Homiladorlikda Jinsiy Infeksiya Va Unga Qarshi Choralar...
- Категории: Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar
- Название: Homiladorlikda Jinsiy Infeksiya Va Unga Qarshi Choralar...
- Дата релиза: 20-05-14, 12:37
Afsuski, bir maqolada barcha jinsiy
infeksiyalar haqida ma'lumot berib
bo'lmaydi. Shuning uchun
ularning asosiylari va ko'p
uchraydiganlari haqida
gaplashamiz.
Jinsiy infeksiyalarning asosiylari:
Xlamidioz
Xlamidioz infeksion kasallik bo'lib,
jinsiy aloqa orqali yuqadi.
Xlamidioz alomatlari
Erkaklarda kasallik
uretradan (siydik chiqish nayi)
rangsiz oz miqdordagi suyuqlik
ajralishi, siyish davomida va jinsiy
aloqa jarayonida og'riqda
namoyon bo'lishi mumkin.
Ayollarda kasallik qindan oq, sariq
yoki rangsiz ajralishlar chiqishi,
jinsiy aloqa jarayonida va siyish
davomida og'riq, qorin tagi va
beldagi og'riqlarda namoyon
bo'lishi mumkin.
Muhimi shundaki, yuqoridagi
alomatlar boshqa kasalliklar
alomati ham bo'ladi yoki
ko'pincha xlamidioz umuman
hech qanday alomatsiz kechadi. Megatarona.tk saytidan olingan.Natijada ayolda kasallik
bepushtlikni, erkaklarda esa
tuxumdon kasalligi - epididimitni
asorat sifatida vujudga keltirishi
mumkin.
Homilador ayolda yoki uni
erida xlamidiya aniqlansa,
ular ikkalovi davolanishi
shart. Odatda xlamidiya
infeksiyasi har xil
sheriklar bilan betartib
jinsiy aloqalada bo'lish
natijasida yuzaga keladi.
Davolanishi
Bemorlarga 21 kunlik sikl bilan
antibiotik ichish tayinlanadi. Agar
kasallik homiladorlik payti
aniqlansa, u holda davolanish
davri 14 kun bo'lib,
homiladorlikning 20 haftasidan
so'ng tayinlanadi.
Xlamidiya infeksiyasi homila
tushish xavfini oshiradi. Homilaga
infeksiya yuqsa, chaqaloqda
xlamidiya pnevmoniyasi yoki ko'z
kasalliklari rivojlanishi mumkin.
Mikoplazmoz, ureaplazmoz
Mikoplazma va ureoplazma odam
organizmida mavjud bo'lgan
mayda bakteriyalardir. Ular barcha
organizmda oz miqdorda bo'lib
ziyon keltirmaydi. Lekin ularning
miqdori ko'paysa, jinsiy kasalliklar
rivojlanishi mumkin. Bunga esa
immunitet pasayishi sabab bo'ladi.
Mikoplazmoz va ureaplazmoz
jinsiy aloqa orqali va onadan
homilaga o'tadi.
Alomatlari
Ayollarda bachadon va bachadon
bo'yni kasalliklari, sistit, pielonefrit,
buyrakda toshlar bo'lsa,
mikoplazmoz va ureaplazmozga
shubha paydo bo'lishi mumkin.
Erkaklarda uretrit, pielonefrit va
buyrakdagi toshlar bu kasallikka
shubha uyg'otadi.
Davolash
Ayolda bu infeksiyalar jinsiy
a'zolari kasalliklarida namoyon
bo'lsa, uni davolash kerak. Lekin
infeksiya aniqlanib, ayol o'zini
yaxshi his qilib, jinsiy kasalliklar
bo'lmasa, davolanish shart emas.
Homiladorlikni rejalashtirilayotgan
ayolda infeksiya aniqlansa, u holda
alomat bor-yo'qligiga qaramay 10
kunlik sikl bilan antibiotik
tayinlanadi.
Agar infeksiya homiladorlik paydi
aniqlansa, u holda 10 kunlik
antibiotikli davolanish
homiladorlikning 20 haftasidan
so'ng belgilanadi.
Qo'shimcha ravishda
homiladorlikning 10-12
haftasidan immunitet oshivurchi
dori-vositalari tayinlanishi
mumkin.
Jinsiy (genital) Gerpes
Jinsiy infeksiyalar orasida
homilaga eng zararli jisniy
infeksiya gerpes virusi
hisoblanadi. Genital gerpes jinsiy
aloqa orqali va onadan homilaga
yuqadi. Ba'zida odam organizmida
gerpes virusi alomatsiz kechib,
immunitet pasayganda namoyon
bo'lishi mumkin.
Alomatlari
Jinsiy a'zolarda og'riq, qizish va
shishlarning paydo bo'lishi. Bosh
og'riq, tana haroratining
ko'tarilishi. Kasallik avjida olganda
jinsiy a'zolarda yaralar vujudga
keladi.
Davolash
Gerpesda virusga qarshi vositalar
tayinlanadi. Lekin bu preparatlarni
homiladorlik davrida qabul qilish
mumkin bo'lmagani uchun
homilador ayolga immunitetni
oshiruvchi vositalargina
tayinlanadi.
Gerpes homila tushishiga va
homilani jiddiy zararlanishiga olib
kelishi mumkin. Agar homilaga
gerpes yuqsa, unda ko'rlik yoki
pnevmoniya rivojlanadi, ba'zida
bola nobud bo'lishi mumkin.
Shuning uchun tug'ish davri
yaqinlashgan payt onada gerpes
virusi alomatlari avj olgan bo'lsa,
bolaga yuqish xavfi katta bo'lgani
uchun bolani tabiiy yo'l bilan
emas, balki kesarev kesilish
orqali dunyoga keltirish tavsiya
etiladi.Hazon.ru saytidan olingan.Sitomegalovirus
Bu virus jinsiy aloqa orqali va
onadan homilaga yuqadi. Ba'zida
qon va o'pich orqali ham yuqishi
mumkin.
Alomatlari
Immuniteti yaxshi odamlarda
kasallik alomatsiz kechadi.
Immuniteti jiddiy zaiflashgan
bo'lsa(saraton kasalligiga qarshi
kimyoviy davolangan, OITS
bemorlari), sitomegalovirus og'ir
(ko'z, bosh miya, hazm qilish tizimi
va o'pka) kasalliklar rivojlantirishi
mumkin.
Davolash
Virus aniqlansa immun
preparatlari tayinlanadi.
Homiladorlik davrida
sitomegalovirus homila tushishiga,
homilaga virus yuqishiga,
homilada kasalliklar (quloq
eshitmaslik, aqliy rivojlanishi
orqada qolishi va boshqalar)
rivojlanishiga olib kelishi mumkin.
Buni hamma bilishi kerak!
Homiladorlik rejalashtirishdan
oldin barcha jinsiy infeksiyalarga
analiz topshirish lozim.
Analizlarni katta va yaxshi
tanilgan laborotoriyalarda amalga
oshirish kerak. Odatda katta ilmiy
tekshiruv institutlarda analizlar
natijasi aniq va haqiqiy bo'ladi.
Agar analiz natijasi infeksiyani
borligini ko'rsatib, ayolda hech
qanday alomatlar bo'lmasa, u
holda analizni takroran topshirish
tavsiya etiladi. Jinsiy infeksiya
analizlari natijasi xato chiqishi
ehtimoli mavjud.
Agar shifokor virusga qarshi
antibiotik tayinlayotgan bo'lsa,
shifokorni almashtirgan ma'qul.
Antibiotik bakteriyalarni davolaydi,
virusni emas. Undan tashqari
antibiotik immunitet pasayib
virusli kasallik avj olishiga turtki
bo'lishi mumkin.