Onanizm va Undan Qutulish Yo'llari....
- Категории: Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar
- Название: Onanizm va Undan Qutulish Yo'llari....
- Дата релиза: 17-05-14, 12:58
Savol: Menda bir savol bor.
So‘rashga uyalib turibman. Biroq
musulmon ekanmiz, hijolat
bo‘lmasligimiz vojib. Islomda
“onanizm – kapaki” bilan
shug‘ullanish joizmi?
Javob: Alhamdulillah, avvalo
Qur’oni Karimdan: Ibn Kasir
rahimahulloh aytadi: Imom
Shofi’iy va u kishiga muvofiq
bo‘lganlar qo‘l bilan maniy
chiqarishning xarom qilinganiga
quyidagi oyatni dalil keltirdilar:
"Ular avratlarini (xaromdan)
saqlovchi kishilardir. Magar
jufti halollaridan va
qo‘llaridagi cho‘rilardangina
(saqlanmaydilar). Bas ular
malomat qilinmaslar. Endi
kim shundan o‘zgani istasa,
bas ana o‘shalar haddan
oshguvchidirlar". (Mu’minun:
5-6)
Shofi’iy “Nikoh kitobi”da
aytadilar: Bas ular avratlarini o‘z
jufti halollaridan va qo‘llaridagi
cho‘rilardan o‘zga narsalardan
saqlanguvchi ekanliklarini bayon
etish bilan bulardan boshqa
barcha narsalarning xarom
qilinganligi ochiq ravshan bo‘ldi.
Keyin (ravshan bo‘lsa ham).
Alloh taolo uni ta’kidlab yana
shunday dedi: "Endi kim
shundan o‘zgani istasa, bas ana
o‘shalar haddan
oshguvchidirlar". Demak zakarni
faqat jufti halol yoki qo‘l
ostidagi cho‘rigagina ishlatish
halol. Qo‘l bilan maniy chiqarish
xarom. Vallohu a’lam.
Shofi’iyning “Asos” (al-Umm)
kitobi.
Ilm ahllaridan ba’zisi Alloh
Ta’oloning "Nikoh (uchun
lozim bo‘lgan mol-davlatni)
topa olmagan kishilar to
Alloh ularni o‘z fazlu karami
bilan boy-badavlat
qilgunicha o‘zlarini
(xaromdan) pok
tutsinlar" (Nur: 33) degan
oyatidan o‘zni pok tutishga
buyurish boshqa narsalardan
sabr qilmokni taqozo etishiga
dalil keltirdilar.
Ikkinchi sunnati nabaviyyadan:
Abdulloh ibn Mas’ud raziyallohu
anhuning hadisini dalil qildilar. U
kishi aytdi: Hech narsaga ega
bo‘lmagan yigitlar nabiy
sollallohu alayhi va sallam bilan
birga edik. Shunda rasululloh
sollallohu alayhi va sallam
bizlarga: "Ey yigitlar, kim
uylanish sarf-harajatlariga qodir
bo‘lsa uylansin. Chunki u ko‘zni
to‘suvchiroq, olatni
saqlovchiroqdir. Kim qodir
bo‘lmasa ro‘za tutsin. Zero ro‘za
u uchun axtalikdir." (ya’ni
xaromga tushib qolishdan
himoyadir) (Buxoriy rivoyati,
Fatx: 5066)
Demak, shariat uylanishdan ojiz
bo‘lgan kishini qiyin bo‘lsa ham
ro‘za tutib yurishga yo‘lladi. Bois
kuchli bo‘la turib uni sun’iy
maniy chiqarishga yo‘llamadi.
Holbuki u ro‘za tutishdan
yengilroq. Shunday bo‘la turib
bunga ruxsat bermadi. Bu
masala xususida boshqa dalillar
ham bor. Shu qadri bizga kifoya
vallohu a’lam.
Hazon.ru saytidan olingan
Endi bu baloga mubtalo
bo‘lgan kishini davolash
xususiga kelsak, qutulish
uchun quyidagi bir necha
nasihatlar va bosqichlarga
amal qilinadi:
1. Bu odatdan qutulishga bois
Ollox amriga bo‘ysunish va
g‘azabidan saqlanish bo‘lmog‘i
lozim.
2. Tubdan, ildizdan bo‘lgan isloh
orqali buni daf qilish. Bu
rasululloh sollallohu alayhi va
sallamning yigitlarga qilgan
tavsiyalariga amal qilib uylanish.
3. Turli xayol va vasvasalarni daf
etish. Nafs va fikringni dunyo va
oxiratingga naf bo‘ladigan
narsada ishlatib, mashg‘ul-band
kilmog‘ing. Chunki davomli
vasvasa amalga eltadi. So‘ngra
mustahkamlanib odatga
aylanadi-da, undan qutulish
qiyin kechadi.
4. Ko‘zni to‘smok. Chunki, xoh
tirik bo‘lsin xoh rasm-maftunkor
surat va shaxslarga qarash,
ko‘zni jilovlamaslik xaromga olib
boradi. Shuning uchun Allox
taolo: "Mo‘’minlarga ayting
ko‘zlarini to‘ssinlar", dedi.
Payg‘ambar sollallohu alayhi va
sallam: "Birinchi nazarga keyingi
nazarni ergashtirma", dedilar.
(Termiziy rivoyati: 2777,
Sahihul-jomi’: 7953). Birinchi
nazar (nogahoniy nazar)da
gunoh bo‘lmay, ikkinchi nazar
esa xarom qilingandir.
Shuningdek ichki yashirin
shaxvatni ko‘zg‘ovchi
o‘rinlardan uzoq yurish lozimdir.
5. Har xil ibodatlar bilan mashg‘ul
bo‘lish. Gunoh uchun bo‘sh vaqt
qoldirmaslik.
6. Bu ishdan kelib chiqadigan
sihat-salomatlikka oid zararlarni
e’tiborga olish. Ular ko‘z, asablar,
tanosil a’zolarining zaiflashuvi,
bel og‘riqlari va tabobat ahli zikr
qilgan boshqa zararlardir.
Shuningdek vijdon azobi,
hadiksirash kabi ruhiy zararlarni
ham sanab o‘tish joiz. Eng
dahshatlisi esa yuvinishning
ko‘payishi yoki uning xususan
qishda qiyinligi sabab
namozlarning zoe’ qilinishi va
ro‘zani barbod qilishi. Yana bu
illatning zararlaridan: qanoat
qilish o‘rniga uni noto‘g‘ri yo‘l
orqali chiqazish. Chunki ba’zi
yoshlar o‘zni zinodan himoya
etishni (bahona) sabab qilib bu
ishni joiz deb sanaydi. Holbuki, u
bu fahsh ishlarga umrida yaqin
kelmasligi mumkin.
7. Kuchli iroda va azmu-karor
bilan qurollanib kishi shaytonga
bo‘ysunmaslik. Yolhiz yotish kabi
yakkalikdan saqlanish. Xadisda
Nabiy sollalloxu alayhi va
sallamning kishining yolg‘iz
yotmog‘idan qaytarganligi
kelgan. Buni Imom Ahmad
rivoyat qildi. U Sahih al-Jome’:
6919 - da ham mavjud.
8. Ta’siri kuchli, Payg‘ambar
davosiga rioya qilish. U ro‘za
tutishdir. Chunki, u shaxvat
g‘alayonini pasaytirib, g‘arizani
poklaydi. Shuningdek bu ishni
qaytib qilmaslikka qasam ichish
yoki nazr qilish va bu kabi g‘ayri
oddiy ishlardan xazar kilish.
Chunki, shundan so‘ng bu ishga
qaytsa qasamni
mustahkamlagandan keyin uni
buzish bo‘lib qoladi.
Undan tashkari shaxvatga taskin
beruvchi dorilarni iste’mol
qilmaslik. Chunki, bularda tibbiy
va tanaga oid xatarlar mavjud.
Darvoke’ mutlaqo shaxvatni
kesadigan narsalarni iste’mol
qilishning xaromligini ifoda
etuvchi hadis sobitdir.
9. Uxlayotgandagi shar’iy
odoblarga rioya etish. Misol
uchun bu xususda vorid bo‘lgan
zikrlarni o‘qish, o‘ng yoni bilan
yotish, Nabiy sollallohu alayhi va
sallam qaytarganlari uchun qorin
bilan yotib uxlashdan saqlanish.
10. Iffat va sabr bilan bezanish.
Chunki, garchi nafs xohlasa-da
xarom qilingan narsalardan
tiyilib, sabr qilish bizlarga vojib.
Shuni bilaylikki, nafsni iffatga
undash oqibatda uning hosil
bo‘lib, kishi uchun ajralmas
xulqqa aylanishiga olib keladi.
Zero Nabiy sollallohu alayhi va
sallam:
"Kimki, iffat izlasa Alloh uni
iffatli qilur, kim hojatsiz bo‘lishni
izlasa Alloh uni behojat qilur, kim
o‘zini sabrga undasa, Alloh uni
sabrli kilur. Hech kimga sabrdan
ko‘ra mo‘lrok va yaxshiroq narsa
ato etilmadi", dedilar. (Buxoriy,
Fatx: 1469)
11. Ushbu gunoh ishni inson
qilib qo‘ysa darhol tavba-
tazarru, istig‘forga shoshilmog‘i
va umidsizlikka tushmasdan
toat-ibodatga bel bog‘lamogi
lozim. Chunki noumidlik katta
gunohlardandir.
12. Va nihoyat, hech shak-
shubha yo‘qki, albatta, Allohga
iltijo qilish, duo qilib unga
yolborish, bu odatdan qutulish
uchun undan yordam so‘rash
eng katta davodir. Chunki Alloh
subhanahu duo qilguvchi duo
qilsa, uni ijobat qilur. Vallohu
A’lam.
Shayx Muhammad Solih al-
Munajjid