Главная » Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar » Oshxona va vannani tabiiy vositalar yordamida tozalaymiz
Oshxona va vannani tabiiy vositalar yordamida tozalaymiz

Oshxona va vannani tabiiy vositalar yordamida tozalaymiz

Oshxona va vannani tabiiy vositalar yordamida tozalaymiz
Ko‘pchilik uy bekalari uyda qiyinchiliksiz tayyorlash mumkin bo‘lgan tabiiy yuvuvchi va tozalovchi vositalar borligi haqida hatto o‘ylab ham ko‘rmaydi.

1. Xromlangan yuzalarga tish pastasini surib qo‘yib, quriy boshlagandan so‘ng artib olinsa bu yuzalar bir pasda top-toza bo‘ladi.

2. Kranlar yuzasidagi dog‘larni limon yordamida tozalash mumkin. Limonni halqa qilib kesing va vannaxonadagi kranlarning dog‘li joylariga qo‘ying. Yarim soatdan so‘ng suv bilan yuving va yumshoq mato bilan artib tashlang.

3. Limon sharbati yordamida vannani ham tozalash mumkin. Buning uchun bir piyola limon sharbatini yuzasi g‘adir-budirli gubka yordamida vanna ichiga surib chiqing. Bir soatdan so‘ng biroz arting va suv bilan yuving. Bu vosita emallangan va akrilli vannalar uchun ham mos keladi.

4. Agar kafel plitalari xiralashib qolgan bo‘lsa, ularni limon sharbatiga botirilgan yuzasi g‘adir-budirli gubka yordamida tozalash mumkin.

5. Unitazdagi dog‘lar va bakteriyalarni tozalash uchun, limon sharbatini purkagichga soling va unitaz yuzasiga seping. 15 daqiqadan so‘ng cho‘tka yordamida tozalang va yuvib tashlang.

6. Oyna yaltirab turishini xohlasangiz, uning yuzasiga limon sharbatidan sepib qo‘ying va 10 daqiqadan so‘ng yumshoq latta bilan artib tashlang.

7. Rakovina va kranlardagi dog‘larni tozalash uchun sirka va suvni 1:1 miqdorda aralashtiring va 5 tomchi nashatir spirti qo‘shing. Aralashmani purkagichga soling va dog‘li joylarga seping. Yarim soatdan keyin biroz ishqalang va suv bilan yuvib tashlang.

8.Agar kafel plitkasi oralari mog‘or bosgan bo‘lsa, qizdirilgan sirkaga botirilgan o‘rtacha qattiqlikdagi tish cho‘tkasi yordamida ishqalang, qurigandan keyin esa bo‘r suring va quruq, yumshoq mato bilan artib tashlang.

9. Kafeldagi dog‘larni tozalash uchun uni ho‘llang va soda bilan ishqalang. 10 daqiqadan keyin yana biroz ishqalang va yuvib tashlang.
Manba: Daryo.uz

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: