Ozmoqchiman, lekin shirinliksiz yashay olmayman!
- Категории: Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar
- Название: Ozmoqchiman, lekin shirinliksiz yashay olmayman!
- Дата релиза: 24-12-17, 16:09
Bir bo`lakkina shokolad eyishga qaror qilasizu hammasini paqqos tushurgandan keyin xushingizni yig`ib olasizmi? Nafaqat sho`rvalarni, balki osh, va hatto mantini ham nonsiz tanovul qila olmaysizmi? Eng yomoni, eb bo`lgandan keyin o`zingizni badnafslikda ayblab yurasizmi? Ehtimol sizda uglevodga qaramlik bordir? Єomat va salomatlikka ziyon keltiruvchi bunday qaramlik va undan xalos bo`lishning oson yo`llari bilan dietolog Dmitriy VDOVIN tanishtiradi.
Birinchi galda tan olish kerak
Ko`pchiligimiz shirinlikni xush ko`ramiz va bu normal holat. Faqat uni iste`mol qilishda me`yor chegaralaridan chiqish kerak emas. Agar mana shu chegaraga yaqin qolganingizni tushunishga qiynalsangiz, yoki undan o`tib ketgandan so`ng sergak tortsangiz sizda uglevodga qaramlik mavjud. Birinchi galda buni tan olishingiz lozim! Xo`sh, shakar va nonsiz yashay olmasligingizni tan oldingizmi? Endi ular tarkibidagi moddalar organizmingizni qay ko`yga solishini ko`z oldingizga keltiring. Tez singuvchi uglevodlar tanaga tushganidan keyin insulin gormoni ishlab chiqariladi. Insulin uglevodlarni miya va boshqa organlarga etkazib beradigan «dallol» gormondir. Shuningdek, u qondagi qand miqdorini ham nazorat qilib turadi. Biroq qand miqdori ko`payib ketgani uchun insulin ham juda ko`p miqdorda ishlab chiqariladi. Keyin insulin ko`payib ketadi-da, qand kamayadi, organizm yana va yana shirinlik talab qila boshlaydi. Xullas, xosil bo`lgan zanjirdan chiqolmay tanamizning moddalar almashinuvi buziladi. Єondagi qandni insulin jigarga haydaydi. Jigar uni qayta ishlab bel va boshqa a`zolarda to`planib qoladigan yog`ga aylantiradi.
Davolamasa-chi?
Shirinlik va non faqatgina qomatimga ziyon etkazadi deb o`ylasangiz adashasiz. Ortiqcha vazn aysbergning uchi, xolos. Uzoq yillik tajribaga ega shirinlikxo`rlar esa ateroskleroz, yurak-qon tomir kasalliklari hamda qandli diabetni orttirib olishlari hech gap emas. Yodingizda bo`lsin, bu kasalliklar bilan butun umr kurashishingizga to`g`ri keladi. Siz shunga rozimisiz? Yo`q, desangiz davo choralarini ko`rishni kechiktirmang.
«Nega muzlatgich chorlayverarkin-a?»
Aslida, ikki sabab tufayli muzlatkichning atrofida girdikapalak bo`la boshlaymiz. Birinchisi psixologik sabab. Bunda organizmimizga endorfinlar etishmaydi. Ya`ni tana o`ziga kerakli endorfin gormonini aynan shirinliklar orqali olishga harakat qiladi. Masalan, qattiq asabiylashdingiz yoki qo`rqdingiz tinchlanish uchun biror narsa eb olmasangiz o`zingizni hotirjam his etolmaysiz. Bunday hollarda shirinlik yoki non emas, masalan, magniy mikroelementi bilan boyitilgan mineral suv iching yoki grechixa, suli yormasidan tayyorlangan taomlarni iste`mol qiling. Ikkinchisi biologik qaramlik bo`lib, u organizmda xrom etishmaganida yuzaga keladi. Demak, shifokor tavsiyasiga ko`ra xrom saqlovchi biologik faol qo`shimchalarni iste`mol qilish lozim yoki taomnomaga brokolli, go`sht, jigar va dukkakli o`simliklardan kiritish kerak.
«Nonsiz ovqatlanolmayman...»
Uglevod deganda faqtagina shakar va oq qandni tushunish kerak emas. Oq non, tabiiy va sun`iy sharbatlar, qovurilgan kartoshka va hatto qaynatilgan guruch ham ulevodlar ro`yxatining dastlabki qatorlarida turadi. Jiddiy kirishgan inson taomnomasidan shakarni butunlay o`chirishi mumkin, biroq nonsiz, hatto, osh eyolmaydiganlar ko`plab topiladi. Olimlar non tarkibida ekzorfin degan modda mavjudligini aniqlashdi. Aynan shu modda chegarani buzib o`tishimizga majbur qilarkan. Agar bir bo`lak non va bir qoshiq shakar taqqoslansa, non qondagi qand miqdorini shakarga nisbatan bir necha barobar tezroq ko`tarishga qodir. Demak, oq non ham tanamizni shakardan kam zaharlamaydi.
Sharbat, asal, qo`ng`ir shakar. Іammasi zararli
Barchamiz yaxshi biladigan tabiiy va sun`iy sharbatlar ham uglevodlarning koni sanaladi. Ortiqcha santimetrlar bilan kurashishga kirishgan xonimlar va janoblar sharbatdan ko`ra sarxil mevalardan iste`mol qilganlari ma`qul. Chunki sharbat orqali qabul qilingan uglevodlar juda tez singadi, mevalarni hazm qilish uchun esa istaymizmi, yo`qmi quvvat sarflaymiz. Jiddiy kirishganlarga asal ham tavsiya etilmaydi. Chunki uning tarkibi toza glyukozadan iborat. Shuningdek, foydali deya ta`rifu tavsifi keltirilgan qo`ng`ir shakar ham o`zimiz bilgan oq shakardan kam ziyon keltirmaydi. Aksincha, u oq shakarning ishlov berilmagan arzon turidir. «Foydali» deb o`ylashimizda esa marketologlarning hizmatlari katta.
MAFTUNA tayyorladi.
Manba: Darakchi.uz

Смс Шерлар