OZMOQChI BO`LGAN XONIMLAR DIQQATIGA!
- Категории: Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar
- Название: OZMOQChI BO`LGAN XONIMLAR DIQQATIGA!
- Дата релиза: 12-09-17, 11:40
Dugonalaringiz tavsiya etgan parhezlar, jismoniy mashqlarni to`g`ri bajarasiz-u, biroq natijasi hadeganda bilinavermaydimi? Qaerda xato qilayotganingizni bilishni istaysizmi? U holda dietolog maslahatlari bilan tanishing.
Nima maqsadda parhez tutiladi?
Parhez tutishdan maqsad organizmda ortiqcha yog` to`qimalari yig`ilishining oldini olish va yo`qotish, yog` hamda uglevodlar almashinuvini normallashtirish, ortiqcha vaznni kamaytirish, semizlik asoratlari rivojlanishi, ateroskleroz, yurak ishemik xastaliklarining oldini olishdir. Ozishni istasangiz, albatta shu kabi omillarni hisobga olib, aniq maqsadni belgilab oling.
Bir kunda necha marta ovqatlanish kerak?
Іar kimning organizmi o`ziga xos. Ya`ni moddalar almashinuvi tezligi kimdadir tez bo`lsa, kimdadir nisbatan sekinroq. Ertalabki soat oltidan kunduzgi o`n ikkilarga qadar organizmdagi moddalar almashinuvi tezlashgan sur`atda bo`lsa, kechki 18:00 dan keyin bu tezlik birmuncha sekinlashadi. Bundan kelib chiqib aytish mumkinki, ozish istagida bo`lganlar kechki vaqt og`ir hazm bo`luvchi tanovuldan voz kechishlari darkor. Bir kunlik tanovul vaqti taxminan ertalabki nonushta (shart!) bilan boshlanib, eng so`nggisi kechki soat 19:00 da yakunlangani ma`qul. Kun davomida to`yish hissini sezish uchun etarli miqdorda oz-ozdan besh marotaba ovqatlanish tartibi me`yordir.
Qanday mahsulotlar istisno qilinadi?
Non va un mahsulotlari: oliy va birinchi navli non, yog`li va uvalanib ketadigan xamirdan tayyorlangan mahsulotlar;
Go`sht va go`sht mahsulotlari: qo`y, mol va parranda go`shtlarining yog`lilari, kolbasa, dudlamalar, yarim tayor mahsulotlar;
Baliq go`shti: yog`li, o`ta qovurilgan, dudlangan hamda quritilgan sho`r baliq go`shtidan tayyorlangan mahsulotlar, baliqli konservalar;
Sut-qatiq mahsulotlari: yog`li tvorog va smetana, qaymoq, quyultirilgan sut, shirin yogurt, sho`r pishloq, brinza, sho`r qurut;
Meva va sabzavotlar: anjir, kivi, banan, marinadlangan va tuzlangan sabzavotlar;
Ichimliklar: uzum, o`rik va boshqa mevalardan qilingan shirin sharbatlar, kvas, limonad, kakao, gazlangan ichimliklar.
Taomnomaga kiritiladigan mahsulotlar
Ozishni istaganlar uchun to`g`ri tanlangan taomnoma g`alabaning yarmi, degani. Jumladan, bunday taomnomada javdari va bug`doy noni, oqsilli-kepakli, donli va dag`al ishlov berilgan undan tayyorlangan non mahsulotlari (kunlik miqdori 100-150 gr), sabzavotlardan tayyorlangan qaynatma sho`rvalar (250-300 gr.gacha) bo`lishi mumkin. Yog`siz go`shtlarni iloji boricha qaynatilgan, bug`da tayyorlangan, toblangan holda iste`mol qilish tavsiya etiladi (kunlik miqdori 150 gr.gacha). Shuningdek, yog`siz sut-qatiq, tuzsiz pishloq, oshqovoq, karam, bulg`or qalampiri, cheklangan miqdorda kartoshka, sholg`om, yashil no`xat kabilarni ham taomnomaga qo`shish mumkin.
Suyuqlik miqdori qancha bo`lishi kerak?
Aksariyat ayollar «suyuqlik ko`p ichsam, ochlik hissi yo`qoladi», deyishsa, kimlardir «ko`p suv ichish ham semirtiradi» deb hisoblaydi. Aslida esa har 450 gr. vazn o`lchamiga 14 gr. suyuqlik to`g`ri kelishi kerak. Ozishni istaganlar uchun esa bu o`lchovga yana 500 ml. qo`shiladi. Masalan, tana vazningiz taxminan 80 kg. bo`lsa, uni 450 ga bo`lib, 14 ga ko`paytiramiz. Natijasi esa bir kunda 2,5 litr suyuqlik ichish kerakligi bilan izohlanadi. Tana vaznini kamaytirishni istasangiz, ichimliklardan mevali ko`k choy, sutli choy, engil sutli qahva, meva va sabzavotli sharbatlar, na`matak damlamasi kabilarni tanlang.
Ozib turib, birdan semirish sababi nimada?
Asosiy sabab noto`g`ri tanlangan tartibda. Aytaylik, «Shu bugundan parhezdaman» deb, bir necha hafta ma`lum turdagi dasturlarga rioya qilasiz-u, so`ng tashlab qo`yasiz. Yoki tana vazningiz kamayayotganini sezishingiz bilan barcha harakatlar unut bo`ladi. Buning natijasida esa organizm endi ko`nikayotgan tartibdan chiqib, yana avvalgi holiga qaytadi. Qolaversa, jismoniy mashqlarsiz qomatingizni kerakli o`lchamga keltirishingiz ham mushkul. Shu bois kerakli vaznga ega bo`lganingizdan so`ng ham me`yorni unutib qo`ymang.
Jismoniy mashqlar zarurmi?
Jismoniy mashqlarni hatto parhez tutmasdan turib ham bajarish foydadan xoli emas. Ayni ozish harakatlari bilan birga olib boriladigan jismoniy mashqlar esa natijani yanada mustahkamlaydi. Sport zallarigi qatnashga imkon topilmasa, hech bo`lmaganda ertalabki badantarbiya mashqlarini kanda qilmang. Bunda ham organizmdagi qon aylanishi yaxshilanadi, ham kayfiyatingiz ko`tariladi.
Oliy toifali shifokor-dietolog Manzura MURODOVA tavsiyalari asosida Dildora YuSUFBEKOVA tayyorladi.
Manba: Darakchi.uz

Смс Шерлар