O`Z QADRINI BILGAN AYoLLAR UChUN...

O`Z QADRINI BILGAN AYoLLAR UChUN...

O`Z QADRINI BILGAN AYoLLAR UChUN...
Deyarli hamma uy bekalari yumushlarni bajarib bo`lgach «Ax, juda charchadim!» deya to`g`ri divan tomon oshiqishadi. Lekin «Nima ish qildim o`zi?» degan savolga jo`yali javob topilmaydi. Chunki qilingan ish har doim ham ko`zga ko`rinadigan bo`lavermaydi-da! Shunday bo`lsa-da charchoqqa sabab topiladi. Quyidagi maslahatlar sizga as qotib, shaxsiy lug`atingizdan «Charchadim» degan so`zni o`chirib tashlarsiz ehtimol...

1. O`zingizni kuzating. Shunda qaysi ish sizga og`irlik qilayotganini bilib olasiz. Va shunga qarab bajarilishi kerak bo`lgan ishlar taqsimotini kunma-kun tuzib chiqasiz.

2. Shoshqaloqligingizni tan oling! Nafaqat uy yumushlarida, balki boshqa ishlarda ham shoshganingiz-shoshgan. Natijada bir ishni tugatmay, keyingisini boshlaysiz. Xotirjam o`tirib, qilingan ishlar sarhisobini qilganingizda kamchiliklar chiqib keladi. Oqibatda o`sha ishni boshidan boshlashga kirishasiz. «Charchadim» so`zi nega og`zingizdan tushmay qolganini bilgandirsiz?

3. Kundalik bajarilishi kerak bo`lgan ishlarning bir xilligidan charchaysiz. Ikki bukilib kir yuvasiz, egilib kiyimlarga dazmol bosasiz, tik oyoqda turib ovqat pishirasiz… Oqshom esa bo`g`inlaringiz zirqirab og`riyotganini sezasiz. Har bir ishni o`zingizga qulay holatda bajarish mumkin-ku! Kir yuvayotganda belingiz og`ridimi, boshqa ishga o`ting. Uni bajarguningizcha kirlar biroz ivib tursa, yanada oson yuviladi. Bitta o`q bilan ikkita quyonni nishonga olasiz!

4. Ishlarini bajarishda tetiklikni saqlash uchun yumushlarni o`zgartirib turing. Ketma-ketlikni tuzish esa o`z qo`lingizda.

5. Agar kun bo`yi bir erda o`tirib ishlagan bo`lsangiz, uyda ko`proq harakatda bo`ling. Ishda tik oyoqda yurishga to`g`ri kelgan bo`lsa, uyda o`tirib bajarsa bo`ladigan yumushlar oraliq oyog`ingizga dam bering.

6. Agar biror ishni yaxshi ko`rib bajarilsa, u ish sifatida qabul qilinmaydi. Ko`pchilik esa uy ishlarini qilishga vaqt etishmasligidan noliydi.

7. Charchadingizmi, uy tozalashni biroz vaqt chetga suring. Oshxonaga kirib, sevimli salatingiz yo biror pishiriq tayyorlang. Yuzingizga niqob, qo`l-oyog`ingizgai vanna qilsangiz ham bo`ladi. Balki sochingizga bigudi qo`yarsiz…

8. Kayfiyatingizni boshqarishni o`rganing! «Charchadim», «qo`limdan kelmaydi», «Keyinga oldirsam-chi?» kabi bahonalarga o`rin qoldirmang. «Ko`zq o`roq, qo`l botir», degan maqol shioringiz bo`lsin. Shunda ishingiz unumdorligiga o`zingiz guvoh bo`lasiz. Qolaversa, vazningizdagi ortiqcha yog`lardan ham qutulasiz. Har kim charchoqdan har xil usul bilan forig` bo`ladi. Musiqa tinglaysizmi yo o`zingiz xirgoyi qilasizmi, gimnastikaga vaqt ajaratisizmi, xullas, uy ishlarida o`zingizning «men»ingizni topsangiz ishingiz oson bitadi!
Manba: Darakchi.uz

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: