Nima uchun odam xafa bo‘lganida yig‘laydi?
- Категории: Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar
- Название: Nima uchun odam xafa bo‘lganida yig‘laydi?
- Дата релиза: 30-11-17, 00:19
Agar odamda baxtsizlik ro‘y bersa, u ko‘pincha yig‘laydi. Yig‘lash — bu ma’yuslikni eng xavfsiz ravishda ifodalash usuli.
Stress paytida organizm faqat ko‘z yoshlari bilan chiqadigan leysin-enkefalin va prolaktin deb ataluvchi zaharlovchi moddalarni sintezlaydi.
Odamda ko‘z yoshining paydo bo‘lishini ikki turga ajratish mumkin: ko‘zni mayda gardlardan tozalash va namlash paytida paydo bo‘lishi – fiziologik va ko‘z yoshlarning asabiylashish natijasida paydo bo‘lishi esa – emotsional. Odam yig‘lasa, u o‘zini yengilroq his qilishi tasodifan emas.
Lekin odob-axloq normalariga ko‘ra, jamoat joylarida yig‘lash yaxshi emas, erkaklar esa o‘z hissiyotlarini umuman ko‘rsatmasligi kerak. Jamiyat qarashlari ta’sirida odam o‘zining ko‘z yoshlarini tiyishga o‘rganadi, lekin bu qayg‘uning o‘tib ketganini bildirmaydi.
Salbiy hissiyotlar yig‘ilaveradi va ertami-kechmi chiqishning boshqa yo‘lini topadi. Odam achchig‘ini yaqinlariga sochishi, ortiqcha spirtli ichimlik ichishi, chekishi yoki janjallashishi mumkin. Hissiyotlarni ushlab turish asab tizimida o‘z aksini topishi va yurak-tomir kasalliklarini keltirib chiqarishi mumkin.
Bundan kelib chiqadiki, ko‘z yoshlari — asabiy taranglikni yo‘qotishning va organizmdan zararli moddalarni chiqarishning eng yaxshi usuli ekan. Shuningdek ular qon bosimini normallashtiradi, organizmning infeksiyalarga qarshiligini kuchaytiradi va me’da-ichak yo‘li kasalliklarining rivojlanish xavfini kamaytiradi.
Ularning yana bir foydali xususiyati: boshqa odamlarga ta’sir ko‘rsatishi. Bolalar boshqalarning e’tiborini o‘ziga qaratish uchun tez-tez yig‘laydi. Bu esa yordam beradi! Yaqinlari ularning oldiga keladi, achinadi, isitadi, ovqatlantiradi va boshqa muammolarini hal qiladi.
Bu kattalarga ham yordam beradi. Yozuvchi Uilyam Shekspir ko‘z yoshlarni “ayollarning quroli” deb atagan.
Manba: Daryo.uz

Смс Шерлар