PARDOZ AJIN TUShIRADIMI?
- Категории: Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar
- Название: PARDOZ AJIN TUShIRADIMI?
- Дата релиза: 13-09-17, 21:34
— Qizim 23 yoshda. Yuziga surtmagani qolmadi. Javoni turli tonal krem-u vositalarga to`lib ketgan. «Yuzingga ajin tushib ketadi» desam ham, quloq solmaydi. Axir pardoz deganini 40 yoshdan keyin qilish kerak emasmi?
Malika
Tajribali vizajist Olesya Savoskina:
— Ha, kosmetik vositalar muddatidan ilgari ajin tushishiga sabab bo`lishi mumkin. Agar ulardan noto`g`ri foydalanilsa! Tonal vosita teri kataklarida tiqin hosil qilishi hammaga ma`lum. Aytaylik, kechqurun pardoz to`g`ri yuvilmasa, to`planib qolayotgan tiqinlar teriga kislorod etib borishiga to`sqinlik qiladi. Natijada husningizga bevaqt ajinlar soya sola boshlaydi. Ammo bu kosmetik vositaning emas, sizning xatoingiz sanaladi. Bugungi kunda «make-up»ni yuvish uchun maxsus vositalar har bir do`kon rastasida mavjud. Aynan o`shalardan foydalanish kerak. Bundan tashqari, foydalanish muddati o`tgan vositalar tufayli ham teriga ziyon etadi. Qizingizga eskirgan vositalardan voz kechish kerakligini tushuntiring. Yana ko`pincha ularni surtishda foydalanadiganimiz sponjlarning kirlanishi oqibatida ham teri kasalliklari yuzaga keladi. Yuz terisiga tonal vositalarni surtgach, ajin paydo bo`lishi haqida biror ilmiy manbaada ma`lumotlar uchramaydi. Demak, ajinlarga pardoz-andozdan emas, aksincha parvarishlash qoidalarini bilmaslikdan kelib chiqadi, deb o`ylashga asos bor.
Manba: Darakchi.uz

Смс Шерлар