Olma yurak va miya ozuqasi
- Категории: Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar
- Название: Olma yurak va miya ozuqasi
- Дата релиза: 12-09-18, 23:50
Tabiat ne'matlarida barcha kasalliklarning davosi mujassam. Ular orasida eng keng tarqalgani va e'tibor qozongani — olma. Rivoyatlarga ko'ra, bu «janobi oliylari» Yer yuzida inson nasli paydo bo'lishiga sababchi bo'lgan ekan!
Manbalarda aytilishicha, olmaning asl vatani Markaziy Osiyo bo'lib, dunyoda yetti mingga yaqin turi mavjud. O'zbekiston hududida esa yuzdan ortiq olma navlari o'stiriladi.
Olmada S, V1, V2, R, Ye, A vitaminlari, kaliy, marganes va temir moddalari ko'p miqdorda mavjud. S va V vitaminlari barcha a'zolarda modda almashinuvini yaxshilaydi. R va Ye darmondorilari organizmni yoshartirib, teri va to'qimalar holatini tiklaydi. Kaliy moddasi arterial qon bosimini me'yorlashtirishi, tish emali va suyak to'qimalarini mustahkamlashi tadqiqotlarda ko'p bora o'z isbotini topgan. Olma tarkibidagi pektin esa organizmdan ortiqcha xolesterinni chiqarib yuborishga ko'maklashadi, shuningdek, qandli diabet kasalligidan uzoqlashtiradi. Bu modda yana yuz terisining tarang va tiniq bo'lishini ta'minlaydi.
Bundan tashqari, miyadagi zo'riqishlar, kayfiyatni xira qilib turadigan o'y-xayollarni unutishda ham olmaning yordamiga tayanish mumkin. Buning uchun yotoqxonadagi deraza tokchasiga xushbo'y hidli olmadan 1-2 tasini terib qo'yish, kifoya.
Olmaning 80 foizi suvdan, qolgan 20 foizi foydali vitaminlardan tashkil topgan. 100 g yangi uzilgan olmada bor-yo'g'i 47 kilokaloriya mavjud. Unda yog'lar deyarli yo'q. Biroq tarkibi uglevodlarga boy bo'lgani uchun to'yimlilik darajasi yuqori. Shu sababdan ozishni istaganlar uchun yaxshi oziq bo'la oladi.
ShIFOBAXShLIGI
Olmada chirish-bijg'ish jarayonini sekinlashtiruvchi, ichakdagi meteorizmni faollashtiruvchi moddalar ko'p, shu sababli bu meva tanani zararli moddalardan tozalab, qorin dam bo'lishidan xalos qiladi. Oshqozon-ichak xastaliklarida, yo'g'on ichak yallig'lanishida va dizenteriyada olma yordamga keladi. Bundan tashqari, ozish niyatida bo'lganlarga 1 haftaga mo'ljallangan olmali parhez yaxshi yordam beradi. Bunda 7 kun davomida olmadan tayyorlangan salatlar, kompot va sharbatlar, gaz pechida dimlangan hamda bug'da pishirilgan olmali taomlar iste'mol qilinadi.
Olma tarkibidagi dubil moddalar tanada peshob kislotasi to'planishiga qarshilik qiladi. Shuning uchun podagra kasalligida ham olmali parhez yaxshi naf beradi. Bundan tashqari, buyrak-toshi va o't toshi kasalliklaridan saqlaydi, olmali parhez peshob va o't ajralishini faollashtiradi.
Olma qabziyatning oldini oladi. Buning uchun ertalab och qoringa 1-2 dona olma yeyish talab etiladi. 2-3 haftada bir marta 1 kun taom yemasdan faqat olma bilan oziqlanish yordamida organizmni tabiiy usulda tozalasa bo'ladi.
Bu mevani xush ko'ruvchilar aqlli bo'lishadi. Chunki olma tomirlardagi qon harakatini maromiga keltirib, parishonxotirlik, miya horg'inligiga qarshi kurashadi. Tadqiqotchilarning fikricha, kishi kuniga 3 dona olma iste'mol qilsa, hatto ulug' yoshda ham xotirasi mustahkam bo'lib, miyasi yuqori aniqlikda ishlar ekan.
Gipertoniyaning yengil turlarini dori-darmonsiz faqat olma yordamida davolash mumkin. Kundalik taomnomada doim olma bo'lishi tanadagi yurak faoliyati bilan bog'liq shishlarni bartaraf etadi, infarkt va insultning oldini olishga hissa qo'shadi.
Olmadagi A vitamini apelsindagidan 50 foiz ko'p. U tanani shamollashdan va ko'zni xiralashishdan saqlaydi. Mazkur mevada boshqa ne'matlarda uchramaydigan G vitamini mavjud. U, ayniqsa, yosh bolalar uchun foydali bo'lib, ishtahani ochish va o'sib-rivojlanishni ta'minlaydi.
Olmada S darmondorisi banandagidan 10 marta ko'p. Biroq olma qancha ko'p turib, so'lib qolsa, undagi foydali moddalar shuncha kamayadi.
NORDON
OLMA —
TABIIY
ANTIBIOTIK
Nordon olmada S vitamini ko'p bo'lgani uchun immunitetni oshirishga katta hissa qo'shadi. U tomirlar devorini mustahkamlaydi, uzoq vaqt og'rib qolgan bemorlarni quvvatlantirishga yordam beradi. Olmadagi fitonsidlar — tabiiy antibiotik bo'lib, shamollaganda va gripp bilan kurashishda organizmdagi viruslarni nobud qilishga qodir.
PO'STLOG'I, URUG'I VA
SIRKASINING FOYDASI
Ko'pchilik olimlarning ta'kidlashicha, olma po'stlog'ida qonni ortiqcha xolesterindan tozalovchi, saraton hujayralari o'sishini to'xtatuvchi moddalar mavjud, shu bois bu mevani po'stini archimasdan yeyish tavsiya etiladi.
Yosh bolalarga esa chaynash refleksi to'liq shakllanmaguncha, olmaning po'stini archib, qirg'ichdan o'tkazilgan bo'tqa holida bergan ma'qul.
Olmadan dorivor sirka tayyorlanadi. Sog'lom ovqatlanishni tashkil etishda uning ahamiyati beqiyos. Olma sirkasini salatlarga va turli taomlarga oz-ozdan qo'shib, muntazam ravishda iste'mol qilish infarkt va insult kasalliklari xavfini sezilarli darajada kamaytiradi. Agar 30 ml olma sirkasi 200 ml iliq suvga qo'shilib, 1 oy davomida kuniga 1-2 marta ovqatlanishdan oldin ichilsa, qondagi xolesterin miqdorini 30 foizgacha kamaytiradi.
Olmaning urug'i ham foydali. Unda yod miqdori nihoyatda ko'p. 5-6 dona olmaning urug'i odam organizmini 1 haftalik zaruriy yod moddasi bilan bemalol ta'minlay oladi.
Olmaning foydalilik jihati uning rangiga ham bog'liq. Masalan, qizil va sariq rangli olmani ko'pchilik xush ko'radi, chunki qand — uglevod ko'pligi bois, bunday olmalar juda shirin bo'ladi. Tibbiyot nuqtai nazaridan qaralganda esa tarkibida pektin moddasi mo'l bo'lgan yashil nordon olmaning shifobaxshligi ko'proqdir.
Qizil olmaga qaraganda ko'm-ko'k olmaning kaloriyasi biroz kam. Agar vaznni kamaytirmoqchi yoki qand xastaligidan himoyalanmoqchi bo'lsangiz, ko'k olma, ya'ni nordon-shirin olmalarni iste'mol qilgan ma'qul.
Umumjahon sog'liqni saqlash tashkiloti tavsiyasiga ko'ra, kuniga erkaklar olmani 700 g, ayollar esa 500 g dan oshirmasligi kerak. Shuni hisobga olingki, olma tarkibida me'da shirasi hosil bo'lishiga ta'sir qiladigan kislota mavjud. Shu bois olmani odatda, tushlikdan avval iste'mol qilgan yaxshi.
Ayrimlar oddiy olmaga qaraganda qo'rda pishirilgani kaloriyali, deb hisoblaydi. Agar pishirish chog'ida olmaga asal, shakar, tvorog qo'shilmasa, uning kaloriyasi oddiy olmaniki bilan bir xil bo'ladi.
Olma qoqini choynakka qaynoq suv solib damlasangiz, olmali choy hosil bo'ladi. Bunday damlama tinchlantiruvchi xususiyatga ham ega. Qo'rda pishirilgan olmada esa me'da shirasi ajralishiga ta'sir ko'rsatadigan kislotalar kam.
Olmani ko'p iste'mol qilish qonni ko'paytiradi, degan xato qarash ham mavjud. Olma tarkibida temir miqdori shu darajada ozki, amalda organizm uni o'zlashtirolmaydi. Biroq olmada darmondorilar, ichakdagi zaharli moddalarni zararsizlantiruvchi kletchatka ko'p.
Olmaning har qanday navi tarkibida 80 foizga qadar suv mavjud. Biroq kuz va qishga borib pishadigan ko'k olmalarda suv biroz kam bo'ladi.
Oshqozon yarasi, ich qotish, eroziya, jarohat kabi taom hazmi bilan bog'liq xastaliklar xuruj qilgan paytlarda olma ko'p yeyilsa, og'riq paydo qilishi, xastalikni rivojlantirib yuborishi mumkin. Chunki olmada, ayniqsa, uning po'stlog'ida dag'al kletchatka ko'p.
Olmaning mevasi, sharbati, kompoti, murabbosi, qoqisi keng iste'mol qilinadi. Shuningdek, olma mahsulotlarini turli pishiriqlar va shirinliklarga solgan holda tanovul qilish mumkin.
Manba: Hordiq.uz

Смс Шерлар