Nima uchun qorin sohasidagi yog‘larni ketkazish qiyin?
- Категории: Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar
- Название: Nima uchun qorin sohasidagi yog‘larni ketkazish qiyin?
- Дата релиза: 04-02-18, 18:21
Agar siz tep-tekis va tarang qoringa ega bo‘lishni orzu qilsangiz, muntazam ravishda sport zaliga qatnashning o‘zi yetarli emas ekan. Buning ustiga, ba’zi xatolar va noto‘g‘ri usullar sizning urinishlaringizni yo‘qqa chiqaradi. Ulardan qanday qutulish va to‘g‘rilash mumkin?
Siz oqsillar bilan “quvvatlanmaysiz”
Mashqlar tamom bo‘lgandan keyingi birinchi 30 daqiqa ayniqsa juda muhim, chunki aynan shu davrda mushaklar birinchi navbatda aminokislotalarga moyil bo‘ladi.
Siz har doim mashg‘ulotni kardio-mashqlardan boshlaysiz
Mashg‘ulotlar chog‘ida yog‘larni ketkazish uchun sizdan oddiygina kaloriya sarflashdan ko‘ra kattarog‘i talab qilinadi. Shuning uchun mashg‘ulotlarni og‘irlik ko‘tarishdan boshlang. Energiya miqdori hali yuqori bo‘lgan paytda, siz kattaroq og‘irlikni ko‘tara olasiz va shu orqali mushaklarni o‘stirish mashqlarini samaraliroq qilishingiz mumkin. Natijada yog‘lar qatlamini tezroq yo‘qotishga erishasiz.
Siz o‘zingizga dam berasiz
Agar siz mashqlar orasida o‘zingizga dam bersangiz, unda ko‘proq yog‘larni ketkazishning ajoyib imkoniyatini qo‘ldan chiqargan bo‘lasiz.
Siz yengil yuklar bilan mashq qilasiz
Yog‘larni ketkazish va mushaklarni o‘stirish uchun odam har doim o‘z plankasini ko‘tarishi kerak. Agar siz muntazam ravishda mashq qilayotgan bo‘lsangiz, unda odatdagi yuklar og‘irligini asta-sekinlik bilan 10 foizga oshiring.
Siz har gal bor kuchingiz bilan bajarasiz
Har gal imkoniyatlaringiz chegarasida mashq qilish bilan siz o‘zingizga faqat zarar yetkazishingiz mumkin. Shikastlanish xavfini oshirishdan tashqari, bu sizning rivojlanishingizni sekinlashtirishi mumkin.
Shiddatli mashqlar organizmni stress gormoni miqdorini oshirishga majbur qilishi mumkin, bu esa o‘z navbatida keragidan ko‘proq yog‘larni g‘amlab qo‘yishga signal beradi.
Siz qorin ustidagi yog‘larga qarshi faqat mashqlar yordamida kurashasiz
Hatto agar siz sport zaliga har kuni ishga borgandek qatnasangiz ham, bu qorin sohasidagi ortiqcha vaznni yo‘qotishga kafolat bermaydi. Tadqiqotchilarning ma’lum qilishicha, hatto bir haftada 150 daqiqa vaqtini mashqlar bajarish bilan o‘tkazadiganlar ham kam harakat yashash tarzini saqlagan holda semirish xavfi bo‘lganlar guruhida qolishda davom etmoqda.
Shuning uchun ofis bo‘ylab yurish, yoki divanda yotib televizor ko‘rishning o‘rniga uy ishlari bilan shug‘ullanish ham qorin sohasida sezilarli o‘zgarishlar bo‘lishiga yordam berishi mumkin.
Manba: Daryo.uz

Смс Шерлар