Главная » Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar » ​Oftobda to`g`ri qorayishni bilasizmi?
​Oftobda to`g`ri qorayishni bilasizmi?

​Oftobda to`g`ri qorayishni bilasizmi?

​Oftobda to`g`ri qorayishni bilasizmi?
«Yoz quyoshida mazza qilib qorayib olish kerak, yoz oftobi foydali», deyishadi. Quyoshli kunlarda hamma dala-hovli yoki dam olish maskanlariga shoshiladi. Sovuq qish, injiq bahor havosidan so`ng quyoshli kunlar kishiga o`zgacha lazzat bag`ishlaydi. Ammo shu bilan birga, teringizni ultrabinafsha nurlari zararlaridan asrashni ham unutmang.

Teri qanday qorayadi?

1. Quyosh nurlari terini engil qizartiradi. Bu odatiy holat hisoblanib, terining oftob nuriga nisbatan ta`sirchanligi belgisidir. Ammo teri qattiq qizarsa, harorati ko`tarilsa, o`zingizni yomon his qila boshlasangiz, bu quyosh nurlari ostida keragidan ko`p qolganingizdan nishona.

2. Quyosh nurlari ostida bir necha soat qolganingizdan keyin teri faol ravishda melanin pigmenti ishlab chiqara boshlaydi. Bu terini muhofaza qiluvchi mexanizmi bo`lib, melanin terini qoraytirib, quyosh nurlarining bir qismini o`ziga singdiradi. Shuningdek, oftob nurlari ostida teri o`z namligini yo`qotib, quruqlasha boshlaydi. Bu holatda terini faol ravishda namlantirib turish muhim.

3. 48 soatdan keyin terida qoraya boshlaydi. Ehtiyotkor bo`ling: terining ochiq qismlarida achishtiruvchi toshmalar paydo bo`lsa, antigistamin dori vositalari qabul qilish darkor. Chunki bu oftob nurlariga nisbatan allergiya bo`lishi ham mumkin. Agar bu quyosh nurlariga allergiya bo`lsa, oftobda toblanmagan ma`qul. Shuningdek, teriga maxsus SPF faktorli quyosh nurlaridan himoyalovchi kremlar surtib yurish kerak.

4. Quyoshda toblana boshlaganingizning 7-kuni «zagar» eng faol nuqtasiga borib etadi. Teri bronza rangiga kirish bilan birga ustki qatlami qalinlasha boshlaydi. Bu — terining ultrabinafsha nurlariga qarshi himoya reaksiyasi.

5. Quyosh vannalari qabul qilganda organizm maxsus fermentlar ishlab chiqara boshlaydi. Chunki oftob nurlari ostida to`qimalarni shikastlash natijasida terining tez qarashiga olib keluvchi radikallar paydo bo`ladi.

6. Ammo oftob nurlari ko`payib ketsa, organizm quyosh nuridan shikastlangan to`qimalarni tiklab ulgurmay, teri so`liydi. Eng avvalo ortiqcha quyosh nurlaridan immunitet oqsay boshlaydi. Shuningdek, teri saratoni — melanoma yuzaga kelish xavfi ham ortadi.

Qorayish va nasliyat

Birinchi o`rinda qora ko`z va qora sochlilar oftobda tez qorayadi. Ularning terisi oqarishi uchun ham ko`proq vaqt talab qilinadi.
Oftobda qorayish bo`yicha ikkinchi o`rinda ko`k, yashil, kulrang ko`zli, och jigarrang sochli, oppoq badan sohib va sohibalari turadi. Odatda ularning badanlari engil qorayib, asal rangga kiradi.
Olovrang soch sohibalari esa quyoshda toblanmaganlari ma`qulroq: chunki ularning terisi faqat qizaradi. Ularning terisi o`ziga xos «sariq», «jigarrang» pigment — melanin ishlab chiqaradi. Bu melanin turi esa terini deyarli muhofaza qilmaydi.
Afsonalar

«Oppoq teri nosog`lomlik belgisi, quyoshda qoraygan kishilar esa sog`lom bo`lishadi».
Har doim ham emas. Yil davomida qorayib yurish esa (masalan, solyariy yordamida) teri uchun zararli. Teri qalinlashib, cho`ziluvchanligini yo`qotadi, quruqlashib ketadi. Quyosh nuri ostida ko`p bo`lish immunitetni tushirib, organizmning gormonal holatida o`zgarish ro`y berishiga ham olib keladi. Shuningdek, quyosh tig`ida ko`p bo`lgan ayollarda homilador bo`lish xususiyati kamayib borishi ilmiy tasdiqlangan.

Oftobda haftada 2-3 marta 15 daqiqadan toblanish organizm uchun foydali bo`lib, tananing D vitamini bilan to`yinishi, kayfiyat ko`tarilishi va immunitet mustahkamlanishi uchun kifoya.

Tana quyosh nurlari ostida bir xilda toblanishi uchun…

Tanangizga atir yoki boshqa tarkibida spirti bor kosmetik vositalar sepmang.
cho`milib bo`lgach, terini sochiq bilan artib, quriting.
oftobda soat kunduzgi 11:00 gacha va kechki 16:00 dan so`ng toblanish lozim. Quyosh tikkaga kelgan vaqtda uning nurlari juda o`tkir bo`lgani sababli, bu vaqt oralig`ida quyoshda toblanish tavsiya qilinmaydi.
Tanangizning quyoshda bir xilda toblanishini istasangiz, har kuni sabzi sharbati, tarvuz, shaftoli, qovun iste`mol qiling. Bu mahsulotlar tarkibida terining quyosh nurlariga ta`sirchanligini o`zgartiruvchi moddalar bor.
Taomnomangizga pomidor sharbati ham qo`shing. Pomidor sharbati tananing melanin ishlab chiqarilishiga yaxshi ta`sir ko`rsatadi va bu oftobda tezroq qorayishga yordam beradi.
• Kunduzi yoki oftobda toblanishga chiqqaningizda teriga yog`lantiruvchi kremlar surtmang. Aks holda teri kuyishi va dog`lar paydo bo`lishi mumkin.
Manba: Darakchi.uz

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: