Oshqovoq – qishning qovuni
- Категории: Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar
- Название: Oshqovoq – qishning qovuni
- Дата релиза: 08-06-14, 13:19
Abu Ali ibn Sino oshqovoq to‘g‘risida ajoyib fikrlar aytgan:
"... Oshqovoqni qaynatib sharbati ichilsa, yo‘tal va ko‘krakda paydo bo‘lgan og‘riqni qoldiradi. Xom (pishirilmagan) oshqovoqdan olingan sharbatni burunga tomizish bilan tish og‘rig‘ini to‘xtatish mumkin. Oshqovoq kishi oshqozoni uchun g‘oyat foydalidir. U namlantiradigan va chanqoqni bosadigan dorilardan biridir. Oshqovoqni qaynatib, asal bilan yesa, nafi katta bo‘ladi”.
Shifokorlarning fikricha, oshqovoqni yosh go‘daklardan tortib qariyalargacha tez-tez yeb turishi kerak. Sutga qaynatilgan yoki palla-palla qilib qasqonda bug‘lab qaymoq surtilgani ham lazzat baxsh etadi, ham salomatlik ato qiladi. Mana shu ovqatlar xalq tabobatida yosh organizmning to‘g‘ri o‘sishiga va qarigan a’zolar faoliyatini cho‘zishga vosita bo‘ladigan bir shifo tarzida iste’mol qilingan. Endilikda shifoxonalarimizda ham oshqovoq taomlari yurak qon-tomir kasalliklari bilan og‘riganlarga dori sifatida yedirilmoqda. Bu yana gastrit, oshqozon jarohati, buyrak xastaligi, yo‘tal, astma va tomoq kasalliklariga shifodir.
Qovun ham kishi organizmi uchun foydalidir. Haqiqiy mirishkor qo‘li bilan yetishtirilgan tilni tilim-tilim qiladigan qovun buyrakdagi toshni maydalaydi. Oshqovoq esa qishning qovunidir.

Смс Шерлар