Главная » Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar » Oshxona pichoqlarining “umrini uzaytirish” yo‘llari
Oshxona pichoqlarining “umrini uzaytirish” yo‘llari

Oshxona pichoqlarining “umrini uzaytirish” yo‘llari

Oshxona pichoqlarining “umrini uzaytirish” yo‘llari
Oshpazlar pichog‘i beso‘naqay ko‘rinsa ham aslida ehtiyot qilib ishlatishni talab qiladigan juda nozik narsa hisoblanadi. Bu o‘tkir yordamchilarimizning umrlarini anchaga uzaytiruvchi usullar bor.

To‘g‘ri taxtalardan foydalaning

Faqat yog‘ochdan qilingan yoki plastik taxtalardan foydalaning. Shisha, po‘lat, sopol va toshdan qilingan ishlov beruvchi taxtalar oshxonada chiroyli ko‘rinadi, lekin ular pichoqlarning tig‘ini ayovsiz ravishda buzadi.

Pichoqni rakovina ichiga tashlamang

Pichoqlarni rakovina ichida qoldirmang va ular ustiga biror narsa yopishib qolgan bo‘lsa ham ivitib qo‘ymang. Birinchidan bu xavfli: boshqa idishlarni yuvishda qo‘llaringizni kesib olishingiz mumkin. Ikkinchidan, suv ichida uzoq vaqt turishi oqibatida pichoqlarning tig‘lari zanglab qolishi mumkin. Shuning uchun pichoqlarni ishlatib bo‘lganingizdan keyin tezda yuvib qo‘ying.

Pichoqlarni qo‘l bilan yuving

Pichoqlarni oqib turgan iliq suv ostida qo‘lingiz bilan yuving. Faqat yumshoq gubkadan va zarur bo‘lganda bir tomchi yuvish vositasidan foydalaning. Agar pichoqlarning tig‘lari tirnalishini xohlamasangiz hech qachon qattiq tozalovchi vositalarni va iste’mol sodasini ishlatmang. Pichoqlarni yuvganingizdan so‘ng quruq holatga kelguncha arting.

To‘g‘ri kesing

Oziq-ovqatlarni pichoqni yuqoriga ko‘tarib va keskin ravishda taxta ustiga tushirish yo‘li bilan maydalasangiz, pichoqlarning tig‘lari tez o‘tmaslashib qoladi. Kesishning pichoqni taxtadan ayirmasdan ishlatiladigan usullaridan foydalaning. Taxta ustidagi maydalangan mahsulotlarni olishda pichoqning tumtoq tomonini ishlating.

Pichoqlarni alohida saqlang

Pichoqlarni qoshiq va sanchqilar bilan bitta joyda saqlamang. Bu tig‘larning sinishiga va tirnalishiga olib keladi, shuningdek pichoqlarning boshqa oshxona anjomlariga tegib turishi tez o‘tmaslashib qolishiga sabab bo‘ladi.
Manba: Daryo.uz

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: