Главная » Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar » ​​​​​«OY KUNLARI» OLDIDAN TERI PARVARIShI
​​​​​«OY KUNLARI» OLDIDAN TERI PARVARIShI

​​​​​«OY KUNLARI» OLDIDAN TERI PARVARIShI

​​​​​«OY KUNLARI» OLDIDAN TERI PARVARIShI
Hayz oldi kunlari teri ko`rinishida yoqimsiz o`zgarishlar yuz beradi. Yuz terisidagi mayda toshmalar, qichishish, husnbuzar yana teri yog`lashishini aytmaysizmi? To`g`ri, bularning bari gormonal holatga bog`liq. Ammo ana shu kunlarda ham go`zalligimizni saqlab qolishimiz va har doimgidek latofatli ko`rinishimiz mumkin.

2 HAFTA OLDIN

Ayollik gormoni miqdori pasayadi va bu bilan testesteron miqdorining ortishiga zamin yaratiladi. Gormonal holatning o`zgarishi yog` bezlarini faollashtirib, yuzda husnbuzarlar paydo bo`ladi.

ChORASI: pardozni tozalayotganda teri yallig`lanishiga qarshi kosmetik vositalardan foydalaning. Masalan, tarkibida moychechak yoki tirnoqgul bo`lgani vositalar ayni muddao.

BIR HAFTA OLDIN

Yuzning peshona, daxan va yonoq qismlarida toshmalar miqdori ortib, teri tobora yog`lashib boradi. hayz siklining boshlanishiga oz qoldi. Demakki, androgen gormoni ko`proq ishlab chiqilayapti. Yuzingizdagi o`zgarishlar shundan.

ChORASI: avvalo taomlanish tartibini qayta ko`rib chiqing. Uglevodlarni imkon qadar kamaytiring. Bular har qanday turdagi shirinliklardir. Yog`li maxsulotlar ham cheklanishi lozim. hatto, yog`li sut-qatiq maxsulotlari ham tavsiya etilmaydi. Yuzdagi pardozni tozalab olgach, ta`sirchan teri uchun mo`ljallangan skrab yordamida kichik piling o`tkazing.

BIR NEChA KUN ILGARI

Gormonal holatdagi o`zgarishlar yakuniga etmagan bo`lsa-da, asosiy jarayon ortda qoldi. Endigi muammo teri ta`sirchanligining ortishidir. Ahamiyat bergan bo`lsangiz, go`zallik salonlarida depilyasiya, qosh terish muolajalarini o`tkazishdan oldin hayz kunlari to`g`risida so`raladi. Bu paytda teri ta`sirchanligi oshgani hisobiga qosh terish yoki boshqa teri muolajadari o`tkazilmaydi.

ChORASI: agar teri ta`sirchanligi ortib, qichishish, qizarishlar yoki shu kabi boshqa bezovtaliklar kuzatilsa, ta`sirchan teri uchun mo`ljallangan pardoz vositalaridan foydalaning.

HAYZ BOShLANGANIDAN SO`NG...

Balki ahamiyat bermagandirsiz, hayz sikli boshlanib, to`rtinchi-beshinchi kunlarga kelganda teri mayinlashadi. Bezovtaliklar kamayadi. Bu paytda yuz terisini oziqlantiruvchi, namlantiruvchi muolajalarni bajarish mumkin.

hayz kunlaridagi bezovtaliklarni engillashtirish uchun ko`proq suyuqlik iching. Na`matak damlamasi, gazsiz suv, suyuq damlangan ko`k choy, meva va sabzavot sharbatlari ayni muddao.
Agar shirinlikni ixtiyor etsangiz achchiq qora shokolad kayfiyatingizni yaxshilaydi.
Manba: Darakchi.uz

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: