"OYoQ ShIShIShI QALQONSIMON BEZGA BOG`LIQMI?"
- Категории: Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar
- Название: "OYoQ ShIShIShI QALQONSIMON BEZGA BOG`LIQMI?"
- Дата релиза: 14-07-17, 19:50
"Tibbiy tahlillar qalqonsimon bez gormonlarining etarli miqdorda ishlab chiqarilmayotganini ko`rsatdi. Shifokorlarning aytishicha, oyoqlarimdagi shishning sababi shu ekan. Shu rostmi? Qalqonsimon bez gormonlarining oyoq qon tomirlariga qanday aloqasi bor?"
Savol «SMS» orqali kelgan Savolga shifokor-endokrinolog Dilfuza ORTIQOVA javob beradi: – Qalqonsimon bez faoliyatining sustligi gipotireoz deyiladi. Bu holatda moddalar almashinuvi buziladi va to`qimalarda suyuqlik to`planadi. Bemorda shishlar kuzatilishi mumkin. Shishlar nafaqat oyoqda balki butun tana bo`ylab tarqalib, zich ko`rinishda bo`ladi. Ya`niki qo`l bilan paypaslanganida terida qattiqlik seziladi. Mazkur holatdagi shishlarning tomir kasalliklariga aloqasi yo`q. Ko`rib turganingizdek, qalqonsimon bez faoliyatidagi buzilishlarda shishlar butun tana bo`ylab yoyiladi, sizda esa faqat oyoq qismida yuzaga kelgan. Fikrimcha, o`zgarishlarga aniqlik kiritish uchun kardiolog shifokor ko`rigi zarur. Tanangiz holatiga ham diqqat qiling, shishlar yo`qmi? Gipoteriozni istisno etish maqsadida gormonlar tahlili o`tkazilgani ma`qul. Mabodo tibbiy xulosa hech qanday patologiyani ko`rsatmasa, yurak tekshiruvi bajariladi.
Manba: Darakchi.uz

Смс Шерлар