Главная » Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar » Oddiy va buyuk inson o‘rtasidagi farq nimada?
Oddiy va buyuk inson o‘rtasidagi farq nimada?

Oddiy va buyuk inson o‘rtasidagi farq nimada?

Oddiy va buyuk inson o‘rtasidagi farq nimada?
Ilon Mask, Charlz Manger, Uorren Baffet va boshqa ko‘plab muvaffaqiyatlarga erishgan insonlar voqelikni boshqacha qabul qilishadi. Agar ularga o‘xshashni xohlasangiz, o‘zingiz uchun mental modellar tuzishingiz va hayotga tadbiq etishingiz kerak.

Mental modeli nima o‘zi? Lotinchada “mens” so‘zi aql, idrok, ong ma’nolarini bildiradi. Demak, mental modelini boshqacha qilib fikrlash modeli desak ham bo‘ladi. Fikrlash modeli voqelikning ma’lum bir jihati haqidagi tasavvurlar yig‘indisi bo‘lib, inson ongida beixtiyor yaratiladi. Masalan, har bir inson atrofdagi olam, iqtisod, siyosat, sodir bo‘layotgan voqealar, insonlar va boshqa narsalar haqida o‘ziga xos tasavvurlarga va xulosalarga ega.

Insonning fikrlash modeli qanchalik samarador bo‘lsa, uning harakatlari ham shunchalik samarali bo‘ladi, voqealarni to‘g‘ri tahlil qilishi, oldindan ko‘ra bilishi va yangi g‘oyalar yaratishi oson bo‘ladi. Aks holda esa, inson ko‘pincha xatolarga yo‘l qo‘yadi. Oddiy odamlarda fikrlash modellari beixtiyor hosil bo‘lishini aytib o‘tdik. O‘ziga xos fikrlovchi insonlar esa fikrlash modellarini o‘zlari yaratadilar va hayotga faol tadbiq etadilar. Buning ustiga, ular hayotning har xil sohalariga tegishli eng samarali modellarni yig‘ib, amalda sinab ko‘radilar.

Ko‘pchilik hayotiy bilimlarni gorizontal tekislikda sohalarga ajratilgan holda tasavvur qilsa, Ilon Mask va boshqalar shu bilimlarni vertikal va chuqurlashuvchi ko‘rinishda tasavvur qilishadi.

“Bilimlarni bir daraxt deb tasavvur qilish kerak. Avvalo fundamental bilimlar, ya’ni “daraxt tanasi” va “shoxlari” haqida yetarli darajada tushunchaga ega ekanligingizga ishonch hosil qilib, keyin “barglar”ni o‘rgansangiz bo‘ladi, aks holda “barglar” to‘kilib ketadi.”

Ilon Mask

Fikrlash modellarini o‘rganish sizga dastlab tarqoq va bir-biriga bog‘liq bo‘lmagandek bo‘lib tuyulgan g‘oyalarni birlashtirishga yordam beradi.

Amalda qanday qo‘llaymiz?

Eng samarali va hammabop modellardan biri Pareto qonuni yoki 20/80 prinsipidir. Bu prinsipga ko‘ra, 20% harakat 80% natijani keltirib chiqaradi. Uni shaxsiy hayotda va ishda qo‘llash mumkin.

Har kuni ertalab o‘zingizga savol bering: “Rejalashtirgan ishlarimdan qaysi biri bugun 80% natija beradi?”
O‘qish uchun kitob tanlayotganingizda o‘ylang: “Shuncha kitoblar ichida qaysi biri mening hayotimga o‘zgartirish kirita oladi?”
Kim bilan vaqt o‘tkazishni rejalashtirayotganingizda o‘ylang: “Atrofimdagi insonlardan qaysilari hayotimga baxt, ma’no va uyg‘unlik olib keladi?”
Ana shu qoidalarga doim rioya qilsangiz, siz uchun muhim va birinchi o‘rinda turuvchi narsalarni ajratib olishga o‘rganasiz.

Shuni esda tutish kerakki, o‘ziga xos samarali fikrlash uslubiga ega bo‘lish uchun tinmay o‘rganish va bilim olish kerak, yangi fikrlash modellarini tuzib, ularni bir-biriga bog‘lashga harakat qilish kerak.
Manba: Daryo.uz

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: