Главная » Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar » OZMOQChIMAN. HAMMOMGA BORAYMI, SUZIShGAMI?
OZMOQChIMAN. HAMMOMGA BORAYMI, SUZIShGAMI?

OZMOQChIMAN. HAMMOMGA BORAYMI, SUZIShGAMI?

OZMOQChIMAN. HAMMOMGA BORAYMI, SUZIShGAMI?
Bir necha oydan keyin katta opamning to`yi. Ungacha besh kilocha ozsam degandim. Bir tanishim hammomga borib, bir oy ichida besh kiloga ozganini aytdi. Boshqa tanishim bo`lsa, suv havzasida shug`ullanishni tavsiya qilayapti. Haftasiga to`rt marta hammomga borsam ham, bir oy suv havzasiga qatnasam ham, o`rta hisobda bir hil mablag` sarflar ekanman. Aytingchi, bu usullarning qay biri samaraliroq?

Nargiz

Yog`dan xalos bo`lamizmi, suvdanmi?

Ko`pchilik yuqori haroratda teri ostidagi yog`larni eritish mumkin, deb o`ylaydi. Hatto, hammomga kirishdan avval va chiqqandan keyin taroziga turib, bir necha kilogrammdan xalos bo`lganini ta`kidlaydiganlar ham topiladi. Chindan ham tarozi o`qi biroz orqaga surilishi mumkin. Ammo jarayon organizmdan ter oraqali chiqib ketgan suyuqlik hisobiga kechadi. Tana suv balansini tiklab olganidan keyin hech narsa ko`rmaganday yana avvalgi holiga qaytadi. Aslida, bu fiziologik jihatdan normal holat. Shuning uchun chinakamiga ozishni istagan do`mboqlar amaliyotdan keyin kutilgan natijani sezishmaydi. Biroq so`zlarimizdan bu usul butunlay besamar ekan degan xulosaga kelmang. Agar bir muddat vazningiz kamaymay, “qotib” qolgan bo`lsa, aynan hammom va saunalar sizga yordam beradi. Chunki issiq harorat ta`sirida tana biroz stress holatiga tushib, odatiy vazn o`zgarishini rag`batlantira boshlaydi. Shundan keyin jismoniy mashqlarga murojaat qilsangiz, natija uzoq kuttirmaydi. Agar har ikki yo`nalishni to`g`ri moslashtira olsangiz, santimetrlaringiz jadalroq yo`qoladi.

Karbonat natriy + issiq suv

Internet tarmog`ida keng tarqalgan usullardan yana biri esa vannani issiq suvga to`ldirib, unga bir quti iste`mol sodasini solgancha vanna qilish. Amaliyotni qo`llab ko`rganlar natija yaqqol sezilganini ta`kidlashadi. Biroq bu safar ham vazndagi o`zgarishlar terlash orqali chiqib ketgan suvga borib taqaladi. Ammo sodali vannalar u qadar beziyon deb ham bo`lmaydi. Chunki inson terisining yuza qismida himoyalovchi yog`dan iborat yupqa plyonka qatlami mavjud. Iste`mol sodasi ta`sirida esa mana shu plyonkaga ziyon etadi. Oqibatda turli teri xastaliklari, ekzema, qizarish, achishish yuzaga keladi. Doimiy sodali vannalar terining tez qarishiga, ajin tushishi va turli toshmalarga sabab bo`lishi mumkin.

Kontrast dush

Suv haroratining keskin o`zgarishi natijasida mushaklar qisqaradi va tanada qon aylanishi jadallashadi. Demak moddalar almashinuvi ham o`z o`zidan tezlashadi. Shuning uchun bu muolajani boshqa mashqlar bilan birgalikda amalga oshirsangiz kutilgan natijaga erishasiz. Agar faqat kontrast dushning ko`magiga ishonib qolsangiz, o`zingizdan o`pkalayvering. Mutahassislar amaliyotni haftada ikki marta qo`llashni tavsiya etishadi.

Eng samarali chora suzish!

Qomatni qisqa fursatlar ichida chiroyli ko`rinishga keltirish uchun eng maqbul chora suzishdir. Chunki suzganda tananing hamma mushaklari baravariga harakatga keladi. Bir soat suvda suzgan kishi 400 kkal.dan xalos bo`ladi. Eng muhimi esa terining osilib qolishi, sellyulit kabi muammolardan uzoqda bo`lasiz. Lekin ko`zni quvontiradigan natijaga erishish uchun haftada uch marta bir soatdan shug`ullanish va albatta to`g`ri ovqatlanish tartibiga rioya qilish lozim.

MAFTUNA tayyorladi.
Manba: Darakchi.uz

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: