Главная » Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar » ​OTA-ONALAR UChUN 10 TA «MUMKIN EMAS!»
​OTA-ONALAR UChUN 10 TA «MUMKIN EMAS!»

​OTA-ONALAR UChUN 10 TA «MUMKIN EMAS!»

​OTA-ONALAR UChUN 10 TA «MUMKIN EMAS!»
Farzand tarbiyasida aniq bir qoidaga amal qilib bo`lmaydi, chunki hamma bola har xil. Tarbiya uslubida esa bolaning fe`l-atvorini e`tiborga olish muhim. Ammo tarbiya borasida ota-ona yo`l qo`ymasligi kerak bo`lgan 10 ta qoida bor. Farzandingiz o`ziga nisbatan ishonchi kuchli, tartib-intizomli bo`lib o`sishini istasangiz, bu 10 qoidaga amal qilmog`ingiz darkor.

KAMSITMANG!

«Miyang bormi?», «He, ahmoq!» Bular ota-onalarga tanish so`zlar... Endi esa o`zingizning bolalik onlaringizni xotirlang. Sizda bu so`zlar qanday his uyg`otardi? Bola o`zini kamsitilgan his qiladi va bora-bora o`z kuchiga ishonchi yo`qolaveradi.

QO`RQITMANG!

Bola «Yana ukangni ursang, qo`lingni sindiraman!» kabi po`pisalar bilan qo`rqitilsa, unda ota-onaga nisbatan nafrat va qo`rqinch uyg`onadi. Qolaversa, tarbiyaning qo`rqitish uslubi bola xulqini yaxshilamaydi.

VA`DA TALAB QILMANG!

Aytaylik, bola biror sho`xlik qildi. Ota yoki ona esa «Yana shunday qilasanmi?!» degancha bolaning boshida qahr qilichini yalang`ochlaydi. Yarim soatdan keyin esa xuddi o`sha sho`xligini takrorlaydi. Ona esa boladan xafa bo`ladi. Bola uchun so`z berish hech nimani anglatmaydi. Chunki u kecha yoki ertani o`ylab emas, hozirgi kun bilan yashaydi. Agar farzandingiz yumshoq ko`ngilli bo`lsa, unda aybdorlik hissi tug`ila boshlaydi. Ortiqcha ta`sirchanlikka berilmaydigan bola esa gap boshqa, amal boshqa qabilida ish tutishni o`rganadi.

ORTIQChA G`AMXO`RLIK QILMANG!

Ortiqcha g`amxo`rlik bolada «Men hech narsa qila olmayman» degan hisni rivojlantiradi. O`zingizga qoida qilib oling: «Bolaning qo`lidan kelgan ishni hech qachon o`zingiz qilmang». Ko`pgina ota-onalar «Bolam buni qila olmaydi», degan fikrda barcha ishni o`z elkalariga ortib olishadi. Ishoning, farzandingizning qo`lidan ham ko`p ish keladi, faqat sabr bilan o`rgatishni unutmasangiz, bas.

BUYRUG`INGIZ ZUDLIK BILAN AMALGA OShIRILIShINI TALAB QILMANG!

Eringiz «Zudlik bilan barcha ishingni tashlab, oyoq kiyimimni tozalab ber», deyishini tasavvur qiling. Bu sizga yoqmaganidek, bolaga ham yoqmasligi tabiiy. Biror ish buyurganingizda, uni avvalroq ogohlantiring: «10 daqiqadan keyin dasturxonni yig`ib, idishlarni yuvib qo`y». Bola qo`g`irchoq emas, ko`r-ko`rona buysuna olmaydi. Aks holda u o`z fikriga ega mustaqil shaxs sifatida ulg`ayishini kutmasangiz ham bo`ladi.

HAMMA NARSAGA RUXSAT BERAVERMANG!

Bolaning har bir xarxashasiga quloq solib, aytganini qilaverish natijasida u xudbin bo`lib ulg`ayadi. Bu esa uning katta hayotga moslashishiga halal beradi.

KETMA-KETLIKNI BUZMANG!

Shanba kuni onaning kayfiyati yaxshi va u farzandining harakatlariga unchalik ahamiyat bermaydi. Yakshanba kuni esa bola xuddi shu o`yinlari uchun onadan dakki eshitadi. Boladan nimanidir talab qilganingizda qat`iy ketma-ketlikka rioya eting. Bola undan nima kutishayotganini bilishi lozim. Talablarda betartiblik esa bola tarbiyasini buzadi.

BOLAGA TALAB QO`YGANDA UNING YoShINI E`TIBORGA OLING!

Ba`zan onalarning o`z farzandiga nisbatan «Buncha ham beqiliqsan?!» kabi dakkilarni eshitib qolish mumkin. Boladan kattalarga xos harakat qilishini kutmang. Ikki yoshli kichkintoydan besh yoshli bolaniki kabi oqillik kutish to`g`ri emas. Aks holda uning shaxsiyatiga katta talofat etkazasiz.

PAND-NASIHATDA HAM ME`YoR BO`LSIN!

Nasihat ko`payib ketganda bolaning miyasi bu ma`lumotlarni qabul qilish vazifasini «o`chirib» qo`yadi. Ota-ona bolaga o`z harakatlari bilan nasihat «qilishi» darkor. Shu sababdan ham xalqimizda «qush uyasida ko`rganini qiladi», degan maqol mavjud. Nasihat qilishda ham me`yorni unutmang.

FARZANDINGIZNING BOLA EKANLIGINI UNUTMANG!

Tarbiya borasida katta yutuqlarga erishdingiz deylik: farzandingiz hech bir gapingizni ikki qilmaydi, o`zini kattalardek tutadi, kattalar undan nimani istashsa, amalga oshiradi. Bunday bola ko`pincha niqob ostiga yashirinib oladi. Chunki u o`zining «men»ini yashirgan, ammo qalbida esa jiddiy ruhiy muammolar yuzaga kela boshlaydi. Shu sababdan tarbiyaning qay bir uslubini tanlamang, birinchi o`rinda uning hali bola ekanligini yodingizdan chiqarmang.

Ruhshunos Aziz AHROROV bilan hamkorlikda Madina LUQMONOVA tayyorladi.
Manba: Darakchi.uz

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: