Ota-onalarning 7 xil xatosi

Ota-onalarning 7 xil xatosi

Ota-onalarning 7 xil xatosi
G‘amxo‘r ota-onalar farzandining har tomonlama rivojlanishi uchun barcha sharoitni yaratishga harakat qiladilar. Mutaxassislarning fikricha, aynan shu jarayonda ota-onalar o‘zlari bilmagan holda ayrim xatolarga yo‘l qo‘yadilar. Shunday xatolarning eng ko‘p uchraydiganlari ustida to‘xtalib o‘tamiz.

Birovlarga solishtirish

Farzandining rivojlanish darajasini kitoblardagi “standartlar” bilan yoki tanishlarining farzandlari bilan solishtirib ko‘rish, agar kitobda yozilganidan yoki tanish bolaning rivojlanishidan orqada qolayotgan bo‘lsa, xavotirga tushish kabi holat juda ko‘p uchraydi. Xavotirlanishga shoshilmang! Boladan xuddi kitoblarda yozilganidek yoki tanishingizning bolasi bilan bir xilda rivojlanishini talab qilib bo‘lmaydi. Xavotirga jiddiy asosingiz bo‘lsa pediatrga murojaat qilsangiz bo‘ladi.

“Rivojlanish boshlanadigan vaqt”ni kutish

Ba’zi ota-onalar farzandimiz rivojlanadigan yoshga yetganda tarbiyani boshlaymiz, deyishadi. Aslida, bola rivojlanishi tug‘ilgan zahoti boshlanadi. Shunga muvofiq, tarbiyani ham tug‘ilgan zahoti boshlash kerak.

Maslahat va yo‘riqnomalarga jiddiy rioya qilishga harakat qilish

Bular asosan ota-onalar uchun yozilgan kitoblarda uchraydi yoki bolaning mehribon buvijonisi yoki boshqa bir tajribali onalar tomonidan aytilgan bo‘lishi mumkin. Ularga ko‘r-ko‘rona ergashib bo‘lmaydi. Chunki farzandingizning o‘ziga xosligi, hech kimga o‘xshamaydigan tomonlari bu yo‘riqnoma va maslahatlarga o‘zgartirishlar kiritishni talab qiladi.

Bola tarbiyasini boshqalarga to‘liq topshirib qo‘yish

Maktabgacha bo‘lgan tarbiya muassasalarining bola rivojlanishidagi o‘rni katta. Lekin aynan siz bajarishingiz kerak bo‘lgan vazifalar baribir saqlanib qoladi. Masalan, bolaga atrofimizdagi dunyo haqidagi bilimlarni faqatgina o‘zingiz bera olasiz va dunyoqarashining to‘g‘ri shakllanishini yo‘lga qo‘yasiz.

Bolani yangi axborotlar bilan charchatish

Bola rivojlanishini tezlatish maqsadida, unga yangidan-yangi narsalarni o‘rgatishda ehtiyot bo‘lish kerak, chunki yangi axborotlarning ko‘pligi bola ruhiyatini charchatib qo‘yishi mumkin.

O‘yinchoqlarni ko‘p olib berish

Bolasini xursand qilish uchun turli xil o‘yinchoqlar olib bergisi keladigan otalar va onalarni tushunish mumkin. Lekin bu narsada ham me’yor bo‘lgani yaxshi. Chunki ko‘p sonli o‘yinchoqlar orasida qolgan bola ulardan zerika boshlaydi, buning ustiga faqat o‘yinchoqlar bilan vaqt o‘tkazgan bolada atrof olam haqida to‘g‘ri tasavvur shakllanmaydi.

G‘amxo‘rlik va nazoratni me’yoridan oshirish

Bola xavfsizligi haqida qayg‘urish albatta, ota-onaning burchi hisoblanadi. G‘amxo‘rlik va e’tiborning haddan ko‘pligi esa bolaning hayot haqida bilim va tajribalar orttirishiga halaqit beradi, bola mustaqil hayotga tayyor bo‘lmagan holda katta bo‘ladi. Shuningdek, nazoratning ortiqcha bo‘lishi bolaning mustaqil qaror qabul qilishga o‘rganishi va shaxsiy fikrining shakllanish jarayonlariga xalaqit beradi. Bolangizning irodali va qat’iyatli shaxs bo‘lib voyaga yetishini xohlasangiz, unga mustaqillik bering.
Manba: Daryo.uz

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: