Olxo'ri Bu meva go'zallik eliksiri!

Olxo'ri Bu meva go'zallik eliksiri!

Olxo'ri Bu meva go'zallik eliksiri!
Olxo`ri haqida gap borganida, odatda, uning ich kelishini yaxshilash xususiyati xayolga keladi. Ammo tahririyatga kelgan maktublarga qaraganda uning boshqa foydali jihatlari ham bor. Bugun olxo`ri yordamida davolanish usullari bilan tanishtiramiz.

Shirinlik — tishlarimiz dushmani. Ammo qora olxo`ri karies hamda milk yallig`lanishida foydali. Buning uchun 3-4 dona mevani kosaga solib, ustidan qaynab turgan suv quyiladi. Kechki payt, uxlashdan avval og`iz chayiladi. Istasangiz, kuniga 2-3 marta og`izni chayishingiz mumkin.
Aslida, barcha mevalar qabziyatga qarshi ta`sirga ega. Ammo eng kuchlisi — qora olxo`ri. Buning uchun qora olxo`rining o`zini damlab ichish ham mumkin. 4-5 dona qora olxo`rini yuvib, ustidan 1 stakan qaynab turgan suv quyiladi. Damlama tongda, qorin och mahali ichiladi. Mevasini esa eyish kerak. Yana bir usul, olxo`ri damlamasiga yarim stakan limon sharbatini aralashtirib, ertalab bir soat davomida ho`plab ichiladi.
2-3 ta qora olxo`ri 1-2 stakan sutda qaynatiladi. Meva yumshagach, danaklari olinib, issiqligicha qadoqqa qo`yiladi. Malham sovigach, issig`iga almashtiriladi. Imkon boricha bu muolaja takrorlanishi lozim. Shunda qadoq yumshab, teri ajralishi oson kechadi.
Arterial qon bosimini me`yorlashtirish uchun olxo`rili choy ichish tavsiya etiladi. Buning uchun 4 dona qora olxo`rini 5 daqiqa davomida qaynoq suvda ivitasiz. So`ng mayda to`g`raysiz-da, ko`k choyga aralashtirib damlaysiz. Choy 10-15 daqiqa tindirilgach, shoshmasdan, ho`plab-ho`plab ichiladi.
Yuzimga husnbuzar chiqavergach, shifokorga bordim. Bir qancha tekshiruvlardan o`tdim-da, hamma gap ichaklarda ekanligini bildim. Ichaklarni tozalash uchun esa uyda bajariladigan tabiiy usullardan foydalanishga ahd qildim. Menga qora olxo`rili muolaja juda yoqdi. Ichaklar tozalanayotganida ko`proq suv ichish, yog`siz, parda pishirilgan taomlar iste`mol qilish lozim. Ammo bu xamirli ovqatlar bo`lmasligi kerak.
Ortiqcha vazndan xalos bo`lish uchun shirinliklardan tiyilish kerak. Ammo bu men uchun oson emasdi. Dugonam ozishda asqatishi mumkin bo`lgan resept haqida so`zlab berdi va men uni sinab ko`rdim. Bir necha oy davomida ancha vazn yo`qotdim. Shirinlikni tayyorlash uchun 400 gr qora olxo`ri, 100 gr.dan turshak, mayiz, na`matak mevalari, 200 gr anjir qoqisi hamda 50 gr maydalangan sano o`tlari kerak bo`ladi. Barcha mahsulotlarni go`shtqiymalagichdan o`tkazib, 200 gr asal aralashtirish lozim. Uni shisha idishga solib, salqin joyda saqlash kerak. Bu vitaminli shirinlikni ertalab va kechki payt bir osh qoshiqdan, qaynatib sovutilgan suv ichib, eyish mumkin.
Qora olxo`ri vitaminlarga boy bo`lgani uchun yuz terisiga foyda qiladi. Masalan, uning yordamida ajinlarni tekislab, pigment dog`larni ochartirish mumkin. Buning uchun bir nechta qora olxo`rini sutda pishirib, ezamiz va teri kuymaydigan issiqlikda yuzga niqob qilamiz. 10 daqiqadan so`ng niqob yuvib tashlanadi. Bu muolajadan keyin yuz terisi yumshab, tiniqlashadi.
Qora olxo`ridan faqatgina davo sifatida emas, taomlarga o`zgacha maza berish uchun ham foydalanish mumkin. Masalan, men uni turli pishiriqlarga qo`shaman. Qora olxo`ri go`shtning aynimasligiga yordam berishini ko`pchilik bilmasa kerak. Shuningdek, u salmonella, ichak tayoqchalari hamda stafilakkokklar ko`payishining oldini oladi. Shu bilan birga u o`tkir ta`m bermaydi va go`sht ta`mini o`zgartirmaydi.
200 gramm sulini 3 dona maydalangan qora olxo`ri bilan aralashtirasiz. Unga 2 stakan suv quyib, past olovda 30 daqiqa qaynatasiz. Idishni olovdan olgach, ustini yopib, 2 soat dam berasiz. So`ng dokadan o`tkazib, kuniga bir mahal ertalab 1 stakandan ichasiz. Damlama 10 kun qabul qilinadi.

Kamola BOShBEKOVA tayyorladi
Manba: Darakchi.uz

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: