«Oyog`im terlashidan bezdim...»
- Категории: Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar
- Название: «Oyog`im terlashidan bezdim...»
- Дата релиза: 11-05-17, 11:26
– Ko`pdan beri oyoqimdagi noxush hiddan qiynalaman. Qilmagan ishim qolmadi, hisob, bari befoyda. Vannalar, hidli paypoqlar, chayinishni-ku, kanda qilmayman. Menga nimani maslahat berasiz, bu muammodan qanday qilib forig` bo`lishim mumkin? Erkaklardagi oyoq hidlanishining chorasini aytsangiz?..
Savol «SMS» orqali kelgan
Savolga shifokor dermato-venerolog Rustam ZOKIROV javob beradi:
– Inson tanasi bo`ylab tarqalgan ter bezlarining ko`p foizi oyoq kaftida joylashgan. Harakatlanish vaqti oyoqlarda qon aylanishi jarayoni sodir bo`ladi va bu ter bezlarining faollashishi, oyoq kafti terisi haroratining ko`tarilishini paydo qiladi. Organizm o`zgarishlarga sezgir bo`lgani bois, harorat almashinuviga qarshi tezgina himoya tizimini ishga tushiradi. Ya`ni ter ajralishi ortadi. Ter ajralmasining asosiy tarkibi suvdan iborat, shuningdek, xolesterin, turli xil yog` kislotalari va yaroqsiz holga kelgan azot moddalari ham bor. Ter ajratish tizimida biror bir nosozlik yuzaga kelmasa, oyoqdan yoqimsiz hid kelmaydi. Aksi bo`lganida esa ter ajralishi ortib, teri qatlamida yuzaga kelgan yupqa qobig` bakteriyalarning ko`payishi uchun asos bo`lib xizmat qiladi. Bakteriyalar esa o`z navbatida yoqimsiz hidning sababchilaridir.
Asabiylik, stress, surunkali charchoq, kuchli his-xayajon, ichki kasalliklar – ter ajralishini faollashtiradi. Bundan tashqari:
– Nasliy moyillik;
– Infeksion xastaliklar, gormonal holat o`zgarishlar;
– Yassioyoqlik;
– Teri kasalliklari;
– Nerv tizimi patologiyalari;
– Sintetik paypoq, koltgotka, old qismi yopiq, sifatsiz charmdan ishlangan poyabzal;
– Og`ir jismoniy yuklama;
– Qalqonsimon bez nosozligi;
– Achchiq, sho`r, dudlangan eguliklarga mehr qo`yish;
– Zamburug`lar ham muammoning sababchilari bo`lishi mumkin.
Oyoq terlashiga qarshi eng yaxshi chora gigiena qoidalariga rioya etish hisoblanasada, ba`zan shuning o`zi bilan kifoyalanish mushkul. Bunday vaqtda tibbiy ko`rikdan o`tish, kerakli tahlillarni topshirish va oyoq terlashining asl sababini aniqlashtirish lozim. Shundan so`ng bugunga kelib samarali natija ko`rsatayotgan usul – SPA RF qurilmasi yordamida radioto`lqinli muolaja o`tkazilishi mumkin. Mazkur usul ter bezlarini nobud qilmagan holda, ishlash prinsipini yo`lga solish imkonini beradi. Mutaxassis, bemordagi ter ajralish holatiga baho berib, botoks amaliyotini taklif etishi ham mumkin.
N.Ilyosova tayyorladi
Manba: Darakchi.uz

Смс Шерлар