Главная » Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar » Parhez qilmoqchi bo‘lganlar uchun bir nechta maslahatlar
Parhez qilmoqchi bo‘lganlar uchun bir nechta maslahatlar

Parhez qilmoqchi bo‘lganlar uchun bir nechta maslahatlar

Parhez qilmoqchi bo‘lganlar uchun bir nechta maslahatlar
Parhez saqlashga qat’iy qaror qildingizmi? Ruxsat berilgan oziq-ovqatlar ro‘yxatini tuzib chiqdingizmi? Ortiqcha vazn bilan kurashga tayyormisiz?

Quyida keltirilgan bir necha oddiy maslahatlar sizga havasni keltiradigan narsalardan o‘zingizni tiyishga va oldingizga qo‘ygan maqsadingizga erishishga yordam beradi.

Boshlanishi uchun

Kalendarda “yangi hayot”ning boshlanish kunini belgilab qo‘ying.
Yaqinlaringizdan qo‘llab-quvvatlash haqidagi va’dasini olib qo‘ying.
Oldingizga erishish unchalik qiyin bo‘lmagan kunlik va haftalik maqsadlar qo‘ying.
Jismoniy faollik rejasini tuzing. Oz-ozdan boshlang, keyin asta-sekinlik bilan yuklamalarni oshirib boring. Qisqa bo‘lsa ham, jadal sur’atli mashqlar uzoq davom etadigan charchatuvchi mashqlardan ko‘ra samaraliroq ekanligini hisobga oling.
Ovqatlanishdan oldin taomni mobil telefon yordamida rasmga tushiring, bu sizga ishtahangizni nazorat qilishga yordam beradi.
Yeb bo‘ldingizmi? Ishlab bering!

“Qabul qilingan” kaloriyani sarf qilish uchun talab qilinadigan vaqt va kuchni hisobga olishni boshlashingiz bilan bug‘da pishirilgan baliq, sabzavotlar va boshqa “zerikarli”, lekin foydali bo‘lgan taomlar sizga qovurilgan kartoshka va muzqaymoqdan ham mazaliroq bo‘lib tuyula boshlaydi.

O‘tkazilgan tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, qo‘liga taomning yonidan olingan kaloriyani sarf qilish uchun zarur bo‘ladigan yugurish yoki tez yurish daqiqalari soni ko‘rsatilgan taomnoma topshirilgan odamlar odatdagidan ko‘ra ancha kamroq yegan. Xayolingizga noz-ne’matlar haqidagi fikrlar kelishi bilan oqibatlarini yo‘qotish uchun qancha kuch sarf qilishga to‘g‘ri kelishini ko‘z oldingizga keltiring!

Haddan tashqari berilib ketmang!

Bu mavzuga boshingiz bilan sho‘ng‘ib ketmang: hayotda parhez muammolari va ozishdan ham boshqa qiziqroq narsalar bor!
Manba: Daryo.uz

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: