqacha qilib aytganda bizga ish uchun zarur bo‘ladigan malakalar va sifatlarga javob beradi.

Bu ishdan lazzat olishga yordam beradi

Surishtirish paytida qatnashuvchilarning deyarli 89 foizi hamkasblar bilan muloqotda bo‘lish yashash tarziga ijobiy ta’sir ko‘rsatishini tasdiqlashdi. Shuningdek, ma’lum bo‘ldiki: agar ishxonada odamning hech bo‘lmasa bitta do‘sti bo‘lsa, bu uni korxona bilan mahkamroq bog‘laydi va bu yerda qolish istagini quvvatlab turadi.

Hamma gap empatiyada. Atrofdagi odamlar bilan bog‘liqlikni his qilish qobiliyati xodimlarda ishga bo‘lgan qiziqishni va o‘z ishiga berilishni ta’minlaydi. Odam hamkasblari bilan suhbatlashishi natijasida asta-sekinlik bilan o‘z g‘oyalarini va mulohazalarini aytishdan qo‘rqish hissi yo‘qola boshlaydi. U o‘zini erkin va bexavotir sezadi.
Manba: Daryo.uz

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: