Главная » Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar » “Odnoklassniki.ru” qancha pul topadi?
“Odnoklassniki.ru” qancha pul topadi?

“Odnoklassniki.ru” qancha pul topadi?

“Odnoklassniki.ru” qancha pul topadi?
Odnoklassniki.ru ijtimoiy tarmog’ining prezidenti Nikita Shermanning so’zlariga ko’ra, kompaniyaning 50% foydasi, saytda joylashgan reklamalar orqali, qolgan 50% i esa tarmoqdagi pullik xizmatlardan tushar ekan. Lekin kompaniyaning daromadi haqida hech narsa deyilgani yo’q. Ijtimoiy tarmoqni yaratuvchisi Albert Popovning so’zlariga ko’ra ushbu tarmoq 2008-yildan boshlab o’zining ilk pullarini topa boshlagan. Ya’ni flesh reklamalardan 3 mln dollar va boshqa turdagi reklamalardan 300 ming dollar foyda ko’rgan.

2008-yilda Nikita Sherman "Odnoklassniki” ning umumiy foydasi haqida gap ham ochmadi va bironta ham raqam keltirgani yo’q. "Odnoklassniki” da pullik xizmatlar ham mavjud: ko’rinmas status, rasmni baholash… Lekin ushbu xizmatlardan hamma foydalanuvchilar ham foydalanmaydi. 2008-yil oxiriga kelib bunday xizmatlarning turli xillari o’ylab topildi. Ko’pchilik tanqidchilar buni qoralab chiqqanidan so’ng, ushbu ijtimoiy tarmoqdan ro’yxatdan o’tish bepul qilib qo’yildi. Lekin xizmatlarga deyarli hech qanday o’zgartirishlar kiritilmadi. Buni qarangki, ushbu ishdan so’ng odnoklassniki.ru saytidagi foydalanuvchilar 2 barobargacha ko’payib ketgan. 2012-yildagi statistika ma’lumotlariga ko’ra tarmoqda 148 mln foydalanuvchi bor ekan. Vaholangki, Rossiyaning aholisi 142 mln nafardir!

Endi o’zimiz odam soniga qarab, odnoklassniki.ru saytining 1 kunlik foydasini chiqarishga harakat qilib ko’rsak. Tasavvur qilamiz, sizning o’zingiz yaratgan saytingiz bor. "Google adsense” reklama xizmatidan siz o’z yaratgan saytingizga 240x400 o’lchamli bannerni joylashtirsangiz, har 1000 ko’rsatishlar uchun sizga ushbu kompaniya kamida 0.2 yevro pul to’laydi. Odnoklassniki.ru ga kuniga kamida 30 mln foydalanuvchi kiradi.

O’zingizdan kelib chiqib qarang. Siz odnoklassnikidagi o’z akkauntingizga kirdingiz.

1. Sizga kelgan xabarni (gap 1ta xabar xaqida) o’qidingiz;

2. "Mehmon” larni ko’rdingiz;

3. Do’stingizga javob yozdingiz.

Siz shu jarayonda 3 ta "ko’rinish” ni amalga oshirdingiz. Agar yana 997 ta ko’rinish qilsangiz, bu bilan odnoklassniki.ru ga 0.2 yevro pul ishlab bergan bo’lasiz. Endi o’ylang: kuniga 30 mln odam kirib, har biri 10 ta ko’rinish qilsa, bu 300 mln ko’rinish. Bu uchun esa Google 60 ming yevro pul to’laydi. Albatta odnoklasnikida "Google adsense” dan qo’yilgan reklamalar yo’q. Reklamani turli hildagi firmalar joylaydi va Googledan ham ko’proq pul to’lashi mumkin. Bu misolni sizda tasavvur uyg’otish uchun qildik . Bu foyda faqatgina reklamalardan olingani holos. Tarmoqda pullik xizmatdan foydalanuvchilar ham kam emas .

Anchagina sudlarda yengib chiqqan odnoklassniki har yili turli hil o’zgarishlar o’ylab topishmoqda. Bu turdagi biznes kimga ham yoqmaydi deysiz. Nima bo’lganda ham hammaning ishiga rivov bersin!

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: