OZMOQChIMAN. LIPOSAKSIYa YoRDAM BERADIMI?
- Категории: Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar
- Название: OZMOQChIMAN. LIPOSAKSIYa YoRDAM BERADIMI?
- Дата релиза: 18-08-17, 20:42
Go`zal chehra va alifdek qomat sohibasi bo`lishni kim ham istamaydi, deysiz. Biroq atrofimizda qaddi-qomatidan qoniqmaydigan sanamlar talaygina. Ish shu darajaga borib etadiki, bu tavakkalchi xonimlar jarrohlik muolajalariga hech ikkilanmay murojaat qilishmoqda. Liposaksiya jarrohlik amaliyotining tobora ommalashib borayotgani esa fikrimizning yaqqol isboti. Xo`sh, bu muolaja qanchalik samarali? Kimlarga mumkin-u, kimlarga tavsiya etilmaydi? Savollarimizga tibbiyot fanlari nomzodi, oliy toifali plastik jarroh Hamidulla ASADOV javob beradi.
Turlari va narxi bilan tanishing
Liposaksiya — qomatni korreksiya qilishga qaratilgan jarrohlik operasiyasi bo`lib, sodda til bilan aytganda, mijozni bezovta qilayotgan tananing ma`lum qismidagi ortiqcha yog` qatlamini olib tashlash usuli degani. Amaliyotning an`anaviy, tumessent, ultratovushli, radioto`lqinli, lazerli, vibrasion usullari tibbiyotda keng tarqalgan. Bugungi kunda esa ko`pchilik shifokorlar aynan tumessent liposaksiyada to`xtalishmoqda. Muolaja davomida teri ostiga maxsus aralashma yuborilib, emulsiya ko`rinishiga kelgan yog` vakuum yordamida so`rib olinadi. Yog` qatlami yupqa bo`lganida esa lazerli turini qo`llash tavsiya etiladi. Umuman olganda, jarrohlikning turini mijozning xohishi, salomatligi va qomatidan kelib chiqqan holda shifokor tanlagani afzal. Narxlari ham qancha miqdordagi yog`dan qutulishni istashingizga ko`ra belgilanadi. O`rtacha bir bor jarrohlik stoliga yotib 400 000 dan 2 500 000 so`mgacha pul xarjlashingiz mumkin.
Qaysi sohalarga qo`llaniladi?
Agar baqbaqa, bo`yin, yonoqlar, kurak osti sohasi, bel, ichki va tashqi bo`ksa, boldir, elka va qorindagi yog`lardan aziyat chekayotgan bo`lsangiz, liposaksiya aynan shu sohalarni korreksiya qilishiga diqqatingizni qaratamiz.
Yoshning ahamiyati bormi?
Bu jarrohlik turi sog`lom insonlarda 18 yoshdan 55–60 yoshgacha amalga oshirilishi mumkin. Operasiyadan oldin kerakli barcha qon tahlillari topshirilib, shifokor ko`rigidan o`tish shart.
Qarshi ko`rsatmalari bor!
Agar mijozni tomirlarning varikoz kengayishi, tromboflebit, ichki a`zolar kasalliklari, qandli diabet, onkologok xastaliklar, qon ivishi bilan bog`liq muammolar, infeksion kasalliklar, gipertoniya va yurak-qon tomir kasalliklari bezovta qilsa, liposaksiya amaliyotini o`tkazish mumkin emas. Shuningdek, jarrohlik umumiy narkoz ostida bajarilishini ham inobatga olib qo`ying.
Operasiyadan keyin...
Tiklanish jarayoni har kimda turlicha kechadi. Ba`zi insonlar 2 kundan keyin ishga chiqib ketsalar, boshqalarga 8–10 kun talab etiladi. Reabilitasiya davri davolovchi shifokor ko`rsatmalari asosida o`tishi shart.
«Qaytadan yog` to`plansa-chi?»
Tig` ostiga yotishdan avval har bir insonni natijaning barqarorligi qiziqtirishi tabiiy. Jarrohlik muvaffaqiyatli o`tgan taqdirda, sog`lom turmush tarziga amal qilinsa, liposaksiyaning ta`siri juda uzoq muddat saqlanib qoladi. Chunki 25 yoshdan keyin yog` hujayralari bo`linib ko`payishdan to`xtaydi. Biroq noto`g`ri ovqatlanish va kam harakatli turmush tarzidan voz kechmasangiz, yog` hujayralari eniga o`sishi mumkin. Operasiya davomida olib tashlangan yog` qatlami esa qayta tiklanmaydi.
Liposaksiya – ozish usuli emas!
Liposaksiya yordamida ortiqcha yog` qatlamidan forig` bo`lib, qomatni raso ko`rinishga keltirish mumkin. Biroq tanadagi yog` juda ko`p bo`lsa, bu usul samara bermaydi. Odatda shifokorlar bir martada 200 ml.gacha yog`ni olib tashlashni tavsiya etishadi. Lekin zamonaviy tibbiyot 1.5–5 litrgacha yog`dan xalos bo`lish imkonini beradi. Ammo bilib qo`ying, yog` qatlami (ayniqsa, qorin atrofida yig`iladigan turi) ma`lum gormonlarni ishlab chiqarishda ishtirok etadi. Ulardan birdaniga forig` bo`lish esa nafaqat terining osilib qolishiga, balki salomatligingizga ham ziyon etkazishi mumkin! Ortiqcha vazn muammosidan esa faqat sog`lom turmush tarziga rioya qiligan taqdiringizdagina xalos bo`lasiz.
Zilola PO`LATOVA tayyorladi.
Manba: Darakchi.uz

Смс Шерлар