Nima uchun kofein xotirani yaxshilaydi?
- Категории: Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar
- Название: Nima uchun kofein xotirani yaxshilaydi?
- Дата релиза: 26-04-18, 10:31
Amerika olimlari tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotlar qahvaning ma’lumotlarni yaxshiroq eslab qolishga yordam berishini isbotladi.
Jon Xopkins Universiteti tadqiqotchilar guruhi tajribada ishtirok etish uchun 100 dan ortiq odamlarni to‘pladi. Ishtirokchilarga bir-biri bilan bog‘liq bo‘lmagan, masalan rezina o‘rdakcha, saksofon yoki to‘rt bargli beda suratlarini eslab qolish haqida topshiriq berildi.
Keyin ba’zi ishtirokchilarga 200 mg lik kofein tabletkalari, ba’zilariga esa oddiy zararsiz tabletkalar tarqatildi va uylariga ruxsat berildi. Ertasi kuni ishtirokchilarga yangi topshiriq berildi: yangi suratlarni tomosha qilish va ularning ichida nechtasi kechagi, nechtasi esa yangi ekanligini aniqlash.
Kecha kofein tabletkasi olgan ishtirokchilar sezilarsiz o‘zgarishli yangi suratlarni zararsiz tabletka olgan ishtirokchilarga qaraganda yaxshiroq ajratib oldi. Masalan, agar yangi suratdagi rezina o‘rdakchaning zanjirsimon yopqichi bo‘lsa-yu ilgari ko‘rsatilgan suratda u bo‘lmagan bo‘lsa, kofein qabul qilganlar bu yangi surat ekanligini darrov payqadi. Oddiy tabletka qabul qilgan ishtirokchilar esa o‘zgarishni sezmadi va bu kechagi surat ekanligini ta’kidladi.
Ishtirokchilarga kofeinni kamroq miqdorda berib ko‘rilganda, bu ijobiy ta’sir yo‘qolgani kuzatildi. Qatnashchilarga kofein bevosita imtihon oldidan berilganda ham bu ijobiy ta’sir paydo bo‘lmadi.
Tadqiqot mualliflari kofein nima uchun ma’lumotlarni yaxshiroq esda saqlab qolishga yordam berganini oxirigacha aniqlay olgani yo‘q. Bunga ishonch hosil qilish uchun olimlar boshqa, kattaroq miqyosdagi tajribalar o‘tkazishni rejalashtirmoqda.
Hozircha esa qahvani sevuvchilar bu tetiklashtiruvchi ichimlik ularga ishda va o‘qishda ham yordam berishidan bemalol quvonishi mumkin.
Manba: Daryo.uz

Смс Шерлар