O‘zingizni yaxshi tomonga o‘zgartirishning 3 yo‘li
- Категории: Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar
- Название: O‘zingizni yaxshi tomonga o‘zgartirishning 3 yo‘li
- Дата релиза: 24-12-17, 16:11
Agar siz o‘z ustingizda ishlashni hozirdan boshlasangiz, kelajakda kuchingizni, vaqtingizni va pulingizni ancha tejaysiz.
O‘zingizga nojo‘ya harakatga yo‘l ochib beradigan imkon qoldirmang
Agar siz yurish-turishingizni haqiqatan ham o‘zgartirmoqchi bo‘lsangiz, biron bir narsani 98% ga bajarish mumkin degan fikrdan voz keching.
Izchillik g‘oyat muhim, aks holda siz o‘zingizga sabab ko‘rsatish uchun har doim kuch sarf qilishingizga to‘g‘ri keladi. O‘zgarishga o‘zingizga va’da berasiz, lekin har doim nojo‘ya harakatga yo‘l ochadigan imkon qoldirasiz. Xuddi siz buning uddasidan chiqolmasligingizga o‘zingizni oldindan ishontirgandek bo‘lasiz.
Hayotingizni butunlay o‘zgartirish uchun uning bir qismini o‘zgartiring
Hayotning bir sohasidagi ijobiy o‘zgarishlar, hatto u unchalik katta bo‘lmasa ham katta turtki beradi. Asosiysi — hayotning boshqa sohalarida ham kundan-kunga o‘zgarish uchun olingan motivatsiyadan foydalanish.
Yaxshiroq bo‘lganingiz sari yanada ko‘proq mukammallashishda davom etishni xohlaysiz. Qancha ko‘proq o‘rgansangiz, hali siz ko‘p narsalarni o‘rganishingiz kerakligini ko‘proq tushuna boshlaysiz. Bugun siz kechagidan ko‘ra yaxshiroq bo‘lganingizni anglash sizni ruhlantiradi. Endi siz ertaga nimalarga erishishingizni tasavvur qilib ko‘ring!
Hamma narsaga erisha olishingizga ishoning
Birinchi bo‘lib o‘zingizga bo‘lgan ishonchni o‘zgartiring. O‘zingizdan so‘rang:
Menda katta maqsadlar yetarlimi?
Agar men ularni 10 martaga oshirsam nima bo‘ladi?
O‘z muvaffaqiyatlarimga ishonamanmi? Yoki faqat o‘zimni ishongandek ko‘rsatamanmi?
Ko‘pchilik odamlar o‘zining hayoti oddiy bo‘lmasligiga ich-ichidan ishonmaydi. Ularning mukammal kelajagi o‘zlariga intilish mumkin bo‘lgan o‘rinli maqsad bo‘lib ko‘rinmaydi.
Lekin agar siz o‘z odatlaringizni o‘zgartirmoqchi va rivojlantirmoqchi bo‘lsangiz, yaxshiroq bo‘la olishingizga ishonishingiz kerak.
Manba: Daryo.uz

Смс Шерлар