Главная » Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar » Olimlar: uzoq umr ko‘rish – bu paradoks
Olimlar: uzoq umr ko‘rish – bu paradoks

Olimlar: uzoq umr ko‘rish – bu paradoks

Olimlar: uzoq umr ko‘rish – bu paradoks
Amerikalik tadqiqotchilar uzoq umr ko‘rishning paradoks ekanligi aniqlanganidan hayratda qolganini tan oldi – ma’lum bo‘lishicha, 100 yoshgacha umr ko‘rgan odamlar nosog‘lom odatlarga moyillik ko‘rsatgan.

Ularning ko‘pchiligi chekuvchilar, qahvani va spirtli ichimliklarni xush ko‘ruvchilar, shuningdek to‘ladan kelgan odamlar ekanligi kuzatildi. Lekin shunga qaramasdan bu odamlarning miyasi uzoq vaqt yoshligicha qolgan.

Tibbiy portalning ma’lum qilishicha, olimlar “eng uzoq umr ko‘ruvchilar” orasidan 80 yoshdan 100 yoshgacha bo‘lgan 10 kishini tanlab oldi va ularni 24 oy davomida kuzatib bordi. Bundan tashqari, bu qatnashchilarning bosh miyasi ham tahlil qilib borildi.

Tadqiqotlar jarayonida gerontologlarni qattiq hayratga solgan kashfiyotlar qilindi. Qatnashchilarning miyasida demensiyani keltirib chiqaruvchi tau-oqsillar tuguni borligi aniqlangan, lekin ularda aqli zaiflikning aniq alomatlari kuzatilmagan va ular o‘z yoshiga hayratlanarli darajada mos bo‘lmagan ijtimoiy faol kishilar bo‘lgan.

Yana boshqa kutilmagan holat shundan iboratki, ko‘pchilik qatnashchilar sog‘lom yashash tarziga rioya qilishga urinmagan.

Tadqiqotchilar odamning aqlini yo‘qotmasdan uzoq umr ko‘rishi yashash sharoitiga va dunyoqarashiga bog‘liq deb hisoblaydi. Ma’lum bo‘lishicha, “eng uzoq umr ko‘ruvchilar” boshqa tengdoshlariga qaraganda hayotga ijobiyroq munosabatda bo‘lgan.

Bundan tashqari ular har doim o‘z yaqinlariga g‘amxo‘rlik qilgan va ijtimoiy jihatdan juda faol bo‘lgan – mamnuniyat bilan va juda ko‘p ishlagan, jamoat ishlarida qatnashgan. Olimlarning aytishicha, ularning kuzatuvida bo‘lgan kishilarning har birini “yorqin shaxs” deb atash mumkin.

Kaliforniya universiteti professori Klaudia Kavas bu tadqiqotda olingan ma’lumotlarni izohlar ekan shunday dedi:

“Bu odamlar bizni juda ruhlantirdi – ular vino, qahva ichadi, vazn yig‘adi, lekin ular jismonan faol va miyasini to‘la-to‘kis ishga soladi. Ularning ko‘pchiligi gamburger va qovurilgan kartoshkani juda yaxshi ko‘radi, ularni birlashtiruvchi birdan-bir narsa – bu bir sutkada 8 soat davom etadigan uyqu. Balki uzoq umr ko‘rishning siri shundadir”.
Manba: Daryo.uz

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: