Ozsam, erim qaytadimi?
- Категории: Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar
- Название: Ozsam, erim qaytadimi?
- Дата релиза: 16-10-18, 22:22
— Turmushga chiqqanimga o`n yildan oshdi. Ikki farzandning onasiman. Oila qurmasimdan oldin qomatim risoladagidek edi. Hozir esa ko`zguga qarab o`zimni taniy olmayman. Yoshimning katta ko`rinayotgani, ortiqcha vazn sabab kelib chiqadigan noqulayliklar ham o`z yo`liga. Erim xiyonat ko`chasiga kirgan. To`lishib ketganim uchun mendan ko`ngli qolgan. Hatto, buni bir necha bor tan oldi. Men avvalgi holatimga qaytsam, uning ham munosabati oldingidek bo`lishiga ishonaman. Biroq hech ozish uchun harakat qila olmayapman... Na ovqatdan, na shirinlikdan o`zimni tiya olaman. Mashq qilishga-ku hafsala yo`q. Nazarimda, ruhshunos ko`magiga muhtojman.
Gulzoda, 32 yosh
Uch-to`rt ayol yig`ilgan joyda, albatta, ulardan bittasi to`lishib ketayotganidan yozg`iradi. Hatto, qomati oydekkina bo`lsa-da. Ortiqcha vazn sohibalari-ku bu mavzuda uzoq dardu hol qilishlari mumkin. Albatta, hammasi emas. Ba`zilarining to`lachaligi parvoyiga ham kelmaydi, atrofdagilar ham ularning do`mboqliklariga e`tibor qaratishmaydi. Nega shunday? Ruhshunos Shahnoza XALILOVA bilan semirishning psixologik sabablari va ozish yo`llari haqida suhbatlashamiz.
Hammasiga depressiya sabab?!
Har bir organizm o`ziga xosdir. Semirishga sabab bo`luvchi faktorlar ham turlicha. Gormonal o`zgarish, gormonlar qabul qilish, tug`ruq, yosh ulg`ayishi va hokazolar. Kamharakatlilik va taomga bo`lgan nosog`lom munosabatni psixologik sabab sifatida ko`rsatishimiz mumkin.
Bilasizmi, semizlik dunyo miqyosida kuzatilayotgan muammo. Zamon rivojlangan, harakatlar kamayib, qulayliklar ko`paymoqda. Kiyim kechaklarimizni kir mashina yuvyapti, xonimlar taomni «qaynar xumcha»da pishiradi, yarim tayyor ovqatlar har qadamda uchraydi, kafe-restoranlarda ovqatlanishga odatlanib boryapmiz. Ayniqsa, Amerika va Evropada yashovchilar orasida semizlarning ko`pligi bunga yaqqol misol.
Nega bir xil taomlanayotgan, bir xil harakatlanayotgan ikki odamning biri semirib ketadi-yu, ikkinchisining vaznida o`zgarish bo`lmaydi, degan savol nafaqat sizni, olimlarni ham o`ylantirgan. Qaysidir tana semirishga moyil bo`ladi, qaysidiri esa yo`q. Izlanishlarga ko`ra, genetik xotira o`z so`zini aytarmish. Ota-bobolarimiz urushni, ocharchilikni boshdan kechirgan. Shuning hisobiga organizmimiz g`amlashga odatlangan. Xuddi ayiqlar tanasida yog` yig`ib, qishlagani kabi. Albatta, bular ilmiy isbotini topmagan g`oyalar.
Psixologik faktorlarga qaytadigan bo`lsak, stress tufayli kimningdir vazni oshsa, kimdir cho`pdek ozib ketadi. Yana o`sha individuallik.
O`zingizga ma`lum, depressiyaga tushgan kishining ko`ngliga qil sig`maydi. Ayniqsa, ayollarda bu ko`zga tashlanadi. Yasan-tusan qilishga xohish yo`q, aksariyati cho`zilib yotsam, deydi. Aslida kishi harakatlanganda yotgandan ko`ra kamroq energiya sarflaydi. Lekin buni ko`pchilik bilmaydi. Quvvat bo`lsin, tezroq tiklanay deb, «kuchli-kuchli» taomlanishga o`tadi. Oshqozonosti bezi haddan ziyod shira ishlab chiqarganidan ishtaha karnay bo`lib boraveradi. Ayniqsa, shirinlik bilan kayfiyatni ko`taraman degan o`yda santimetrlarga santimetrlar qo`shuvchi shirin pishiriqlarni paqqos tushirganingizni bilmay ham qolasiz.
«Nega ovqatdan o`zimni tiya olmayman?»
«Taroziga chiqsam, ko`nglim orqaga tortib ketsa-da, sevimli libosimga sig`masam-da, hali erim, hali onam «Kundan-kun to`lishyapsan» deya tanqid qilishsa-da, ovqatdan o`zimni tiya olmayman!» Tanish jumlami? Gap faqat quyuq ziyofat dasturxonlari, ko`z oldingizda «Meni e» deya chorlab turgan taomu pishiriqlar yoxud baquvvat ovqatlanishgayu desert bilan o`zingizni siylashga o`rganib qolganingizdami? Yo`q. Taomlanishga nisbatan nosog`lom munosabatning vujudga kelishining ham sabablari talay. Aynan psixologik tomondan yondashsak, ovqat jahlni, yuzaga chiqarilmagan xohish-istaklarni bosish vositasiga aylanib qolgan bo`lishi mumkin.
Turmush o`rtog`i o`zgasining etagini tutib ketgan bir ayol bilan suhbatlashganimizda, u «Erim semizsan», deya xo`rlagan bo`lsa-da, ovqat eyishdan o`zimni to`xta olmayman», deya so`z ochgandi. Mehr-muhabbatni his qila olmayotgan ayol o`zini shirin taomlar bilan siylashga o`tishi ham hech gapmas. Albatta, bu ong ostining buyrug`i bilan yuz beradigan jarayondir.
Semizlik shunchalar katta muammomi?
Har narsada me`yor bo`lgani yaxshi. Vaznda ham. Ortiqcha kilogrammlarning salomatlikka ta`siri xususida shifokorlar ko`p va xo`p gapirishgan. Sahifalarimizda ham har ikki xastalikning biri me`yoridan ortiq vaznga borib taqalishini aytib o`tganmiz.
Psixologik tomondan esa me`yor tushunchasi har kimda har xilligini e`tiborga olish kerak. Kim uchundir salgina chiqib qolgan qorin ham katta tashvish. Kimdir esa o`zini boshqalar «to`lacha» deydigan vaznda ham qushdek engil his qiladi.
Xo`sh, nega ayollar ko`pchiligi ozish dardiga tushgan? «To`lishibsizmi?» degan savoldan bag`ri dili xufton bo`lib ketadi? Ayol kishining tanasida sovuqdan himoyalanish uchun yog` qatlami qalinroq qilib yaratilgan. Shunga ham semirishga moyillik erkaklarga qaraganda kuchli. Erkak zoti uchun baquvvatgina bo`lish avtoritet sanalsa, ayollar uchun ortiqcha vazn katta muammo...
Chunki tashqi ko`rinishimiz bilan o`zimizga e`tibor tortamiz. Erkaklar mansabi, erishgan yutuqlari bilan tilga tushsa, ayollar odatda hurliqoliklari sabab ilk ta`rifga sazovar bo`lishadi.
Eng muhimi, yoqtirmagan yoki qulay bo`lmagan libosida kishi o`zini noqulay his qilgani kabi ortiqcha vaznli ayrim ayollarning harakatlari ham ishonchsiz chiqadi. Oqibatda o`zidan ko`ngli to`lmaydi, komplekslar paydo bo`ladi, turmushidagi har bir omadsizlik, ko`ngilsizlikni tarozi pallasini bosib turgan kilogramlarga yo`yadi.
Qolaversa, modaning izidan quvish deyarli hammamizga xos. Qomatimiz standartlarga javob bermayotganidan xafa bo`lib ketamiz. Ammo shu o`rinda bir haqiqatni unutmaslik lozim, moda o`zgaruvchan. Klassik rassomlar ijodiga nazar solsangiz, ular shoh asarlarida tasvirlangan go`zallarning bari do`mboqqina ekaniga guvoh bo`lasiz. Hatto, Mona Liza ham nozikkina emas! Bu «Kim qo`hlik, semiz ko`hlik», deb semirishda davom etavering degani emas. O`zingizni jazolab qiynamasligingizni istab misol keltirdik, xolos.
Psixolog ozdiradi?!
Psixolog bilan ishlash davomida vazn tashlaganlar yo`q emas. Biroq psixolog siz uchun yugurmaydi, oldingizdan taomni tortib olmaydi. U bilan birga ozish yo`lidagi to`siqlardan xalos bo`lasiz. Deylik, vazn tashlashingiz kerakligini bilasiz, bir necha bor fitnes zaliga yozildingiz, parhez tutdingiz, ammo ko`pga bormay harakatdan to`xtab qoldingiz. Demak, oldingizda to`siq bor.
Ayrim kasalliklarga chalinganda shifokorlar bemorlarga biroz vazn to`plashni tavsiya qilishadi. Xastalik chekingach ham «Agar ozsam, yana kasal bo`lib qolaman», degan xavotir tufayli me`yoridan ortiq vazndan xalos bo`lishga urinishmaydi.
Og`ir kasallikka chalingan kishilarning judayam ozib ketganini ko`rishgan va qo`rquv paydo bo`lgan.
Ozg`inlik baxtsizlik, bechoralik, kun ko`rmaganlikni anglatadi degan ong ostidagi fikr ham ozish yo`lida to`g`anoq bo`ladi.
Nega semirib ketyapti? Asl sababni anglashmaydi.
Tanadagi bosimlar, qaysidir qismlarida qisilishlar sabab to`liq jismoniy harakat qila olishmaydi. Bu og`riq, qisilishlar qo`yib yuborganda yog`lardan xalos bo`lish kuzatiladi. Psixologlar ko`pincha shu muammo bilan ishlashadi.
Harakatni boshlaymiz!
Avvalo, tanangizni boricha qabul qiling. Unutmang, uni qabul qilmasangiz, chiroyli qomatga o`rnini bo`shatib bermaydi.
Ozishning bahosini oshirmang. «Ozsam, hayotim o`zgaradi/erim qaytib keladi!». To`g`ri, bular ozishga bo`lgan ishtiyoqni uyg`otadi. Ammo ko`zlagan natijaga etkazishi dargumon. Yaxshisi, «Men sog`lom bo`lishim uchun biroz vazn tashlashim kerak», degan dasturni joylang ong ostiga.
O`zingizni jazolamang. Hayotingizdagi biror ko`ngilsizlik, yo`qotish yoki omadsizlik semiz-oriqligingiz bilan bog`lamang. Avvalo insonning qalbi, fe`li, hayotga qarashi chiroyli bo`lishi darkor. Qolaversa, «To`lishib ketganim uchun erim xiyonat qilyapti» kabi ayblovlar bilan o`zingizni jazolashga tushib ketasiz. Ayovsiz parhez, og`ir mashqlar — tanangizni charchatadi. Ichingizdagi «bolacha» bunday jazoga, «Semizman» degan xo`rlikka chidolmaydi. Oxiri bor-ey deb, bariga qo`l siltaydi, tag`in ortiqcha vazn to`play boshlaysiz.
Kam-kamdan harakatni boshlang. Yugurmoqchimisiz, masofani har kuni oz-ozdan oshiring. Harakatsiz ortiqcha vazn bilan xayrlasha olmaysiz. Hatto, sehrli kokteyllarni ichib ham!
Ovqatga bo`lgan munosabatni su`niy ravishda o`zgartirmang. Shu munosabatning ildiziga etib boring: ovqatga qo`l cho`zish istagi ostida ochlik yotibdimi yoki o`zingizni nimadandir chalg`itmoqchimisiz?
Hazmi engil, lekin quvvat beradigan taomlardan eng.
Har ko`zguga qaraganda «Naqadar semizman» degan fikrni ong ostiga mustahkamlab borish o`rniga harakat qilayotganingizda engil tortayotganingizni, ozayotganingizni his qiling. O`zingizni «Barakalla!» deya rag`batlantirishni unutmang.
Ozg`in paytlaringizdagi suratlarga yoki siz havas qiladigan qomatga armon bilan emas, bu ko`rinishga erishish mumkinligi haqidagi ishonch bilan qarang. Shunda tanangiz komfort holatidan chiqib boshqa bir komfort holatga o`ta boshlaydi.
Ozish uchun harakatlarni kompleks olib boring. Muammongizni anglash, to`siqlar, bosimlardan xalos bo`lish, mashqlar va to`g`ri taomlanish bari birgalikda amalga oshirilganda, albatta, natija ko`rsatadi.
MUXLISA
Manba: Darakchi.uz

Смс Шерлар