Ozayotganlar qiladigan eng katta xato
- Категории: Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar
- Название: Ozayotganlar qiladigan eng katta xato
- Дата релиза: 15-05-14, 13:40
Ozish niyatida biron
bir dieta yoki
jismoniy mashg'ulot
qilayotgan odam bir
narsaga umuman
ahamiyat bermaydi.
Bu - mushaklardir. Ozish
jarayonida birinchi navbatda
mushaklar ozadi. Biz o'ylagandek
yog'lar emas.
Mushaklar ozish natijasida
organizmda kuch qolmaydi, qo'l va
oyoqlarning ozgan qismi osilib
qoladi va hokazo. Haqiqiy ozish va
undan keyin chiroyli jismoniy
holatga ega bo'lish uchun
yog'larni ozdirish zarur.
Yog'lar esa osonligicha ketmaydi.
Yog'larni yo'q qilish uchun albatta
jismoniy mashg'ulot qilish zarur.
Lekin ushbu jarayonda
mushaklarni yaxshilab
oziqlantirish talab etiladi.
Mushaklar uchun eng foydali va
kerakli ozuqa - bu oqsildir. Oqsillar
go'shtta bor bo'lgani bilan
go'shtta yog'lar ham juda ko'p
bo'ladi. Shuning uchun
ozayotganda tovuqning yog'i
bo'lmagan ko'krak qismi oq
go'shtini iste'mol qilish maqsadga
muvofiq bo'ladi. Aynan shu oq
go'shtidan kuniga kamida 200
gramm yeyish talab etiladi. Hozirgi
kunda oqsil bilan boyitilgan
maxsus kokteyllar ham mavjud.
Ozish davomida organizmga
yetarlicha oqsil moddasi kirsa,
mushaklar kuchayib terini
osilmasligiga yordam beradi,
jismoniy mashg'ulotlar natijasida
yog'lar kamayadi, dieta davomida
esa yog'lar yo'q bo'lib, mushaklar
hajmi pasaymaydi. Natijada
tananing ko'rinishi chiroyli shaklga
ega bo'ladi. Undan tashqari
ozgandan so'ng ko'pincha
kuzatilganidek biroz vaqt o'tgach
yana semirib ketish yuzaga
kelmaydi.