OVQATDAN ZAHARLANGANDA QANDAY ChORALAR KO`RISh KERAK?
- Категории: Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar
- Название: OVQATDAN ZAHARLANGANDA QANDAY ChORALAR KO`RISh KERAK?
- Дата релиза: 08-08-17, 14:19
Yozning jaziramasida kunlarida oziq-ovqat mahsulotlaridan zaharlanish holatlari ko`p uchraydi. Chunki issiq kunlarda oziq-ovqat mahsulotlari tez buziladi. Qolaversa, dam olish maskanlariga borganimizda turli-tuman ovqatlarni aralashtirib iste`mol qilamiz va natijada oshqozonimizni qiynab qo`yamiz.
Ko`paygan bakteriyalar sababchi
Zaharlanishga oshqozon-ichak tizimida ma`lum bakteriyalarning ko`payib ketishi sababchi bo`ladi. Boshqacha qilib aytganda, bunda oshqozon va ichakda «achish» sodir bo`ladi.
Sut mahsulotlaridan zaharlanish asoratlari yarim soatdan keyin o`zini bildira boshlasa, mevalardan zaharlanish natijasini 2-3 soatdan keyin ko`rishingiz mumkin. Go`shtli yoki yog`li ovqatlar esa sekin hazm bo`lgani bois 3-6 soatdan keyin ta`siri seziladi.
Ko`ngil aynishi, qayt qilish orqali organizm o`zidagi zararli narsalarni chiqarib tashlashga harakat qiladi.
Ba`zi hollarda ich ketishi, bosh og`rishi, tana harorati ko`tarilishi kuzatiladi. Ammo bu har doim ham uchramasligi mumkin. O`z holatini tushuntirib bera olmaydigan bolalarda esa:
ich ketishi, qayt qilish;
lanjlik, yotib olish, rangi o`zgarishi;
og`zidan yomon hid kelishi;
qorni shishishi, qorin g`uldirashi;
uncha yuqori bo`lmagan isitma chiqishi;
ishtaha yo`qligi yoki ortiqcha suv ichish kuzatiladi.
Ich qotiradigan dori vositalari ichganingizdan so`ng 1-2 soat o`tgach ham ich ketishi to`xtamasligi ichak infeksiyasi (dizenteriya)dan dalolat bo`lishi mumkin.
Buyrak, jigar va boshqa ichki a`zolar atrofida og`riq his qilsangiz;
qattiq bosh og`rig`i. Bu ko`pgina kasalliklarning alomati hisoblanadi. Odatda zaharlanganda bosh og`riq kishi qayt qilishi bilan o`tib ketadi.
Yuqori tana harorati, ortiqcha terlash, nafas etmasligi va zaharlanishga xos bo`lmagan holatlar. Chunki bu zaharli yoki zaharli kimyoviy vositalar bilan ishlangan mahsulotlar (qo`ziqorin, noto`g`ri saqlangan konservalar va h.k.) bilan zaharlanish sodir bo`lgan bo`lishi ham mumkin.
Zaharlanishni oddiy behuzurlikka yo`ymang va mustaqil ravishda davolashga ham harakat qilmang.
Zaharlanishda birinchi yordam
Zudlik bilan «Tez yordam» chaqiring!
Ehtiyot bo`ling!
Ko`katlar. Yoz taomlarini ularsiz tasavvur qilib bo`lmaydi. Ko`katlarni iste`mol qilishdan avval bir necha marotaba yaxshilab yuving.
Tuxumda salmonellez bakteriyasi yashirin bo`lishi mumkin. Shu sababli nonushtaga tuxum qaynatmoqchi bo`lsangiz, uni 7 daqiqa qaynating, qovurmoqchi bo`lsangiz, 5 daqiqadan kam vaqt qovurmang. Shuningdek, xom tuxumdan tayyorlangan mahsulotlarni (masalan, kremlar) iste`mol qilish ham tavsiya etilmaydi.
Kartoshka. Yangi chiqqan kartoshka hech qanday zaharlanishga olib kelmaydi. Ammo eski, o`tgan yilgi kartoshkani iste`mol qilishda ehtiyot bo`ling.
Pishloq. Ayniqsa, homilador ayollar yumshoq pishloqlar iste`mol qilmaganlari ma`qul. Chunki pishloqda Listeria bakteriyasi bo`lishi mumkin. U esa homila tushishiga olib keladi.
Muzqaymoq. Erib qolgan yoki erib, qayta muzlatilgan muzqaymoqlarni emang.
Shifokor Behzod Rahimqulov tavsiyalari asosida tayyorlandi.
Kavsar ASHOBOVA
Manba:Darakchi.uz

Смс Шерлар