Olma qanday kasalliklarga davo?
- Категории: Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar
- Название: Olma qanday kasalliklarga davo?
- Дата релиза: 05-03-18, 13:32
Xalq tabobatidan ma'lum bo'lishicha, olmaning muvaffaqiyati shundaki, u temir moddasiga boy. Shuning uchun olma kamqonlik va aynan temir moddasi yetishmovchiligidan paydo bo'lgan kamqonlikka shifo bo'ladi. Olmali shirinliklar esa plevrit, zotiljam va podagra (modda almashinuvining buzilishi tufayli yuz beradigan, bo'g'inlarni, barmoqlarni qizishganday zirqiratib og'ritadigan kasallik)ga shifo bo'ladi.
Hozirgi zamon tibbiyotidagi kabi xalq tabobatida ham salomatlikni bir maromda ushlash uchun olma yeb turishni maslahat beradi. Olma barchaga barobar foyda beradigan va barchaga birday yoqadigan mevadir.
QANDAY KASALLIKLARGA DAVO?
Olma nafaqat tanni salomat qiladi, balki qomatning ham go'zal bo'lishiga sabab bo'ladi. Organizmdagi ortiqcha yog' va xolesterindan zudlik bilan xalos bo'lmoqchimisiz? Ko'proq olma yeng va imkon darajada tez-tez yangi tayyorlangan olma sharbatidan iching.
Olma sharbati xotirani yaxshilaydi, uyquni me'yorga keltiradi. Olmalar tabiiy shifobaxsh ne'mat ekanligi tufayli saratonga ham davo bo'ladi. U yo'g'on ichak va oshqozon osti bezidagi saratonning rivojlanishini to'xtatadi. Jigar atrofi va ko'krak bezidagi yomon shishlarning rivojlanishiga to'sqinlik qiladi.
Kuniga ikki dona olma yeyish yoki 2 stakan olma sharbatini ichish orqali qondagi xolesterin miqdorini pasaytirishga erishasiz. Bundan tashqari, kuniga 2 dona olma yeyishning o'zi qondagi qand miqdorini 28 foizga kamaytiradi.
AO'LLARGA FOYDA
Bunday qoqilar ayol kishi qonidagi xolesterinni 23 foizga tozalaydi. Bu esa ayollarga qo'shimcha 250 kaloriya quvvat beradi. Undagi pektin to'yimlilikni oshiradi, ammo semirtirmaydi. Olmadagi temir, kaliy, kalsiy va foydali qand moddasi uning shifobaxshlik qudratini oshiradi. Ayniqsa, olmali pishiriqlar qondagi gemoglobin va temir moddasini ko'paytiradi. Shuning uchun uni gepatitning barcha turiga qarshi iste'mol qilish tavsiya etiladi.
Bundan tashqari, xoletsistit va disbakteriozga qarshi ham olma qoqisini yeyish buyuriladi. Qoqining yana bir xususiyati shundaki, u oshqozon va ichak faoliyatini kuchaytiradi. Ayniqsa, jarrohlik stolidan turgan, narkoz endigina tarqab, o'ziga kela boshlagan bemorga olma qoqisidan tayyorlangan kompot berib turish juda foydali. U organizmda saqlanib qolgan barcha ortiqcha illatlarni haydab chiqaradi, ichak va oshqozonni tozalaydi.
OLMA YaNA NIMASI BILAN
ShIFOBAXSh?
Biz bilgan mevalar ichida inson salomatligi uchun olmaga teng keladigani bo'lmasa kerak. U hatto yurak-qon tomirlari va mushaklar sistemasiga ham juda foydali. Olma qondagi xolesterinni kamaytiradi. Uning tozalovchiligi sababli ichaklardagi toksin, infeksiya, shlak va zaharli moddalar ham inson tanasidan haydab chiqariladi. Bu esa saraton bilan kasallanishning oldini bir necha marta kuchliroq oladi. Oshqozondagi gastrit va yarani davolashda ham olmaning foydasi juda katta.
PARHEZBOP MEVA
Olma juda parhezbop mevaligi bois organizmdagi modda almashinuviga jiddiy ta'sir etadi. Shuning uchun ham bir necha ozdiruvchi hamda tozalovchi sanatoriylarda, asosan, olma va undan tayyorlangan mahsulotlar ko'p. Aynan o'sha yerlarda uy sharoitidagi kabi olma parhezidan foydalaniladi.
OLMALI NIQOBLAR YuZINGIZNI O'ShARTIRADI
Uy sharoitidagi kosmetologiya — bu olmaning yana bir sferik qatlamidir. Olmali niqoblar barcha turdagi yuzlarga foyda beradi. Ayniqsa, u ajin va dog'larga to'la bo'lsa, olmali niqob sizni ulardan xalos etadi. Buning uchun olmali niqobni yuzingizga surting va 10-15 daqiqadan so'ng iliq suvda yuvib tashlang. Teringiz anchagina yosharadi.
* 100 g olmani qirg'ichdan o'tkazib olib, unga sariyog' yoki g'oz yog'idan 1:1 nisbatda qo'shsangiz, ajoyib niqob tayyor bo'ladi. Uni yuzingizga surtgach, 20 daqiqa ushlaysiz va iliq suvda chayasiz.
Olmada askorbin kislotasi, ya'ni S vitamini ko'pligi bois odam terisini tashqi infeksiyadan saqlaydi va ishtahani ochadi.
OLMA ShARBATI VA OLMALI PARHEZ
Surunkali revmatizm va podagra (modda almashinuvining buzilishi tufayli yuz beradigan, bo'g'inlarni, barmoqlarni qizishganday zirqiratib og'ritadigan kasallik)ga shifo bo'ladi. Parhezda olma sharbati, damlamasi va kompoti eng foydali va qulay mahsulotdir. Ular avitaminoz, kamqonlik va peshob haydashga yordam beradi. Olmada fitonsid antibiotigi mavjudligi sabab uning faolligi yanada oshadi, ya'ni u dizenteriya, oshqozon buzilishi, gripp va gastritga davo bo'ladi.
Sho'r va nordon olmalar ishtahani ochish, toksikoz vaqtida ko'ngil aynishini bosish, oshqozonda taomning hazm bo'lishini osonlashtirishga yordam beradi. Hatto tomoq og'riganda ham olmali damlamani issiqligida ichsangiz, undan xalos bo'lasiz. Buning uchun 1 choy qoshiq quritilgan olma po'chog'ini stakanga solib, ustidan qaynoq suv to'ldirib qo'ysangiz kifoya. Bunday damlamani kuniga 3-4 mahal ovqatlanishdan oldin tayyorlab ichsangiz, koni foyda.
BOLALAR UChUN SALOMATLIK MANBAI
Olma bolalar uchun sevimli meva. U bolalarning tishlariga sog'lomlik baxsh etadi. Bolamning tishlari sog'lom bo'lsin, desangiz, unga kuniga bir dona olma yedirishni kanda qilmang. Olma nafaqat tishini tozalaydi, balki diareyadan ham xalos etadi.
Odatda, olma sabzi bilan juda yaxshi kelishadi. Shuni hisobga olib, bolangizga ularni maydalab to'g'rab, ustiga tvorog aralashtirib yediring. Bu bolangizning aqlini o'stiradi, oshqozon va ichak faoliyatini yaxshilaydi.
Olma po'chog'ida antioksidant kversetin saqlanadi. Bu esa organizmda saratonning shakllanishini rad etadi. Ko'p bolalar olmani po'chog'isiz yeyishni yaxshi ko'rishadi. Siz ularni, aslida, po'chog'i bilan yeyish foydaliroq ekanligiga ishontira biling.
Abu Ali ibn Sino o'z tekshiruvlari natijasida shuni anglaganki, har qanday sharoitda ham kishi kuniga bir dona olma iste'mol qilsa, uning tanasi ortiqcha kasallikdan saqlanarkan va inson hech bo'lmaganda o'z umriga kamida 3 yil qo'sha olarkan.
Manba: Hordiq.uz

Смс Шерлар