Главная » Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar » ​OZAMAN DEB, YoLG`ONLARGA ALDANIB QOLMANG!
​OZAMAN DEB, YoLG`ONLARGA ALDANIB QOLMANG!

​OZAMAN DEB, YoLG`ONLARGA ALDANIB QOLMANG!

​OZAMAN DEB, YoLG`ONLARGA ALDANIB QOLMANG!
1. Ozish uchun sport zaliga qatnash shart!

Shart emas. Ortiqcha santimetrlardan qutilish uchun organizni holdan toydirish noto`g`ri. Kanadalik olimlarning aniqlashicha, mashg`ulot davomida tinim bilmay mashq qilganlardan ko`ra, biroz tin olib, shug`ullanganlar ancha tezroq ozisharkan. Tanani zo`riqtirish faqat ziyon keltirishi mumkin. Hamma narsada me`yor yaxshi-da.

2. Nonushta engilgina bo`lsin!

Kembrij universiteti tadqiqotchilari agar nonushta bir kunda iste`mol qilinadigan kalloriyaning 50 foizini o`z ichiga olsa, vaznni me`yorida ushlab turish ancha oson kechishini ta`kidlashmoqda. Agar nonushtaga baquvvatroq taomlardan tanovul qilsangiz, ularni hazm qilish uchun organizmingizga etarlicha vaqtga ega bo`ladi. Nonushtadan voz kechish esa ortiqcha santimetrlarga olib kelishi tayin ekan.

3. Hammom va sauna vazndan xalos etadi.

Ovqatlanishni to`g`ri yo`lga qo`ymas ekansiz, hech bir vosita santimetrlaringizni kamaytirishga yordam bera olmaydi. Saunalarda esa faqatgina tanadagi suv chiqib ketadi. Shuning hisobiga ozgandek qo`rinasiz. Lekin ichgan ichimliklaringiz uning o`rni osongina to`ldirib qo`yadi.

4. Surgi va peshob haydovchi dorilar yordam beradi?!

Ichaklar organizning doim faol harakatda bo`luvchi qismidir. Shu sababdan ham ularda yog` to`planib qolmaydi. Demak turli surgi va peshob haydovchi dori vositalari ichaklarda asli mavjud bo`lmagan yog`ni chiqarib tashlashga qodir emas. Surgi dorilar ma`lum muddatga foyda berishi mumkin, ammo keyin tez suratlarda ortiqcha vazn yig`ila boshlaydi.

5. Yog`li taomdan butunlay voz kechish darkor!

Yo`q. Shunchaki yog` va shakarli mahsulotlarni birgalikda tanovul qilmaslik lozim. Masalan, oddiygina yogurtda ham shakar, ham yog` bo`lgani uchun ba`zida qora shokoladdan ham kalloriyasi ko`proq bo`lishi mumkin.

6. «Moddalar almashinuvi sekinlashgani uchun ozolmayapman!»

Aslida teskarisi, semiz kishi harakatlanish davomida ozg`inlarga qaraganda ko`proq kuch sarflaydi. Tadqiqotlar esa vaznning ortib borishi metobolizmga emas, kam harakatlilikka bog`liq ekanligini ko`rsatadi.

7. Mashq qilgach, istalgan taomni esa bo`ladi!

Bir dona buterbrodning kaloriyasini ketkazish uchun mashq zalida naqd bir soat shug`ullanish talab etiladi. Agar jismoniy mashqlar bilan shug`ullanish davomida ovqatlanish tartibini o`zgartirmas ekansiz, erishgan natijangiz mavjud vaznni saqlab turishdan iborat bo`ladi xolos.
Manba: Darakchi.uz

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: