Ortopedik matraslar haqida 8 haqiqat

Ortopedik matraslar haqida 8 haqiqat

Ortopedik matraslar haqida 8 haqiqat
Hayotimizning deyarli uchdan bir qismini uyquda o`tkazamiz. Shuning uchun uyqu mahali umurtqa qulay holatda bo`lishiga e`tibor qaratish zarur. Agar yumshoqqina to`shakda maza qilib uxlayman desangiz, adashasiz, umurtqa uchun qattiq o`rin afzal.

Odatda, shifokorlar umurtqa uchun ortopedik matraslarda dam olishni tavsiya qilishadi. Xo`sh, uning afzalligi nimada? Bu xususda vertebrolog-shifokor Sohib SAIDOV ma`lumot beradi.

Tiniqib uxlaysiz

Klassik ortopedik matras – bu maxsus sertifikatlangan tibbiy mahsulot bo`lib, shifokor tavsiyasiga ko`ra qo`llanadi. Ammo hozirgi kunda mebel sanoatida ortopedik xususiyatga ega matraslar tavsiya qilinyapti. Masalan, prujinali, alohida mustaqil prujinasi bor hamda prujinasiz turli qo`shimchalardan foydalanilgan matraslarni aytish mumkin. Xullas, tanlov katta. Bunday matraslar umurtqa salomatligini ta`minlashdan tashqari, chidamliligi bilan ham oddiylaridan ustun. Ortopedik matraslar quyidagi xususiyatlarga ega:

•uyqu sifatini oshiradi, ya`ni kishi tiniqib uxlaydi;

•bel va bo`g`imlar muammosining oldini oladi;

•umurtqa tabiiy fiziologik holatda bo`lishini ta`minlaydi;

•qon-tomir tizimi faoliyatiga to`sqinik qiluvchi holatlardan saqlaydi.

Salomatlik posboni

Ko`pchilikning o`ylashicha, ortopedik matraslar faqat umurtqasi kasallanganlar uchun. Aslida esa bunday emas. U faqatgina muolaja sifatida qo`llanmaydi. Mazkur turdagi matrasni har kim mebel yoki maxsus fabrika do`konlaridan xarid qilishi mumkin. Bunday matraslar umurtqa ustuni, tayanch-harakat apparati salomatligini saqlashga xizmat qiladi.

Kun davomida umurtqamizga e`tibor bermaymiz, u esa tinim bilmaydi. Kechasi uyquga yotganda dam olyapman, deb o`ylaymiz, ammo umurtqa baribir gavdani ushlab turish bilan band bo`ladi. Ortopedik matraslar esa tanamiz qulay holatda bo`lishini ta`minlab, umurtqaga engillik tug`diradi.

!Agar suyak-mushak tizimida biror xastalik bo`lsa, matras tanlashdan avval shifokor bilan maslahatlashish shart!

Taxtadekmi, paxtadekmi?

Bilsangiz kerak, ortopedik matraslar qattiq bo`ladi. Lekin ularning qattiqlik darajasi turlicha. Bunday matraslarning asosiy sifati — egiluvchanligidir. Ya`ni, maqsad tanani salomatlik uchun zarur bo`lgan tabiiy holatga keltirish.

Ayniqsa, bolalar qattiqroq matrasda yotgani ma`qul. Bunday matras shakllanayotgan umurtqa uchun foydali bo`lib, bola bukchayishga odatlanishining oldini oladi.

!Matraslar qattiqlik darajasiga ko`ra 5 turga bo`linadi:

•keksalarga yumshoqroq, ba`zi joylari qattiq elastik modellar;

•tana vazni 60 kg.dan kam bo`lganlar uchun yumshoq yoki o`rtacha qattiqlikdagi;

•tana vazni 90 kg.gacha bo`lganlar uchun o`rtacha qattiqlikdagi;

•tana vazni ko`p bo`lganlargaqattiqroq matraslar tavsiya etiladi.

!Matras shaklini uzoq vaqt saqlab turish uchun har 3 oyda boshqa tomoniga ag`darib turish kerak.

Foydami yo zarar?

Tayanch-harakat apparatidagi muammolar, odatda, juda faolligimiz sababli kelib chiqadi. Uyqu payti noqulay yotish esa bu muammolarni yanada kuchaytiradi.

Ortopedik matraslar uyqu payti tana holatini qulaylashtirib beradi. Sifatli ortopedik matras bir necha qattiq zonaga ega bo`ladi. Matrasdagi son sohasi yumshoqroq, bo`yin, bel sohalari esa elastik bo`lishi lozim.

Foydasi:

•Matras tana shakliga moslashadi. Umurtqaga dam berib, davolaydi, mushaklarni bo`shashtiradi, bosh og`rig`i va uyqusizlikdan xalos qiladi;

•umurtqa kasalliklarining oldini oladi;

•xavfsiz xomashyodan tayyorlanadi, allergiya keltirib chiqarmaydi;

•jarohatlanganda qo`l keladi.

Zararli tomoni:

•Sifatsiz matras xarid qilsangiz, yaxshi uxlay olmaslik, uyquga to`ymaslik, bosh og`rig`i va allergiyani ham sotib olgan bo`lasiz;

•o`ta qattiq matras umurtqaga ziyon etkazib qo`yishi mumkin;

•sifatsiz xomashyodan tayyorlangan matraslarda havo aylanishi yaxshi bo`lmagani sababli hid paydo bo`ladi, bakteriya ko`payishi mumkin.

Matras do`stu tanishlar yoki sotuvchi tavsiyasiga ko`ra xarid qilinadigan buyum emas. U shifokor maslahatiga ko`ra tanlansa, maqsadga muvofiq bo`ladi. Albatta, matras sertifikatiga e`tibor bering. Bordi-yu, sifatli matrasda ham tanangiz yayramasa, uni ikkilanmay o`zgartiring.

Kamola Boshbekova tayyorladi
Manba: Darakchi.uz

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: