Главная » Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar » Oldingi Er Hotindagi Rohatli Ehtiros Qayerda Qoldi ?
Oldingi Er Hotindagi Rohatli Ehtiros Qayerda Qoldi ?

Oldingi Er Hotindagi Rohatli Ehtiros Qayerda Qoldi ?

Oldingi Er Hotindagi Rohatli Ehtiros Qayerda Qoldi ?

Er-xotin munosabatlarining ilk
davrida barchani ehtiros o'ziga
qamrab oladi. Ba'zida aynan shu
ehtirosni hatto sevgi deb
o'ylaydiganlar ham kam emas.
Ehtiros qanday bo'lmasin u bizga
yoqimlidir. Uni his etib yashashni
barchamiz xohlaymiz. Lekin
turmushda oila yumushlari
ko'payib aynan shu ehtiros
kamayib borishni boshlaydi...
Endi tunlari bilan bir-biriga to'ya
olmaslikni o'rniga er-xotin tunda
yaxshiab uxlab olish niyatida
yuradilar. Yoki yonida bo'la turib
bir-birini so'gingan er-xotin
orasida endi yiroqlik ham ba'zida
sog'inch tuyg'usini uyg'ota
olmaydi. To'ydan so'ng ilk oylarda
ishdan charchab kelishiga
qaramay er xotini bilan yolg'iz
qolishni qumsab turgan bo'lsa,
hozir tezroq ovqatlanib televizorni
oldiga shoshadi. Bunday misollar
juda ko'p hammani oilasida har xil
namoyon bo'ladi. Asosiysi, natija
bitta - ehtiros so'nib bormoqda.
Oilada o'zi ehtiros kerakmi?
Ba'zilar o'ylaydi, "aynan shu
ehtiros tufayli ba'zi turmushlar
buzulib ketadi", "ehtirosli
munosabatlar tufayli oilada janjal
ko'p bo'ladi", deb. Xiyonatning
asosiy sabablaridan biri deb ham
ehtiros tan olingan.
Undan ko'ra tinch osoyishta
munosabatlar yaxshi emasmi?
Bunda shu munosabatlarning
takomillashishida hissiyotlar emas,
balki aql va tafakkur rol o'ynaydi.
"Bunday munosabatlar albatta
ehtirosli munosabatlarga nisbatan
kuchliroq va yetukroq bo'ladi",
deydilar.
Shunga qaramay aynan tinch va
osoyishta munosabatlardan erkak
ham ayol ham zerikadilar. Bu
haqda gapirilmasa ham, erkak
ham ayol ham rejali qadamba-
qadam qilinadigan harakatlardan
ko'ra, ehtiros va sog'inchga boy
munosabatlarni istaydi.
Misol uchun jinsiy aloqani olaylik.
Ikki soatga cho'zdirilgan aql bilan
o'tkazilgan sifatli bo'lishi uchun
yaxhsilab tayyorgarlik ko'rilgan
jinsiy aloqa yoqimlimi yoki 10
daqiqa davom etgan sog'inch
tufayli birdaniga kutilmaganda
ro'y bergan jinsiy aloqa
yoqimlimi? Albatta ikkinchisi,
chunki u hissiyotli aloqadir.
Birinchi misol esa bu turmushning
bir talablarini amalga oshirish yo'li,
xolos. "Er-xotinmi, demak ular
aloqa qilishi kerak", degan fikr
bilan qilinadigan jinsiy aloqalar
soni tobora ko'payib boraveradi.
Yillar o'tib shunday
rejalashtiriladigan aql bilan
qilinadigan munosabatlardan
zerikkan erkak hayotida birdan
boshqa ayol ehtirosli tuyg'ularni
yuzaga chiqishiga sababchi bo'lib
qolsa, hamma ajablanadi. Hatto
o'sha erkak ham, "nahot sevib
qoldim", deb ehtiroslariga belanib
ketadi. Oilasida bo'la turib xayoli u
ayolda, unga talpinadi, u bilan
birga bo'lish niyatida yashaydi.
Aslida shu erkak u ayolni emas,
balki o'sha ayol bilan kechayotgan
ehtiroslarini sog'inadi, xolos.
Yoki ayolni oladigan bo'lsak, uyda
bola-chaqa bilan kunini o'tkazib
yuradi. Bir necha yildan so'ng
ishga chiqib qarasa, yosh
turmushga chiqmagan yoki endi
kelin bo'lgan qizlarda ajoyib
ehtirosga boy voqealar to'lib
ketgan. Unda esa eri bilan birga
televizor ko'rib o'tirishdan boshqa
biron ehtirosli munosabat
qolmagan ekanligidan hafa
bo'ladi. O'zbek ayollari shundayki,
shu deb muammo qilmaydilar,
"erim yaxshiku, bollarim tinchku",
deb o'zini yupatib yashayveradilar.
Keyin esa 10 yillar o'tgach
arzimagan narsa deb eriga qattiq
g'azablanishi sababi nima
ekanligini eri ham o'zi ham
tushunmay qoladi...
Bu tabiiy holat. Erkak bo'lsin ayol
bo'lsin qanday xarakterga ega
bo'lishidan qat'iy nazar ehtirosni
hoxlaydi, shu tuyg'uni yo'qotib
qo'ysa, yuragini tubida uni
qumsayveradi.
Chunki erkak va ayol necha yil
birga yashamasin ular orasidagi
munosabatlarda ehtiros bo'lishi
shart. Hatto yoshi 50 dan oshgan
er-xotinlar orasida ham shu tuyg'u
bo'lishi mumkin. Lekin qaerda u?
Turmush yumushlarini orasida
unga o'rin bormikin? U siz ham
tinch yashasa bo'lmasmikin...
Albatta bo'ladi. Tasavvur qiling, siz
ertalabki nonushtaga issiq yopgan
non yeysiz yoki qotgan qora non
yeysiz. U holda ham bu holda ham
qorningiz to'yadi, hayotingiz
davom etaveradi. Lekin bu ikki xil
hayot. Biri lazzatliroqligi aniq.
Xuddi shunday sizning
turmushingiz ham. Ehtirossiz ham
birga bir yostiqqa bosh qo'yib
butun umrni kechirish mumkin.
Lekin shu umrni shiraliroq qilish
imkoniyati sizda bo'lsa, undan
foydalanish yaxshi emasmi?
Turmushda ehtirosni yo'qotmaslik
uchun biron aniq yo'l yoki
maslahat mavjud emas. Chunki
hamma oila har xil bo'ladi. Biri
uchun tunda go'zal ichki kiyim
kiyish munosabatlarga ehtiros
kiritsa, biri uchun bu bilinmas
holatdir. Yoki bir oilada ehtiros
paydo bo'lishi uchun er-xotin
urushib qolishi kerak bo'lsa,
ikkinchi oila uchun sog'inch
ehtirosni uyg'otishga sabab
bo'ladi. Ba'zi oilalarda shirin ovqat
yoki oddiy erkalash ehtirosga
munosabatlarni boyitsa, boshqa
oilaga buning o'n barobari ham
yetarli bo'lmasligi mumkin.
Shunday ekan har bir ayol o'z
oilasida ehtirosni vujudga
keltiruvchi omilni topa olib uni
qo'zg'atishni bilishi lozim. Bu
ayolning qo'lida. Agar erkak
bo'ynida ko'chani ishi bo'lsa
(bozor, pul topish va hokazo)
ayolning bo'ynida uydagi holatdir,
xususan er-xotin orasidagi
munosabatlar ham. Ularning
qanday bo'lishi avallo ayolga
bog'liq.
Yoshi ulg'ayganda uyning ikki
chekka xonasida o'tirib bir-biriga
alami to'lib gaplashmay yurgan er-
xotindan ko'ra, shu yoshda ham
shiringina hazillar bilan bir-birini
xushnud qiladigan er-xotin bo'lish
uchun ehtiros haqida unutmaslik
kerak.
Ehtiros ham jismoniy ham ruhiy
munosabatlarda muhimdir. "Sizni
so'gindim", "Sizni sevaman", "Siz
mening hayotimsiz", "Siz mening
borlig'imsiz" kabi oddiy iboralar
er-xotin orasida yo'q bo'lib ketishi
aynan ehtirosning yo'qolganidan
dalolat beradi. Balki jinsiy
munosabatlarda yoshligingiz
tufayli hali ehtiros qolgandur, lekin
bir necha yil o'tib u ham tabiiy
ravishda so'na boshlaydi. Shunga
doim, butun umr davomida
ehtirosni qo'zg'atib turish haqida
unutmaslik kerak.
Har kunimiz
ehtirosli
o'tmasligi aniq,
lekin ba'zida
uning paydo
bo'lib
munosabatlarga
bir olov qo'shib
turishi juda
muhim!
Shunda erkakni boshqa
munosabatlar, ayolni esa boshqa
munosabatlarga bo'lgan hasad
kabi tuyg'ular qamrab o'lmaydi. Er-
xotin esa biri-biridan va o'z
tumrushidan zavqlanib yashaydi.


Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: