Odam organizmi haqida 5 ta qiziq fakt
- Категории: Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar
- Название: Odam organizmi haqida 5 ta qiziq fakt
- Дата релиза: 28-11-17, 21:37
Bu maqolamizni o‘qisangiz odam organizmiga bog‘liq qiziq faktlarni bilib olasiz.
1. Yosh o‘tishi bilan oyoq kaftlari kattalashishi rostmi?
Yildan-yilga chandir va paylar kuchsizlana boshlaydi. Shu sababli oyoq kaftlari yuzasi yassilashishi mumkin, shunda oyoq kaftlari kengroq va uzunroq bo‘lib qoladi. Odatda 70-80 yoshlarga borib oyoqlar bir razmerga kattalashadi.
2. Nima uchun ayollar erkaklarga qaraganda ko‘proq sovqotadi
Ayollarda teri osti yog‘lari ko‘proq, lekin ular tananing markazida to‘plangan bo‘ladi va faqat ichki a’zolarni isitadi. Shuning uchun qo‘l-oyoqlar sovuqdan kamroq himoyalangan bo‘ladi. Qo‘llar va oyoqlar sovqotganda esa, butun organizm sovqotayotgandek tuyuladi.
3. Keksalarga xos hidning borligi rostmi
Ha, rost. Bundan tashqari yoshlar va o‘rta yoshlilar ham o‘ziga xos hidga ega. O‘tkazilgan tadqiqotlar natijalariga ko‘ra, keksa kishilar qolgan ikki guruhdagilarga qaraganda biroz kuchsizroq va ancha yoqimliroq hid chiqarar ekan.
4. Nima uchun to‘lib ketgan ichaklar tufayli emas, balki to‘lib ketgan siydik pufagi tufayli uyg‘onib ketish mumkin?
Ichaklardagi neyronlar hazm bo‘lgan chiqindilarni chiqarib yuboruvchi yo‘g‘on ichakning qisqarishini nazorat qiladi. Neyronlarning ishi esa sirkadli maromlar — organizmning ichki soatlari orqali nazorat qilinadi.
Siydik pufagi aniq bergilangan miqdordagi suyuqlikni sig‘dira olishi mumkin, u esa buyraklar tomonidan har doim ishlab chiqiladi.
5. Barmoq izlari bizga nima uchun kerak
Ilgari ular narsalarni ushlashga yordam beradi deb hisoblanar edi. Lekin Manchester universiteti olimlarining ta’kidlashicha, barmoqlardagi burushiqlar silliq buyumlarni ushlashga bizga faqat xalal berar ekan. Ular bu burushiqlar barmoqlar terisini shikastlanishdan himoya qiladi deb taxmin qilmoqda.
Manba: Daryo.uz

Смс Шерлар