Главная » Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar » Oziq-ovqatlarni yangi holatda saqlashning 6 usuli
Oziq-ovqatlarni yangi holatda saqlashning 6 usuli

Oziq-ovqatlarni yangi holatda saqlashning 6 usuli

Oziq-ovqatlarni yangi holatda saqlashning 6 usuli
Oziq-ovqatlarni g‘amlab qo‘yar ekanmiz, biz ular uchun eng muvofiq saqlash sharoitini yaratishga harakat qilamiz. Uzoq vaqt yangi holida turishlari bilan bir qatorda ular foydali xossalari va vitaminlarini ham saqlab qoladi.

Lekin uzoq vaqt saqlanayotgan oziq-ovqatlardan foydalanishda organizmga zarar keltirmasliklari uchun juda ehtiyotkorlik talab etiladi. Buning uchun oziq-ovqatlarning uzoq saqlanishiga yordam beruvchi bir necha usullarni bilib olishingiz zarur bo‘ladi.

Muzlatilgan sut

Agar sizda ishlatilmasdan ortib qolgan sut bo‘lsa, achib qolishini kutib o‘tirmang — uni muzlating. Buning uchun oldindan toza idishga quyilgan yangi sut bo‘lishi kerak. Sut bunday holatda 6 haftagacha saqlanadi.

Salat barglarini qog‘ozga o‘rang

Salat barglari juda tez so‘lib qoladi. Ularni qog‘ozga o‘rab qo‘ysangiz, uzoq vaqtgacha yangi holini saqlab turadi. Hatto oddiy gazeta qog‘ozi ham namlikni shimib olish bilan zamburug‘lar va bakteriyalarning tarqalib ketishi oldini oladi.

Ko‘k piyozni suv solingan idishga joylaymiz

Ko‘k piyozni tuproq va qurigan po‘stlardan tozalab, suv solingan idish ichiga qo‘yish orqali uning umrini 2 haftagacha uzaytirish mumkin.

Ko‘katlarni shisha banka ichida saqlaymiz

Ko‘katlarni yangiligicha saqlash uchun ularni quruq banka ichida saqlash lozim. Ko‘katlarni kesamiz va banka ichiga joylaymiz. Natijada yangi va chiroyli ziravorga ega bo‘lamiz.

Asalni shisha bankada saqlaymiz

Haqiqiy tabiiy asalni saqlash muddati chegaralanmaydi. U o‘zining tarkibidagi mikroorganizmlardan himoya qiluvchi moddalar tufayli yillar davomida yangi holini saqlab turadi.

Asalni sovitgichda saqlash uning vaqtidan oldin kristallanishiga va uni bankadan chiqarishning qiyinlashishiga olib keladi. Asal uchun eng muvofiq idish shisha hisoblanadi.

Olmalarni sovitgichda saqlaymiz

Olmalarni saqlash oson, sovitgichda esa uning saqlanish muddatini bir necha oygacha uzaytirish mumkin. Asosiysi — mevalarni bir-biridan ajratib qo‘yish kerak, chunki ular bir-biriga tegishi natijasida chirish jarayonlari boshlanadi. Yaxshisi olmalarni gazetaga o‘rab qo‘ygan ma’qul.
Manba: Daryo.uz

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: